Z nishanova, G. Alimova


solish, rivojlantirib borish kattalar zimmasiga yuklatiladi



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə51/98
tarix21.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111795
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   98
Z. nishanova, G. Alimova

solish, rivojlantirib borish kattalar zimmasiga yuklatiladi.


Irodaviy jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy ixtiyoriy harakatlar


bog‘cha yoshidan boshlab yuzaga kela boshlaydi. Lekin kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida hali ixtiyorsiz harakatlar ustunlik qiladi. 3 yoshli bolaning ko‘pgina harakatlari uning tafakkuriga emas, balki hissiyotiga tobe bo‘ladi. Shuning uchun ham bu yoshdagi bolalar hali biron bir ishga o‘zlarini majbur etishning uddasidan chiqa olmaydilar.


Bog‘cha yoshidagi bolalar irodaviy harakatlarining rivojlanishida ular nutqining tobora o‘sib borishi juda katta ahamiyatga ega. Tarbiyachilar va ota-onalar turli yoshdagi bolalarga og‘zaki suratda turli xil vazifalami topshiradilar. Bolalar ayni chog‘dagi o‘yinlari yoki boshqa qilayotgan ishlarini qo‘yib, kattalaming topshirgan vazifalarini bajarishlari kerak. Ana shunday topshiriqlar berish orqali bolalarda ixtiyoriy harakatlami o‘stirib borish mumkin. Lekin og‘zaki topshiriqlarni bog‘cha yoshidagi hamma bolalar ham bir xilda bajaravermaydilar. Masalan, kichik yoshdagi bog‘cha bolalari, ya’ni uch yoshli bolalar og‘zaki berilgan topshiriqlami xotiralarida uzoq vaqt saqlab turolmaydilar. Ular topshiriqni tezda unutib qo‘yib, uning o‘miga o‘zlari xohlagan ish bilan shug‘ullanadilar. Bunday holat ulami tashvishlantirmaydi. Nutq asosan o‘rta va katta guruh yoshidagi bolalar irodasini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu yoshda bolalar topshiriqlarni ixtiyoriy ravishda bajarishda so‘z orqali tushuntirib berilgan usullarga rioya qilishga intiladilar.


Bog‘cha yoshidagi bolalarda ixtiyoriy harakatlar rivojlanishi bilan birga irodaviy jarayonlar ham ko‘rina boshlaydi (maqsad qo‘yish, yo‘l-yo‘riq hamda vositalami belgilash, qarorga kelish va qaromi ijro etish). Lekin kichik yoshdagi bolalarda bunday irodaviy jarayonlar hali aniq emas. 0 ‘tkazilgan tekshirishlaming ko‘rsatishicha, 3 yoshli bolalarning harakatlari qo‘yilgan qat’iy bir maqsaddan kelib chiqmaydi. Aksincha, biror maqsad harakat davomida belgilanadi. Ulaming maqsadlari ham juda tez o‘zgarib turadi. Shuning uchun ular ko‘pincha boshlagan ishlarini oxiriga etkazmay, bir ishdan ikkinchi bir tamomila boshqa ishga o‘tib ketaveradilar. Buning asosiy sababi shundaki, kichik yoshdagi bog‘cha bolalarining ixtiyorsiz harakatlarida hissiyot juda katta o‘rin egallaydi. Bu yoshdagi bolalar

www.ziyouz.com kutubxonasi





o‘zlarida tug‘ilgan bir talay hissiyotlar ta’siri bilan bir maqsadni belgilaydilar. Agar bolalaming oldilariga qo‘yilgan maqsad ulaiga qattiq ta’sir qilib, hissiyotlarini uyg‘otsa, bunday paytda bolalar o‘zlariga xos ravishda iroda kuchi va qafiylik ko‘rsatishlari mumkin.



Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə