Z nishanova, G. Alimova


yoshning oxirlarida paydo bo‘ladi. Biroq u borgan sayin, ayniqsa, bog‘cha yoshi davrida mustahkamlanib boradi



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə40/98
tarix21.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111795
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   98
Z. nishanova, G. Alimova

yoshning oxirlarida paydo bo‘ladi. Biroq u borgan sayin, ayniqsa, bog‘cha yoshi davrida mustahkamlanib boradi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



4-5 yoshli bola uchun eng og‘ir jazo —bu uni o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishdan mahrum etishdir. Bolalar guruhiga tushib qolgan davrdan boshlab bolaning individual rivojlanishini uning “bolalar jamiyati” a’zolari bilan bo‘lgan munosabatlarini hisobga olmay ko‘rib chiqish va o‘iganish mumkin emas.


YA.L.Kolomunskiy bog‘cha yoshidagi bolalar guruhini odamlar ijtimoiy birligining ilk pog‘onasi, “kurtagi” deb hisoblaydi.


Bolalar o‘z tengdoshlari jamoasiga intiladilar. Biroq har doim ham ular tengdoshlari bilan ijobiy munosabatlar o ‘rnatishga erishavermaydilar. Ba’zi bolalar guruhda ancha faol bo‘lib, o‘zlarini go‘yo “suvdagi baliqday” his etadilar. Ayrimlari anchagina noqulaylik, o‘zlariga nisbatan ishonchsizlik, boshqalaiga tobelikni his etadilar. Nega shunday? Tengdoshlar bilan bo‘lgan ijobiy munosabatlar bolada birdamlik hissini kuchaytirib, uning guruhga qattiq bog‘lanib qolishiga sabab bo‘ladi. Biroq ijobiy munosabatlari yo‘qligi bolani tushkunlika solib, uni xavotirlanuvchi yoki agressiv qilib qo‘yishi mumkin. Bu esa unda bolalaiga, umuman, odamlarga nisbatan salbiy adekvatli munosabatni shaklantirishi, ulami yolg’izlikka moyil qilib qo‘yishi ham mumkin.


Bordi-yu guruhda bolaga faqat bir odam simpatiya (yoqtirish, ijobiy munosabatda bo‘lish) munosabatini bildirsa-chi? Unda nima bo‘ladi? Bunda simpatiya munosabatining bir tomonlama yoki ikki tomonlamaligi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Agar bu munosabat ikki tomonlama bo‘lsa, bola ldmgadir ijobiy munosabatda bo‘lsa-yu, ijobiy javob ololmasa bola og‘ir kechinmalami boshdan kechirishi mumkin. Shuning uchun bog‘cha yoshidagi bolalaming o‘zaro munosabatlari ijobiy bo‘lishi lozim. Bolalar munosabatlarining xarakteri va bolalaming guruhidagi mavqei nafaqat uning shaxsiy xususiyatlari bilan, ayni vaqtda bolalaiga nisbatan guruhda shakllangan talablar bilan baholanadi. Odatda ko‘pchilik orasida har xil o‘yinlami o‘ylab topa oladigan xushchaqchaq, chiroyli rasmlar chiza oladigan, aqliy jihatdan yaxshi rivojlangan, mashg‘ulotlarda faol ishtirok etadigan, ancha mustaqil bo‘lgan, saramjon-sarishta bolalar shuhrat qozonadilar.



Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə