Z nishanova, G. Alimova


sistemali ravishda tekshirib, nazorat qilib turish lozim. Ana shunday qilgandagina bolalarda javobgarlik hissi yuzaga keladi



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə53/98
tarix21.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111795
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   98
Z. nishanova, G. Alimova

sistemali ravishda tekshirib, nazorat qilib turish lozim. Ana shunday qilgandagina bolalarda javobgarlik hissi yuzaga keladi.


Bog‘cha yoshidagi bolalaming biron maqsadni aniqlash va biron qarorga kelishlarida motivlar kurashi ham ko‘rinadi. Masalan, kichik yoshdagi bog‘cha bolasiga ikkita o‘yinchoqni ko‘rsatib, shulardan birini tanlab olish taklif etilsa, u darrov tanlab ololmaydi. U qo‘lini goh u o‘yinchoq, goh bu o‘yinchoqqa cho‘zadi. Bunday holda juda sodda bo‘lsa ham motivlar kurashi yuzaga keladi, bola qaysi bir o‘yinchoqni olish haqida qarorga kelolmaydi. 0 ‘rta va katta guruh bolalari esa biron o‘yin o‘ynashni tanlashda (ya’ni o‘yin maqsadini aniqlashda) anchagina tortishadilar.


Bog‘cha yoshidagi bolalarda ijtimoiy motivlaming ta’siri bilan bir qator kodaviy sifatlar, ya’ni qat’iylik, mustaqillik, tashabbuskorlik, dadillik kabi sifatlar taridb topa boshlaydi. Lekin bog‘cha yoshidagi bolalar irodasining bunday sifatlari katta odamlamikidek mustahkam, ya’ni xaiakter xislatlariga ayianib ketgan darajada bo‘lmaydL 0 ‘rtava katta yoshdagi bog‘cha bolalarida ko‘rinadigan ba’zi iroda sifatlari (qafiylik, mustaqillik kabi) ko‘pincha epizodik xarakter kasb etadi. Bu yoshdagi bolalar bajarayotgan ishlarida biron to‘sqinlik uchrab qolsa, o‘zlari mustaqil ravishda bartaraf qilishga urinadilar. Lekin bu ishning ular uchun og‘irlik qilayotganligi sezilib turadi. Shu sababli bunday to‘sqinliklar chiqib qolgan paytda ular kattalami yordamga chaqiradilar. Uzoqroq davom etadigan to‘sqinliklami engishga bog‘cha yoshidagi bolalaming chidamlaii etmaydi. Bajarayotgaii islilaii ulami juda qiziqtirsa, ular uzoq davom etadigan to‘sqinliklami ham chidam bilan engishga harakat qiladilar.


Shunday qilib, bog‘cha yoshida bolaning irodaviy harakatlari har tomonlama rivojlanib, mustahkamlanib boradi. Bolalar irodasini rivojlantirib borish ulami maktabga tayyorlash shartlaridan biridir. Maktabdagi o‘qish jarayoni dastawal bolalardan irodaviy (ixtiyoriy) harakatlami va iroda sifatlarining anchagina rivojlangan bo‘lishini talab qiladi. Agar bolalar o‘z xatti-harakatlarini o‘zlari idora eta olmasalar, maktabning qat’iy tartib-qoidalariga rioya qila olmaydilar. Natijada ulaiga sistemali bilim berish mumkin bo‘lmay qoladi. Shuning uchun tarbiyachilar va ota-onalar bolalariga har xil topshiriqlar berish orqali ulaming irodalarini tarbiyalab borishlari zarur.

www.ziyouz.com kutubxonasi





Bog‘cha yoshidagi davrda bolalaming malaka va odatlari ham rivojlanib boradi. Dastawal ilk yoshdagi bolalarda (chaqaloqlarda) malaka ham, odat ham bo‘lmaydi. Malaka va odatlar odamning individual hayoti davomida, turmush tajribasining ortishi bilan tarkib topib boradi. Bolada 5-6 oylik bo‘lganda o‘tirish, yoshiga to‘lgach yurish malakasi, uch yoshga yaqinlashgach esa mustaqil kiyinish, echinish, ovqatlanish malakalari hosil bo‘lib boradi.


Bog‘cha yoshidagi bolalarda juda sodda bo‘lsa ham ayrim mehnat malakalari, ya’ni guruhni ozoda va tartib bilan yig‘ishtirish, gullami parvarish qilish, idish-tovoqlami yuvish va artish malakalari tarkib topa boshlaydi. Bog‘cha yoshida bolalarda gigienik madaniyat odatlari, ya’ni yuz-qo‘llami yuvish, ozoda kiyinish hamda ijobiy, axloqiy odatlar tarkib topa boshlaydi. Bunda kattalarning ularga o‘mak ko‘rsatishlari juda katta ahamiyatga egadir.


Katta yoshdagi bog‘cha bolalarida bog‘chada o‘tkaziladigan sistemali mashg‘ulotlar davomida ayrim ta’lim ishlari, ya’ni o‘qish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan malakalar tarkib topadi. Bola rasm chizish mashg‘ulotlarida qalamni to‘g‘ri ushlash malakasini orttiradi, sanoq va ona tili mashg‘ulotlarida birdan o‘ngacha sanash va boshqa malakalaiga ega bo‘la boradi. Ana shunday malakalami tarkib toptirishda mashqning roli kattadir. Ta’limiy mashg‘ulotlarda tarbiyachi har bir harakatning qanday bajarilishini oldin o‘zi ko‘rsatishi va undan so‘ng bolalardan talab qilishi kerak. Mashq qilish orqali bolalarda juda elementar hisoblash, yozish va o‘qish malakalari hosil qilinadi.


Umuman, malaka va odatlaming inson hayotidagi roli bag‘oyat katta. Buni biz maktabga bog‘chadan va to‘ppa-to‘g‘ri uydan kelgan bolalarning taraqqiyot darajalari o ‘rtasidagi farqdan yaqqol ko‘rishimiz mumkin.



Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə