sarsimbail Serg., Productus carrugato hemispharicus Vaugh., Eostaffella
ex gr. Mosquensis Vise.
kabi formalari svitani o„rta
vize davrida hosil
bo„lganligidan dalolat beradi. Qalinligi 360 m.
Y uqori vize - V3
Oqsuv svitasi - ak.
Oqsuv svitasi ilk bor Talas Olatovda ajratilgan
bo„lib, Chotqol,
Pskom, Paltov daryolarining vodiylarida keng tarqalgan. Paltovda svita bir
birlari bilan almashinib turuvchi, yupqa qatlamli ohaktosh, gil qumtoshli
slanes, yirik bo„lakli konglomeratlardan tashkil topgan. Ohaktoshlar
orasida qora, to„q jigarang kremniylar uchraydi. Slaneslarning rangi to„q
qizg„ish, qalinligi 5-15 sm. Konglomeratlarni tashkil etuvchi bo„laklar
faunali
ohaktoshlardan tuzilgan, sementi esa qum-ohaktoshli material.
Svita yuqori vize davriga taalluqliligi O.I.Sergunkova tomonidan 1963
yilda qayd etiladi va faunalardan
Dictyoclostus dikarevae Serg.,
Archaedicus gigas, Parastaffell Limmnosa Gan, Striati/era striata Fisch
kabi formalarga asoslanib, alohida svitalarga ajratiladi. Poltovda bu
yotqiziqlarning umumiy qalinligi 500m.
M ashat svitasi - Msch
Svita ilk bor Talas Olatovning g„arbiy qismida ajratilgan, Chotqolda
esa, Ugam va Pskom daryolarining vodiysida uchraydi. Asosan,
massiv
qatlamli och va to„q kulrang ohaktoshlardan iborat. Fauna dag„al
qovirg„ali
gigantoproduktusva
striatiferalarning
Gigantoproductus
gigantens Mart., Striati/era striata Fisch
kabi formalardan tashkil topgan.
Undan tashqari,
fоrаminifеrаlаrdаn Bostaffalla oblonga, Parastaffella
ham uchraydi. Svitaning qalinligi 340m.
Serpuxov yarusi - S
Quyi serpuxov - S1
K alta m ashat svitasi - klm
Ugam va Pskom daryolari atrofida bu svita qatoriga kulrang massiv va
qatlamli ohaktoshlar qo„shiladi. Yotqiziqlarning boshqalardan farqi, ularda
Striati/era striata Fisch
nihoyatda ko„pligidandir.
Bulardan tashqari
Gigantoproductus edelburgensis Phill, Huperammina moderata Mal.,
Glomospira vulgaris Lip.,
kabi formalar ham tez-tez uchrab turadi.
Svitaning qalinligi - 300m.
17
Bu svita yotqiziqlari Ugam, Pskom daryolari vodiysidagi Yaxak, Ispay,
Nauvalisoylarda uchraydi. Ular yupqa qatlamli, ba’zi qismlarda esa oolitli
kremniy aralashgan ohaktoshlar bilan tasvirlangan. Fauna
Schizophoria
resupinata Mart., Schellwienell crenistria Phill., productus concinnus Sow
kabi formalardan iborat. Qalinligi 200m.
O „rta toshko„mir bo„linmasi - C2
B oshqirt yarusi - b
Quyi boshqirt - b
1
Soslavin svitasi - sl
O„rganilayotgan nohiyada bu svitaga tegishli yotqiziqlar faqatgina
Ugam daryosi vodiysida uchraydi. Ular och va to„q kulrang, yupqa va
qalin qatlamli mikrozarrali ohaktoshlardan tashkil topgan.
Asosiy
faunadan
Spiri/er bisulcatus Sov., Reticuloceras reticulatum
Phill
yotqiziqlarni quyi boshqirt davrida hosil bo„lganligiga dalil bo„la oladi.
Ugam daryosi vodiysida qalinligi 140m.
Shunday qilib, Chotqol-Qurama maydoni quyi boshqirt davrining
oxirlaridan boshlab, gersen tektonik harakatlari natijasida cho„kindi
to„planadigan nohiyadan, asta-sekin yuvilish maydoniga aylana boshladi.
Alp burmalanish davrining paleogen vaqtigacha viloyatning taraqqiyotida
kuchsiz vertikal harakatlar ro„y berishi natijasida sayoz paleogen
dengizlari paydo bo„ldi.
Paleogen sistemasi -
p
Paleosen - R
T urkiston yotqiziqlari
Turkiston yotqiziqlari deb ataluvchi cho„kindilar Obiraxmat atrofida
juda kichik maydonda uchraydi.
Ularning kesmasi quyidagicha (pastdan - yuqoriga):
1.
Silliqlangan kulrang kremniy, kremniylashgan ohaktosh, qirrali dolomit
bo„laklarini o„z ichiga olgan ohaktoshlar-10 m. Orasida gilli ohaktosh
qatlamchalari va kremniy bo„laklari uchray-digan mergellar - 17 m.
2. Orasida pushti rang ohaktosh uchraydigan och pushti rang
mergellar - 20 m.
3. Orasida gravelit va qumtosh linzalari uchraydigan
konglomeratlar - 16 m.
4. Ohaktosh va konglomeratlar - 17 m.Umumiy qalinligi 84 m.
Turikiston yotqiziqlarida Gryphaea esterhazyi Pav., Ostrea Sp. kabi fauna
uchraydi.
Dostları ilə paylaş: