‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 7,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/184
tarix16.03.2023
ölçüsü7,54 Mb.
#102661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184
61aef8397723d3.50813536

A.A. Razzoqov
i.f.d. 
Sh.H.
Tashmatov 
(11-14-boblar) hamda i.f.n. N. 
O‘rmonov 
(3-4,22-boblar) 
tomonidan yozilgan. Har bob oxirida qisqacha xulosalar, asosiy tushuncha 
va iboralar, nazorat va mulohaza qilish uchun savollar keltirildi.


KIRISH
«IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI»
KURSINING PREDMETI VA USLUBI
«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» 
kursi iqtisodiy fanlar tizimida muhim 
o‘rin egallaydi.
Insoniyat o‘zinmg ko‘p ming yillik tarixi davomida katta iqtisodiy 
va ijtimoiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Har bir davrda u yoki bu 
mamlakatda ayrim shaxslar (olim yoki hokimlar) tomonidan shunday 
iqtisodiy ahamiyatga molik fikr, g‘oya, nazariya, konsepsiyalar ilgari 
surilgan va amalga oshirilganki, bir holda shular tufayli davlat va xalqlar 
ravnaq topgan, ba’zida tanazzulga uchragan. Ana shu iqtisodiy g'oyalami 
har tomonlama chuqur o‘rganish, tahlil etish, ular orasidan 
umumbashariy ahamiyatlilarini ajratib olib, hozirgi davrga, ya’ni 
hayotga tatbiq etish amaliy va nazariy jihatdan foydaUdir.
«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining 
predmeti bo‘lib, 
ma’lum 
davrlardagi ijtimoiy qatlamlar, insonlar manfaatini ifoda etuvchi iqtisodiy 
g‘oyalar va ijtimoiy konsepsiyalaming vujudga kelishi, rivojlanishi va 
almashinuvining tarixiy jarayoni hisoblanadi.
Bu g'oyalar ayrim iqtisodchi olimlar, nazariy maktablar, oqimlar 
va yo‘nalishlaiga tegishlidir. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi mustaqil fan 
sifatida eng qadimgi davrdan boshlab, to hozirgi zamongacha vujudga 
kelgan asosiy iqtisodiy fikr, g'oya, qarash, nazariya va ta’limotlami 
o‘z ichiga oladi.
Uslubiy jihatdan 
bu fan iqtisodiy tahlilning ilg‘or metodlari 
yig'indisidan iborat bo‘lib, tarixiy induksiya, mantiqiy abstraksiya va 
boshqa usullardan keng foydalanadi.
«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fani «Iqtisodiy nazariya» fani bilan 
chambarchas bog‘liq, lekin undan katta farq qiladi. «Iqtisodiy nazariya» 
fanida eng muhim iqtisodiy kategoriyalaming so‘nggi davr uchun tahlili 
beriladi, ammo bu nazariyalar har doim ham turg'un bo'lmaydi va 
vaqt davomida, ayniqsa, keskin o‘zgarishlar davrida evolutsiyada bo‘ladi.


«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanida ayrim olimlar, davlat arboblari 
tomonidan ilgari surilgan g‘oya, qarash, nazariya, qonun, ta’Iimot, 
konsepsiyalar insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi ijtimoiy 
qatlamlar, sinflar va boshqa guruhlaming manfaatlari nuqtai nazaridan 
tarixiy rivojlanishi tadqiq etiladi.
Iqtisodiy tafakkur tarixi fanining amaliy xo‘jalik obyekti bilan 
chambarchas bog‘liqligmi namoyon etadi. «Eskiigan nazariyalami ular 
faqat inkor etilganligi sababli prinsi pda ilmiy emas deyish mumkin 
emas», - deb yozadi taniqli iqtisodchi T.Kun. Chunki keyingi, nisbatan 
yangi qarashlar awalgilar asosida, ulami qabul qilish, rivojlantirish 
yoki inkor etish natijasida paydo bo‘lgan. Ba’zi mutaxassislar faqat 
yangi nazariyalamigina o‘rganishni taklif etishadi, ammo bu so‘nggi 
nazariya awalgi ko‘p yillik ilmiy, amaliy tadqiqotlaming yakuniy qisqacha 
xulosalari sifatida namoyon bo'ladi yoki bugun biz «yangi» degan fikr 
ma’lum vaqtdan keyin o‘zgarishi mumkin.
Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy, ayniqsa, iqtisodiyot nazariyasi fani 
bilan bevosita bog‘liq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi ancha keng davmi qamrab 
olgan va mustaqil xarakterga ega. Bu fanni o'iganish orqali xalq xo'jaligi 
tarixi, iqtisodiy tarix va iqtisodiy konsepsiyalar hamda aniq iqtisodiy 
predmetlami o‘zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o‘zgarishning 
shart-sharoitlari va oqibatlarini tahlil etishga katta ko‘mak beradi.
Masalan, bizga bugun yangidek tuyulgan bozor iqtisodiyoti to‘g‘- 
risidagi fikrlar 
Adam Smit
tomonidan 1776-yili chop etilgan 

Yüklə 7,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə