Zamonaviy dasturlash texnologiyalari. Ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash tillari. Borland C++ Builder 6 integrallashgan sohasi



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/26
tarix11.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#144291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Component Palette 
nomidagi
 
 
belgi
 
olib tashlanadi(5-rasm): 
5-rasm. Komponentalar guruhuni tanlash oynasi. 
 
C++ tilining alifbosi o’z ichiga 26 bosh lotin harflarini, 0 dan 9 gacha bo’lgan arab 
raqamlarini va quyidagi belgilarni ishlatadi: bo’sh joy belgisi; - + * / : ; . , % ? ! = «» № <> { }
[ ] ( ) $ # & ^ ва ҳ.к..
Alifbo simvollaridan tilning leksemasi shakllanadi, jumladan: xizmatchi so’zlar, izoxlar, 
identifikatorlar, amal belgilari, o’zgarmas va o’zgaruvchilar, ajratish belgilari. 
Dasturda izoxlar istalgan joyda berilishi mumkin. Ular odattda { } - katta qavslar ichida 
yoziladi. 
Xizmatchi so’zlar.
Tilda ishlatiluvchi ya’ni dasturchi tomonidan o’zgaruvchilar nomlari 
sifatida ishlatish mumkin bo’lmagan identifikatorlar xizmatchi so’zlar deyiladi. 
C ++ tilida quyidagi xizmachi so’zlar mavjud: 
int extern else 
char register for 
float typedef do 
double static while 
struct goto switch 
union return case 
long sizeof default 


short break entry 
unsigned continue 
auto if 
 
 
Identifikator. 
Identifikatorlar lotin harflari, ostki chiziq belgisi va sonlar ketma ketligidan 
iborat bo’ladi. Identifikator lotin harfidan yoki ostki chizish belgisidan boshlanishi lozim. 
Misol uchun: A1, _MAX, adress_01, RIM, rim. 
Katta va kichik xarflar farklanadi, shuning uchun ohirgi ikki identifikator bir biridan farq 
qiladi.
Borland kompilyatorlaridan foydalanilganda nomning birinchi 32 harfi, ba’zi 
kompilyatorlarda 8 ta harfi inobatga olinadi. Bu holda NUMBER_OF_TEST va 
NUMBER_OF_ROOM identifikatorlari bir biridan farq qilmaydi. 
O’zgaruvchilar.
Dastur bajarilishi jarayonida o’z qiymatini o’zgartira oladigan kattaliklar 
o’zgaruvchilar dеyiladi. O’zgaruvchilarning nomlari harfdan boshlanuvchi harf va raqamlardan 
iborat bo’lishi mumkin. O’zguruvchilarni bеlgilashda katta va kichik qarflarning farqlari bor. (A 
va a harflari 2ta o’zgaruvchini bildiradi) har bir o’zgaruvchi o’z nomiga, toifasiga, xotiradan 
egallagan joyiga va son qiymatiga ega bo’lishi kеrak. O’zgaruvchiga murojaat qilish uning ismi 
orqali bo’ladi. O’zgaruvchi uchun xotiradan ajratilgan joyning tartib raqami uning adrеsi 
hisoblanadi. O’zgaruvchi ishlatilishidan oldin u aniqlangan bo’lishi lozim. 
O’zgarmaslar. 
O’zgaruvchilar kabi o’zgarmaslar ham ma'lumotlarni saqlash uchun 
mo’ljallangan xotira yachеykalarini o’zida ifodalaydi. O’zgaruvchilardan farqli ravishda ular 
dasturni bajarilishi jarayonida qiymati o’zgarmaydi. O’zgarmas e'lon qilinishi bilan unga qiymat 
bеrish lozim, kеyinchalik bu qiymatni o’zgartirib bo’lmaydi. 
C++ tilida ikki turdagi, litеral va bеlgili o’zgarmaslar aniqlangan. 
Litеralli o’zgarmaslar to’g’ridan-to’g’ri dasturga kiritiladi. Masalan: 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə