‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 7,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/184
tarix16.03.2023
ölçüsü7,54 Mb.
#102661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184
61aef8397723d3.50813536

«Xalqlar
boyligi» 
asarida asosan to‘la tahlil etib berilgan. Ba’zi iqtisodiy g‘oyalar 
esa qadimdan ma’lum. Ulami o'rganish va eng muhimi, hayotga tatbiq 
etish yaxshi samara beradi.
Bu fanni chuqurroq o'rganish tufayli bir qancha yechimini kutayot- 
gan nazariy masalalarga oydinlik kiritish imkoni tug‘iladi. Masalan, 
bozor munosabatlarining ibtidosi hanuzgacha aniq yechimga ega emas. 
Ayrim olimlar bu jarayonni xususiy mulk, sinfiy jamiyat yuzaga kelishi 
bilan bog‘lasalar, ayrimlari (R.Xeylbroner, L.Turou) uni kapitalizm 
bilan, aniqrog‘i, «ishlab chiqarish omillari» paydo bo'lishi bilan 
izohlaydilar (mehnat, yer va kapital tovarga aylangach, bozor tizimi 
yuzaga kelgan ekan). Keyingi filer bo'yicha bozoming ibtidosi XVIII 
asrda Angliyada boshlandi.
0 ‘z davrida ilg‘or Sharqning ortda qolishi, G‘aibning ilgarilab ketishi 
sabablari, kelajak to‘g‘risidagi prognozlar ham muammo bo‘lib turibdi.


Darslikda shu masalalami hal etishga oid fikr-mulohazalar beriladi.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixini 
o‘rganishda ma’lumni davrlashtirish 
tizimidan foydalaniladi.
Taniqli iqtisodchi olim J.K.Gelbreyt: «Amalda iqtisodiy g'oyalar 
o‘z davri va vujudga kelish joyining mahsuli bo'lib, ular bilan chambar- 
chas bog'langandir; bu g'oyalarni ular tushuntirib berayotgan 
dunyodan mustaqil ravishda ajratib qarash mumkin emas; bu dunyo 
esa doimo o'zgarishda bo'ladi, agar bu g'oyalar o‘z maqsadlariga to‘la 
javob berishni ko‘zlasalar, doimo shunga mos ravishda o'zgarib 
turishlari kerak», - deb yozgan edi.
Kapitalizm davrida xo‘jalik va ijtimoiy hayotda baynalmilallik 
(internatsionalizm ) kuchayganligi tufayli, iqtisodiy fikrning 
rivojlanishi ham yagona jahon jarayoniga aylana boshladi. Oqibatda, 
klassik iqtisodiy maktab asoschilari A.Smit va D.Rikardoning qarashlari 
qisqa vaqt ichida butun jahonga ma’lum bo‘ldi, vaholanki, undan awalgi 
ko'pgina nazariyalar ayrim mamlakatlarda ko‘pchilikka ma’lum 
bo‘lmasdan «o‘lik mol» sifatida yotgan.
Ammo hozirgi davrgacha jamlangan barcha iqtisodiy g'oyalami 
ma’lum sistemaga solish va shu asosda o‘rganish maqbuldir. Ammo 
o‘tgan davr hodisalari vag‘oyalarini hozirgi zamon qarashlari «qolipi»ga 
zo‘rma-zo‘raki moslashtirish mumkin emas. Bu tarixni vulgar zamo- 
naviylashtirishga, o‘rganilayotgan davming xususiyatlarini inkor etish­
ga oUb keladi.
Bu fan doim rivojlanishda bo‘lib, bir-birini to‘ldiruvchi evolutsion 
(mavjud g'oyalaming yanada chuqurroq takomillashuvi) va inqilobiy 
(butunlay yangicha konsepsiyalar vujudga kelishi) yo‘llari mavjud. 
Inqilobiy o‘zgarishga misol sifatida A.Smit va uning izdoshlari g‘oyalari, 
marjinalistik to ‘ntarish, yangi klassik yo‘nalish (A.Marshall), 
J.M.Keynsning iqtisodiy qarashlarini keltirish mumkin. 0 ‘tish davri 
iqtisodiyoti bo'yicha g‘oyalar hozirgi davming muhim qarashlari 
majmuasiga kiradi va nihoyatda dolzarbdir. Bu masala 0 ‘zbekiston 
misolida qarab chiqildi.
Taniqli davlat arbobi Uinston Cherchill (1874-1965): «Qayerga 
borishimizni bilish uchun, qayerdan chiqqan ekanligimizni bilishimiz 
kerak», - degan edi. Bu g‘oya nihoyatda ahamiyatli bo‘lib, unda bosib 
o‘tilgan yo‘lni to ‘g‘ri baholash va istiqbolni ko‘zlash haqida gap 
boradi.


Iqtisodchilaming tadqiqotlaridagi asosiy bosh g‘oya 
jamiyat, 
insoniyat, ayrim shaxslaming boyligi masalasidir. Maqsad bir, lekin 
unga eltadigan yo‘llar nihoyatda xilma-xil ekanligini ko‘ramiz. Ilk 
kapitalistik munosabatlar vujudga kelgan davrgacha (XV asr) bo‘lgan 
iqtisodiy g'oyalardagi umumiylik shuki, barcha donishmandlar va 
ulaming yozgan asarlarida mehnat va yer boylikning asosiy vositasi 
ekanligi turli yo‘llar bilan talqin etiladi, ularda ishlab chiqarish sohasi 
asosiy deb hisoblangan.
XV-XVII asrlarda (qisman XVIII asr boshlarida) yangi iqtisodiy 
ta’Iimot - 

Yüklə 7,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə