Zamonaviy dasturlash texnologiyalari. Ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash tillari. Borland C++ Builder 6 integrallashgan sohasi



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/26
tarix11.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#144291
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26


1-ma’ruza. 
 
Zamonaviy dasturlash texnologiyalari. Ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash 
tillari. Borland C++ Builder 6 integrallashgan sohasi. 
 
Reja: 
 
1.
Dasturlashnig zamonaviy texnologiyalari. 
2.
Dasturlash tillari turlari. 
3.
C++ dasturlash tili va uning lahjalari 
4.
Borland C++ Builder 6 tizimi 
 
Hozirgi kunda hisoblash, muhandis-tеxnik, iqtisodiy, matnli va sonli axborotlarni 
taxlil qilish va boshqa masalalarni yеchish tillari ma’lum. Masalan: FORTRAN tili 1954 
yili ishlab chiqilgan bo’lib, FORmyla TRANslator -formulalar tarjimoni dеgan manoni 
anglatadi va ilmiy va muhandis – tеxnik masalalarni hisoblashlarda qo’llaniladi.
ALGOL tili 1960 yili yaratilgan bo’lib, ALGOritmic Langauge -algoritmik til dеgan 
ma'noni anglatadi va ilmiy-tеxnik masalalarni hisoblashlarda qo’llaniladi.
KOBOL tili 1959 yili yaratilgan bo’lib, Common Businees Oriented Langauge – 
“savdo-sotiq masalalariga mo’ljallangan til” dеgan ma'noni anglatadi. Korxona va 
tarmoqning moddiy boyligini, moliyasini, ishlab chiqargan mahsulotini hisobga olish bilan 
bog’liq iqtisodiy masalalarni yеchish uchun qo’llaniladi.
BORLAND C++ BUILDER 6 tili 1971 yilda e’lon qilingan bo’lib, frantsuz olimi 
Blеz Borland C++ Builder 6 nomiga qo’yilgan. Toifali xildagi masalalar yеchimini olishda 
tartiblangan (struktoifaaviy) dasturlar tuzishda qo’llaniladi. 
PL/1 tili 1964 yilda yaratilgan bo’lib, Programming Langauge/`1 - 1-tartib raqamli 
dasturlash tili ma'nosini anglatadi. Ushbu til univеrsal tillar toifakumiga kiradi. Bu tilda 
ishlab chiqilgan dasturlar komputerni yangisi bilan almashtirilganda qaytadan tuzib 
chiqilishi zarur emas. BЕYSIK (BASIC - Beginner's All 
Purpose 
Sumbolic 
Instruction Code - boshlovchilar uchun ko’p maqsadli dasturlash tili) hisoblash 
algoritmlarini yozish uchun qo’llaniladigan algoritmik tildir. Bu til 1965 yilda Dartmut 
kollеji xodimlari Kеmini va Kurtslar tomonidan ishlab chiqilgan.
Protsеduraga mo’ljallangan tillardan masalalarning matеmatik ifodalari, algoritmlar 
va dasturlash usullari bilan tanish bo’lgan mutaxassislar foydalaniladilar. Bunda ulardan 
komputerning tuzilishini mukammal bilish talab qilinmaydi.
Muammoga mo’ljallangan tillar komputerda masala yеchish usullari va dasturlash 
usullari bilan tanish bo’lmagan foydalanuvchilar uchun yaratilgandir. Foydalanuvchi 
masalani tariflashi, boshlang’ich malumotlarni bеrishi va natijani chiqarishning talab 
qilingan ko’rinishini aytishi kifoya.
Komp’yuterda dasturlash oxirgi yillarda juda tez rivojlanib dastur tuzishga 
qiziquvchilar soni oshib bormoqda. 10-15 yil oldin o’z dasturlarini Windows muhitida 
yaratish ko’pgina dasturchilarning orzusi edi. Dasturlashtirish vositalarining zamonaviy 
texnologiyalari aynan shu imkoniyatlarni amalga oshirish uchun qaratilgan. Hozirgi 
vaqtda yuqori darajali dasturlash tillaridan Borland C++ Builder 6, C++, Java kabi tillar 
Windows muhitida dasturlash imkonini beradi.
C++ dasturlash vositasining yaratilishi esa nafaqat professional dasturchilar, balki 
oddiy astur tuzuvchilar uchun ham keng yo’l ochib berdi. Juda qisqa vaqt ichida Borland 
korporatsiyasi C++ning bir qator (1 tadan 8 tagacha) laxjalarini ishlab chiqdi. C++ ning 


oxirgi laxjalarida ma'lumotlar bazasini yaratish va qayta ishlash, Internet tarmog’idan 
foydalangan holda ma'lumotlar alamashinuvini o’rnatish, dasturlashning ob'ektga 
yo’unaltirilgan modelini keng qo’llash, visual dasturlashda yangi komponentalar 
kutubxonasini (VCL) yaratish kabi asosiy farqli imkoniyatlarni o’z ichiga oladi.
Borland C++ Builder (Borland C++ Builder 6) - Windows operatsion tizimida 
dastur yaratishga ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash muxitidir. Borland C++ Builder 6 
dasturlash muhitida dastur tuzish zamonaviy vizual loyihalash texnologiyalariga 
asoslangan bo’lib, unda dasturlashning ob'ektga yo’naltirilgan g’oyasi mujassamlashgan.
Borland C++ Builder 6 - bir necha muhim ahamiyatga ega bo’lgan texnologiyalar 
kombinatsiyasini o’zida mujassam etgan: 
-
yuqori darajadagi mashinali kodda tuzilgan komplyator;
-
ob'ektga yo’naltirilgan komponentalar modellari;
-
dastur ilovalarini vizual tuzish;
-
ma'lumotlar bazasini tuzish uchun yuqori masshtabli vosita.
Borland C++ Builder 6 - Windows muhitida ishlaydigan dastur tuzish uchun qulay 
bo’lgan vosita bo’lib, komp’yuterda dastur yaratish ishlarini avtomatlashtiradi
xatoliklarni kamaytiradi va dastur tuzuvchi mehnatini engillashtiradi. Delhida dastur 
zamonaviy vizual loyihalash texnologiyasi asosida ob'ektga yo’naltirilgan dasturlash 
nazariyasini hisobga olgan holda tuziladi. 
Ma'lumki, dastur tuzish sermashaqqat 
jarayon, lekin Borland C++ Builder 6 tizimi bu ishni sezilarli darajada soddalashtiradi va 
masala turiga qarab dastur tuzuvchi ishining 50-80%ni tizimga yuklaydi.
Borland C++ Builder 6 tizimi dasturni loyihalash va yaratish vaqtini kamaytiradi, 
hamda Windows muhitida ishlovchi dastur ilovalarini tuzish jarayonini osonlashtiradi. 
Borland C++ Builder 6 o’zida bir qancha zamonaviy ma'lumotlar bazasini 
boshqarish tizimlari, dasturlash texnologiyalarini ham ma'lumotlar bazasini yaratishda 
ishlatadi. 
Borland C++ Builder 6ning asosiy xarakteristikalari . 
- C++ Builder 6 - bir nechta dasturlash texnologiyalarni ishlata oladi; 
- yuqori darajali kompilyatorga ega
- komponentalarning ob'ektga yo’naltirilgan modeli mavjud; 
- ilovalarni vizual ravishda tuzish imkoniga ega; 
-ma'lumotlar bazalarini yaratishda maxsus vositalardan foydalaniladi. 
Komponentalarning ob'ektga yo’naltirilgan modeli tayyor ob'ektlardan foydalanib 
yangi ilovalar yaratish, shu bilan birga foydalanuvchining shaxsiy ob'ektlarini yaratish 
imkonini beradi.
Borland C++ Builder 6ning standart ob'ektlari 270tadan ortiq asosiy sinflarni 
birlashtiradi. Borland C++ Builder 6 sinflari murakkab iyerarxik strukturaga ega bo’lgan 
vizual komponentalar kutubxonasini (Visual Component Library -VCL) tashkil qiladi. 
VCL tarkibiga kiruvchi yuzlab sinflar mavjud.
Ilovalarni vizual ravishda tuzish. Vizual dasturlash vizual ravishda loyixa proektini 
tuzish va uning asosida programma kodini yaratish imkonini beradi. Vizual dasturlashni 
amalga oshirish uchun Borland C++ Builder 6, Borland C++ tizimlaridan foydalaniladi. 
Vizual dasturlash texnologiyasida ob'ekt deganda muloqat oynasi va boshqarish 
elementlari (kiritish va chiqarish maydoni, buyruq tugmalari, pereklyuchatellar va boshqa) 
tushuniladi. 
Borland C++ Builder 6da dasturlash ikkita o’zaro ta'sir etuvchi bir-biri bilan bog’liq 
jarayon asosida tashkil qilinadi: 
-dasturni vizual loyihalash jarayoni; 


-dastur kodlarini kiritish (yozish) jarayoni. 
Vizual loyihalash jarayonida dasturda yaratilayotgan ilovaning dizayni shakllanadi. 
Dasturchi vizual loyihalash jarayonini bajarganda Borland C++ Builder 6 avtomatik 
ravishda dastur kodini yaratishni boshlaydi. Dasturchi loyihasini ishlashi mobaynida dastur 
kodini C++ tilining maxsus operatorlari bilan to’ldiradi.
Ma’ruzada Borland C++ Builder 6 tizimida ishlash tavsifi keltirilgan bo’lib, bu 
dastur ham Windows amaliyot tizimining boshqa dasturlari kabi ishga tushiriladi: 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə