Z nishanova, G. Alimova


Bog‘cha yoshidagi bolalarda irodaviy faoliyatlarning tarkib topishi



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə50/98
tarix21.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111795
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   98
Z. nishanova, G. Alimova

14.1. Bog‘cha yoshidagi bolalarda irodaviy faoliyatlarning tarkib topishi


Irodaviy harakatlar ma’lum maqsad asosida amalga oshiriladigan, to‘la anglangan harakat bo‘lgani uchun bunday murakkab harakatlar hali chaqaloq bolalarda bo‘lmaydi. Chaqaloq bolalardagi faollik asosan bctiyorsiz, reflektor harakatlardan iborat bo‘ladi. Chaqaloq bolalar o‘zlarining bironta ham harakatlarini idora qila olmaydilar. Masalan, kichkina bola o‘ziga yoqqan yoki uni qiziqtiigan biror narsani ko‘igan paytida juda ko‘p betartib (qo‘l-oyoqlari, boshi bilan) harakatlar qila boshlaydi. Lekin harakatlaming birontasi ham ma’lum bir maqsadga qaratilgan bo‘lmaydi.


Bola uch-to‘rt oylik bo‘lgandagina o‘zining boshini tik holatda ushlay oladigan bo’ladi. Ana shu davrdan boshlab bolaning ixtiyoriy harakatlari rivojlana boshlaydi. Bola 5-6 oylik bo‘lgach tanasining muvozanatini saqlab bemalol o‘tira oladi, qo‘llari bilan o‘z atrofidagi narsalami ushlab ko‘radigan bo‘ladi. Ana shu tariqa bolaning ixtiyoriy harakatlari rivojlana borib, bola bir yoshga to‘lgach, o‘z harakatlarini ixtiyoriy ravishda idora qilib yura boshlaydi.


Ilk bolalik yoshidagi bolalarning irodaviy harakatlarini rivojlantirishda nutqni egallash nihoyatda katta rol o‘ynaydi. Bola nutqni egallab olgach, u kattalar bilan nutq orqali munosabatga kirishadi, ulaming topshiriqlarini quvonib bajaradi. Masalan, kichkina bolalar katta odamlaming “bu yoqqa kel”, “mana bu eiga o‘tir”, “qo‘lingni ber” kabi topshiriqlariga bemalol tushunib sidqi dildan bajaradilar.


Yasli yoshida bolaning ixtiyoriy harakatlari tez sur^at bilan rivojlana boshlaydi. U o‘zini qiziqtiigan narsalami olib ushlab, uni aylantirib har tomonlama timirskilab ko‘radi. Bola shu davrdan boshlab kattalaiga taqlid qilgan holda ixtiyoriy irodaviy harakatlami bajara boshlaydi. Shuning uchun ham ulaming irodaviy harakatlarini to‘g‘ri yo‘lga

www.ziyouz.com kutubxonasi




Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə