Quyikibeltov svitasi - kbt
18
Nohiyaning magmatizmi
Magmatik jinslar tektonik harakatlar holatining asosiy ko„rsatkichi
sifatida muhim ahamiyatga ega. Ularning tarkibi, tuzilishi, shakllari
geologik rivojlanishning asosiy davrlarini belgilashda, tektonik va
geologik xaritalar tuzishda asos hisoblanadi. Magmatik jinslar m a’lum
tektonik harakatlar sababli vujudga keladi. Ularning hosil bo„lgan vaqti
struktura yaruslarining shakllanish davrini boshlanishi yoki oxirlari bilan
chambarchas bog„liqdir. Bu davrda magmatik kompleks hosil bo„ladi.
Magmatik kompleks deganda, bir xil tektonik sharoitda hosil bo„lib,
shakllangan va yoshi jihatidan bir-biriga yaqin magmatik jinslari guruhini
tushunamiz. Magmatik komplekslarni shakllanishi, tektonik va magmatik
harakatlarning nihoyatda zo„raygan davrlarga to„g„ri keladi.
Chotqol-Qurama nohiyasida magmatik harakatlar tokembriy davridan
boshlanib, trias davrining boshlarida tugallanadi. Bu harakatlar natijasida
yuzaga kelgan magmatik jinslar quyidagi magmatik kopmlekslarga
ajratiladi: 1.Tokembriy adamellit-granit;
2. Quyi toshko„mir bazalt-
diabaz-dasit;
3.Quyi
toshko„mir
(boshqirt)
gabbro-sienit-monsonit;
4.O„rta toshko„mir montso-granodiorit-adamellit; 5.Yuqori toshko„mir -
quyi perm diorit-granodiorit-granit;
6. Perm-trias dayka hosilalari va
alyaskasimon granit. Qurama o„rtalik massivida, asosan, o„rta toshko„mir
va yuqori paleozoy vulqon-pluton komplekslari keng tarqalgan.
1.
Tokembriy adamellit - granit kompleksi.
Pskom tizmasining o„q qismida joylashgan granitoid kompleki Beshtor-
Tunduk va To„qmoqsoldi intruzivlaridan iborat. Beshtor-Tunduk intruzivi
shimoli-sharq tomon yo„nalishdagi jism bo„lib, o„rta kristalli muskovit-
biotitli granidiorit (y5PR) va katta o„rta kristalli muskovit - biotitli granit-
adamellit (y-y 5PR) lardan tashkil topgan.
2.
Quyi toshko„mir bazalt-diabaz-dasit kompleksi.
Bu kompleks gersen tektonik-magmatik siklning boshlang„ich
bosqichida hosil bo„lgan. Asosan, antiklinoriy va sinklinoriy struktura-
larining chegaralarida uchraydi. Yetarlicha tektonik, petrologik nuqtai
nazardan deyarli o„rganilmagan. Bu kompleksga tegishli magmatik jinslar
Pskom daryosining chap oqimidagi Kaptar-kumush, Ispay soylarida va
Sandalash daryosi atrofida qayd etilgan. Ular bazalt-diabaz va qisman,
porfiritlardan tashkil topgan. B a’zan qalinligi 3 m gacha boradigan
qatlamcha shaklidaga datsitlarni kompleks orasida uchratish mumkin.
Kompleks jinslari vize ohaktoshlari bilan muvofiq qatlamlashgan.
19
3.
Quyi toshko„mir (boshqirt) gabbro-sienit-montsonit kompleksi.
Chotqol va Pskom tizmalarida tarqalgan.
Chotqol tizmasida
Obiraxmat atrofi, Paltov,
Qulosiya vodiylarida, Pskom tizmasida esa
Oygaing, Maydontol daryolari oralig„ida sill shaklida vize karbonat va
kremniyli slanetslar orasida joylashgan. Bu kompleks biotitli-gabbro va
gabbro-montsonit (s? 1 С1-2), biotit-piroksenli va piroksen-biotit-amfibolli
montsonit (ф; 1 С1-2), olivin-biotit-piroksenili shonkinit va esseksit, biotitli
sienitlardan (ф3 С1-2), tashkil topgan.
Nohiyada Qoratutboshi, Paltov, Ko„ksuv daryosining o„ng qirg„og„ida,
Qulobsoy, Oygaingda Tekesh nomli 3 ta yirik sillar aniqlangan.
Sillarning tarkibi va ichki tuzilishi nihoyatda murakkab, ularning ostki
va ustki qismlari, qalinligi 3 m li, shonkinit va esseksitlardan iborat. O„rta
qismi sienitlardan tuzilgan bo„lib, qalinligi 0,2-4,5m. Shonkinit va
esseksitlarning mineralogik tarkibi deyarli bir xil. Farqi shundaki,
esseksitlarda kaliy-natriyli dala shpati va piroksen kamroq. Plagioklaz va
biotit ko„proq. Aksessor minerallardan apatit, flyuorit, sirkon, magnetit,
ilmenit, pirit, xalkopirit, sfen, shpinel va boshqalar uchraydi. Nohiyadagi
sillarning qalinligi 3 m dan 30 - 40 m gacha boradi, yo„nalishi bo„yicha 5
6 km masofaga kuzatiladi. Odatda ularning joylanishi
toshko„mir
qatlamlarining yotish holatini aks etadi.
4. O„rta toshko„mir montsogranodiorit-adamellit kompleksi.
Bu kompleks qatoriga Pskom tizmasining g„arbidagi Chavata intruzivi
kiradi. Bu yerda birinchi navbatda montsonit va dioritlar (УфС2), so„ngra
esa adamellit-porfir tarkibli satelitlari keng rivojlangan, montsodiorit va
granodioritlar (у62С2)
vujudga kelgan. Ular plagioklaz (oligoklazdan
andezin-labrodorgacha), ortoklaz, biotit va kvars minerallardan tashkil
topgan. Aksessor minerallardan sirkon, apatit, sfen, rudali minerallardan
molibdenit, xalkopirit, magnetitlar uchraydi.
Montsodiorit va granodioritlar yer qobig„ida shtok shaklida joylashgan.
Granodiorit, porfirlar qatlamlar orasida sill shaklida muvofiq yotadi.
Undan tashqari, aplitlar har xil kattalikda tomir hosil qiladi.
5.Yuqori toshko„mir - quyi perm diorit-granodiorit-granit kompleksi.
Bu kompleks jinslari Chaptosh, Sargardon, Shabrez daryolarning
vodiylari va Chimyon tog„ maydonida keng tarqalgan. Ular shtok, lakkolit
kabi shaklli intruziyalar bo„lib, quyi toshko„mir karbonat jinslarni yorib
o„tadi. Kompleksning ichki tuzilishi nihoyatda murakkab. U quyidagi
intruziv jinslardan tuzilgan: gabbro va gabbro-diorit (v1 С3-Р 1), diorit (62
С3), granodiorit (y53 С3), granit (y4 С3), granodiorit-porfirlar (у6п4 С3).
6. Perm-trias dayka hosilalari va alyaskasimon granit kompleksi.
20
Chotqol-Qurama maydonida magmaning faoliyati turli tarkibli dayka
plutonlarini
joylanishi bilan yakunlanadi. Dayka komplekslari yirik
intruziyalar bilan bog„lanmagan holda, o„ziga xos sharoitda hosil bo„ladi.
Ular 3 guruhdan iborat bo„lib, har bir guruh bir necha petrografik tur va
jinslardan tashkil topgan.
a) Diabaz daykalari guruhi: gabbro-porfirit, gabbro-diabaz, porfirli
gabbro-diabaz (piroksenli va amfibolli) va konglodiabazlar.
b) O„ta nordon porfirli daykalar guruhi.
v) Yuqori ishqorli daykalar guruhi: sienit-porfir, vogezit, avgitli
vogezitlar.
Dayka komplekslari o„ziga xos doiralar tashkil qiladi va chiziqlik
bo„ylab joylashadi. Ular deyarli hamma intruziv massivlarini kesib o„tadi
va odatda, mustaqil daykalar kompleksiga mansub bo„lgan magmatizm
faoliyatini oxiri hisoblanadi. Ko„ksuv daryosining pastki oqimida
(Chavata, Burchmulla) biotitli diabazlar, Obiraxmat va Zaxtansoylarda
lamprofir daykalari keng tarqalgan.
7.
O„rta toshko„mir vulqon-pluton kompleksi. Bu kompleks asosan,
Chotqol va Qurama doirasining chegaralarida, aynan Toshkeskan,
Po„latxon tog„lari va Mozorsoy atrofida tarqalgan bo„lib, effuziv
qatlamlardan iborat. Ular mingbuloq svitasi qatoriga kiritilgan. Mozorsoy
sinklinalida (Chotqol daryosining chap irmog„i) effuziv jinslar vize
ohaktoshlarini muvofiq qoplaydi. Ular qalin bo„lmagan diabaz-porfirit va
tuflardan iborat. Toshkeskan tizmasida vize yotqiziqlari ustidagi mu vofiq
joylashgan effuziv jinslarning qalinligi 1320 m gacha boradi. Bu jinslar
kesmasining o„rta qismi qoramtir-qizg„ish, qisman, flyuidal teksturali,
840m, qalinlikdagi felzit porfirlardan iborat. Kesmaning quyi va yuqori
qismi qora, ayrim hollarda
binafsha rangli andezitli porfirit (asosan
kesmani quyi qismi) va lava tuflaridan tashkil topgan. Kesmaning yuqori
qismidagi andezitli porfiritlar ustida muvofiq ravishda, 222 m qalinlikdagi
tuf, tuf brekchiyasi va felzitli porfiritlar yotadi. Kesmaning eng yuqori
qismini sferolit strukturali, to„q qizil felzitli porfiritlarning qalinligi 37 m,
bo„lgan parda shaklidagi qatlamlari yakunlaydi.
Adabiyotda
“Intruziv
porfiritlar”
deb
ataluvchi
subvulqon
formatsiyalar (ya’ni effuzivlarning
intruziv birligi)
katta Chimyon
tog„larida keng tarqalgan. Ular Belder va Nurekota soylarining yuqori
qismlarida 2 km
atrofidagi yirik intruziv massivini tashkil qiladi. Bu
formatsiyalar vize ohaktoshlarini kesib o„tgan bo„lsalar, o„z navbatida,
ularni yuqori toshko„mir davrida hosil bo„lgan intruziyalar yoradi.
21
I.M.Isamuxamedov tadqiqotiga binoan, subeffuziv jinslar biotit, biotit-
shox aldamchisi, biotit-piroksenli porfiritlardan tuzilgan.
IV-bob Nohiyaning tektonikasi
Chotqol-Qurama tizma tog„lari shimoliy Tyan-Shanning g„arbiy
tarmog„i hisoblanib, ularning hozirgi shakli neotektonik jarayonlar tufayli
vujudga kelgan va bu harakatlar natijasida paydo bo„lgan strukturalarning
shakllanishi hozirgi kunda ham faol davom etmoqda. Ularning bugungi
faolligi va kelajak taraqqiyotini neotektonikaning tarmog„i hisoblanadigan
seysmotektonika fani o„rganadi.
Burchmulla va uning atroflardagi tog„ inshoat kesmalari tasvirga
olinganda, paleogen davri qatlamlari chig„anoqli ohaktoshlardan tashkil
topganini ko„ramiz. Bu yotqiziqlarning qoldiqlarini ayrim namunalari
hozirgi tog„larning 5 km va undan ham mutlaq baland cho„qqilarda qayd
etilgan. Bu demak, neogen davrigacha O„rta Osiyo, shuningdek Burch
mulla atrofi regionlari ham, asosan, epikon-tinental dengiz havzalaridan
tashkil topgan. Bunday qoldiqlar esa, asosan, parda (chexol) yotqiziqlariga
taaluqli bo„lib, O„rta Osiyo territoriyasida epigersin,
epikaledon
platformasi mavjud bo„lganligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham
hozirgi tog„ inshootlari epiplatforma orogen (platformadan so„ng hosil
bo„lgan tog„ inshootlari) strukturalarini tashkil etadi. Ular, asosan paleogen
davri
ohirlaridan shakllana boshlab, hozir ham shakllanishi
davom
etayotgan past-tekislik, tog„ va tog„ oldi strukturalarni tashkil qiladi. Bu
o„rinda O„rta Osiyo tog„larining hosil bo„lishidagi nazariyalarni qisqa
eslatib o„tish o„rinli.
XVII-XIX
asrlargacha O„rta Osiyo tog„larining hosil bo„lishini
magma faoliyatlari bilan bog„liq va hozir ham tog„lar o„qida harakatchan
vulqonlar mavjud degan g„oya, Evropa geologlari o„rtasida keng tarqalgan
edi. Bu g„oyaga binoan, O„rta Osiyo tog„lari “Bolar” tog„lari nomi bilan
atalgan. Ular meridional yo„nalishda joylashgan bo„lib, yoylarida faol
harakatdagi vulqonlar mavjud bo„lgan.
XIX asrning ohirlaridagina I.V. Mushketov ekspedision materiallar
asosida, O„rta Osiyo tog„larida faol harakatdagi vulqonlar yo„qligini
isbotlab berdi. I.V. Mushketovning ko„p yillik faoliyati tufayli O„rta
Osiyoning mayda masshtabli geologik xaritasi birinchi bor tayyorlandi.
O„rta Osiyo tog„ tizmalari I.V. Mushketov g„oyasiga asosan kaledon
(Shimoliy Tyan-Shan), gersin (Oloy, Turkiston), alp (Pomir) tektonik
sikllari tufayli vujudga kelgan. Bu hashamatli osmono„par tog„larimiz
22
hosil bo„lgan davrdan to hozirgi vaqtgacha yemirilib, yuvilib, asta-sekin
qariyotgan
va past tekisliklarga
aylanayotgan
strukturalar
hosil
bo„layotganligi asoslab berildi. Tyan Shanda hozirgi vaqtdagi zilzilalarni
I.V. Mushketov yer qaridagi o„chgan va sovib borayotgan olovsimon
moddalar qoldig„i ta’sirida sodir bo„layotganligini ta’kidlagan edi. I.V.
Mushketovning O„rta Osiyo tog„ tizmalarining tuzilishi, tarkibi haqidagi
nazariyasi muhim ahamiyatga ega bo„lib, o„lkaning geologik taraqqiyoti,
foydali qazilmalarining joylanishi va boshqa muhim geologik fan
tarmoqlarining rivojlanishiga asos bo„ldi. Bu yirik olim O„rta Osiyo
tog„larining hosil bo„lishini kontraksion nazariya asosida izohlashga
muyaassar bo„ldi. Bu nazariya XIX asrning 30-yillarida fransuz olimi E.
De Bomon tomonidan ishlab chiqilgan bo„lib, u Kant-Laplas nazariyasiga
asosan, yer shari dastlab olovsimon, qaynoq holatda bo„lib, so„ngra asta
sekin soviy boshlaydi. Kontraktsion nazariyaning asosi ham olovsimon
yer sovishi natijasida Moxorovichich yuzasi - “M” yuzasi bo„ylab qattiq
po„st bilan qoplana boradi. Bora-bora olovsimon yer qari ham asta sekin
soviy boshlaydi. Yerning ichki qismidagi moddalar zichlashib, hajmi
kamayadi. Bu esa dastlabki yerning “M” yuzasidan yuqoridagi qattiq
po„sti yerning qisqarayotgan radiusiga moslanishiga, ya’ni qayishish va
bermalanish zonalarida tog„ burmalanishlarini hosil bo„lishiga olib keladi.
Lekin bu nazariya tog„ burmalanish mintaqalarining morfologik tuzilishini,
tizma shaklining to„g„ri chiziqliligini tushuntira olmadi.
Bu muammo geologiyada geosinklinal ta’limot deb ataluvchi nazariya
ishlab chiqarilganda keyingina yechila boshlandi. Geosinklinal ta’limoti
1870 yilda amerikalik olimlar Dj.Xoll va Dj.Dena tomonidan kontraksion
nazariya asosida yaratilgan. Bu ta’limotga binoan, dastlab hosil bo„lgan
qattiq po„stli platforma strukturalari oralig„ida geosinklinal havzalarida
to„plangan juda qalin, ammo hali qayishqoq qatlamlar nihoyatda shiddatli
burmalanishga uchraydi. Natijada, geosinklinal havzalari o„rnida tog„
tizmalari hosil bo„ladi.
Umuman I.V.Mushketovning O„rta Osiyo
tog„ tizmalarining hosil
bo„lishi to„g„risidagi kontraksion g„oyasi 1960 yillargacha, ayrim holatlari
esa hozirgi kungacha o„z mohiyatini yo„qatgani yo„q. I.V.Mushketovning
ta’kidlashicha, O„rta Osiyoda sodir bo„layotgan zilzilalar yer ostidagi hali
ham sovimagan magmatik o„choqlar bilan bog„liqdir. Ana shu faktlarga
asosan, u g„arbiy O„zbekiston va Turkmaniston territoriyalariga oid Qizil
qum va Qora qum past tekisliklari Turon epigersin platformaga, Tyan-
Shan va shu jumladan Chotqol - Qurama tog„lari esa, so„nayotgan
platformaga aylanayotgan strukturalarga bo„lgan edi.
23
1960 yillardan boshlab, yangi faktlar asosida olimlar kontraksion
nazariyani qo„llab, tog„ burmalanish strukturalari hosil bo„lishini
tushuntirib berish mumkinmasligini angladilar. Avvalo, astronom olimlar
yerning “Issiq olovsimon” moddalardan paydo bo„lishi haqidagi
nazariyasidan voz kechdilar. Yer va sayyoralarimiz sovuq gazchangsimon
moddalardan hosil bo„lganligini isbotlaydilar. Bu esa yerning sovib, hajmi
kichiklashishini inkor qilishiga olib keladi.
Ayniqsa, fiziklar tomonidan radioaktiv hodisalarning tashkil etilishi va
hisobga ko„ra, tog„ jinslardagi radioaktiv elementlarning miqdori, ulardan
ajralib chiqadigan issiqlik quvvati yerning qizitib, xatto erishigacha
yetishini ko„rsatadi. Bu esa kontraksion nazariyada fizik asos yo„qligi
ko„rsatuvchi dalil. Kontraktsion nazariyaning g„oyalari ko„pgina geologik
obyektlarda, shuningdek Chotqol - Qurama tog„larida ham tasdiqlanmadi.
Buni hozirgi neotektonik xarakatlarda yaqqol ko„rish mumkin. Masalan,
kontraksion nazariyaga asosan, bu tog„lar so„nib, asta-sekin turg„un,
harakatsiz platformaga aylanishi kerak edi. Vaholanki, faol tektonik
harakatlar tufayli tog„lar quvvati kuchayib borgan sari qaddi ko„klarga
bo„y cho„zmoqda. Bu tektonik harakatlar paleogen davrining oxirlaridan
boshlanib, hozirgi vaqtda ham davom etmoqda.
Neotektonika fani geotektonikaning bir tarmog„i bo„lib, neotektonik
harakatlar va ular sababli hosil bo„lgan stukturalarni o„rganish uslubiga
ega. Bu uslubga asosan, paleogen davrining oxirlarida hosil bo„lgan
qatlamlarning ustki tekisligini dengiz sathidan
“0” metr balandlikda
joylashtirib, to shu kungacha faqat tik ko„tarilish sodir bo„lyapti deb qabul
qilamiz (2 rasm).
Agar shu nuqtai nazardan yiliga 1mm ko„tarilish sodir bo„lsa, unda 30
mln.yil davomida tog„larimizning balandligi 30 km dan oshib ketgan
bo„lar edi. Vaholanki, aniq asboblar asosidagi o„tkazilayotgan yirik
tadqiqotlar natijasida tog„larni yiliga 5-10 mm, ayrim nuqtalarda esa 20
mm gacha ko„tarilayotgani aniqlandi. Demak, tik ko„tarilish tanaffussiz
bo„lmaydi, ayrim vaqtlarda aks harakatlar kuzatiladi yoki, umuman,
tektonik harakatlar sodir bo„lmaydi degan xulosaga kelamiz.
Tik tektonik xarakatlar to„xtagan yoki aks xarakatlar boshlangan vaqt
davomida tekislangan yuza yoki daryo terrasalari hosil bo„ladi. Ular ayrim
“geoblok” (geosektor), keyingi paytlarda “plitalar” degan atamalar bilan
ifodalanib, ko„pincha yer bo„laklar degan ma’noni anglatadi. Geobloklar
ko„pincha chuqur uzilmalar bilan chegaralangan bo„ladi. Geobloklar
endigina shakllanayotgan “gorst” va “graben” kabi morfologik struktura
shaklida ifodalanadi va uzoq kelajakda ham faol shakllanishi davom
24
etadi. Bunga tog„ tizmalaridagi hali qirralanmagan qoyalar yaqqol misol
bo„la oladi. Mezozoy, kaynazoy eralari davomida O„rta Osiyo, jumladan,
Chotqol Qurama tog„lari o„rnida chexol (parda) strukturalari rivojlangan,
lekin ular neogen davridayoq batamom yuvilib, eroziyaga uchragan.
Paleozoy erasiga taaluqli struktura shakllari Urol-Mongol serharakat
mintaqasiga mansub, ular geosinklinal sistemalardan tashkil topgan.
Chotqol Qurama tog„lari Urol Mongol serharakat mintaqasining gersin
burmalanish sistemasiga mansub va Chotqol (geosinklinal burmalanish) va
Qurama (o„rtalik massiv) doiralaridan iborat.
Chotqol doirasiga Ugam, Pskom, Sandalash tizma tog„lari, Qurama
doirasiga esa Chimyon, Korjantov, Qurama tog„lari ham Toshkent oldi
pasttekisligi va Farg„ona vodiysi kiradi. Chotqol doirasi serharakat gersen
geosinklinal
- burmalanish struktura doiradir. Geosinklinal nihoyatda
serharakat, chuqur uzilmalar bilan chegaralangan, cho„kindi jins
yotqiziqlardan tashkil topgan bukilma struktura. Uning asosiy belgilari:
strukturaning cho„zinchoqligi, cho„kindi jinslarning qalinlik gradientining
o„zgaruvchanligi, struktura - formasion komplekslarning qa’tiyan uzviy
zonalligi, ya’ni cho„kindi
vulqon komplekslarining hosil bo„lishida
ketma-ketligi va rivojlanishida qa’tiy tektonik harakatlar bo„lishi bilan
ajralib turishi. Davriy tektonik harakatlar tebranma bo„lib, m a’lum bir vaqt
davomida qaytalanishi, qayta-qayta ko„tarilish va cho„kish jarayonlarning
ro„y berishi bilan ifodalanadi. Davriy tektonik harakatlar geologik vaqt
bilan va ularning hosilalari belgilariga binoan, bir necha darajali bo„lishi
mumkin. Lekin tadqiqotlar, ayniqsa turli masshtabli geologik xaritalashda,
tektonik xaritalar tuzishda tektonik sikl, davr va bosqich
muhim
ahamiyatga ega.
Tektonik sikl - uzoq geologik vaqt, ya’ni 180-200 mln.yil davomida
cho„kish va ko„tarilish tebranma harakatlari bilan namoyon bo„ladigan
davr. Uning hosilasi tik geologik kesmada ketma-ket tuzilgan geologik
formatsion struktura qatlamini tashkil qiladi.
25
2-rasm
G arbiy Tyan-Shanning Q oratepa-Piskom chizigi
Boyicha yuqori poleozoy O xirlaridagi tasviriy poleotektonik kesmasi.
Kristallik fundament-I-granit-gneysli 2-amtibolit-gneysli (AR-PR).
Boykol-etaji (PR2):3-Slyudali slanes, meto-qumtoshlar, metomorflashgan
andezit bazalt va ularning tuflari (R1-2), 4-kremniyli dolomitlar Paleozoy
fundamenti (Pz) 5-7 Kaledon etaji: 5-Slaneslar, 6-Terrigen-Karbonat jinslar
9-Vulkanitlar tuflar, 10-Andezit bazaltlar 11-Chuqur uzilmalar doirasi 12-
Regional qoplamalar 13-Maxalliy qoplamalar 14-Kotarilma va tushurma
uzulmalar.
Masalan, rifey davrida quyi Gudzon, yuqori Gudzon, Kibar, Grenvill
struktura etajlar, paleozoy mezo-kaynozoy eralarida kaledon, gersen va alp
struktura etajlaridan tashkil topgan.
Struktura etajlar quyi
demission va yuqori orogen pog„onalariga
bo„linadi. Demission struktura pog„onasi asosan cho„kish, kengayish
alomatlari bilan bog„liq bo„lsa, orogen-struktura esa ko„tarilish tektonik
tebranma harakatlar tufayli vujudga keladi.
Geosinklinal
havzalardagi
demission
va
orogen
struktura
pog„onalarning chegarasida, G.Shtille tabiricha, burmalanish tektonik
harakatlari sodir bo„ladi. Geologik nuqtai nazardan, shiddatli, qiyomatli
qisqa muddat davomida, ular namoyon bo„lgan doiralarda yer relyefi
butunlay o„zgaradi, “okeanlar” o„rnida tog„lar hosil bo„ladi. Bu vaqt
burmalanish yoshi hisoblanib, baykalid, kaledonid, gersenid, alpid kabi
geosinklinal burmalanish davrlariga ajratiladi. Burmalanish davri tufayli
geosinklinal havzalardagi quyi struktura etaj qatlamlari ham geosinklinal
26
burmalanishga uchrab, yagona,
chambarchas bog„liq burmalanish
strukturalarini hosil qiladilar.
Masalan, gersin burmalanish davri natijasida ulargacha hosil bo„lgan
kaledon, baykal struktura qavatlari ham yagona burmalanish strukturalarini
vujudga keltiradilar.
Burmalanish
tektonik
davri
tufayli
geosinklinal
sistemalar
konsolidasiyalashadi. Konsolidasiya - jipslashish, turg„unlashish degan
m a’noni anglatuvchi jarayon, bunda qatlamlar zichlanib, toblanib,
qattiqlashadi va keyingi tektonik xarakatlar natijasida faqatgina
bo„laklarga ajraladi, suriladi. Konsolidasiya jarayonida yer qobig„ining
shiddatli progressiv metamorfizmlanish yoki granitlanish va intruziyalar
joriy bo„lishi natijasida baquvvat zinch yaratiladi, strukturaning ostki
etajini zamini paydo bo„ladi. Tektonika taraqqiyoti tarixida konsolidasiya
tubdan o„zgarish davrini ifodalaydi. Struktura yarusi - cho„kindi,
magmatik, m a’dan jinslarning uyushmasini tabiiy - tarixiy kompleksi
bo„lib, tektonik siklning boshlang„ich, dastlabki, o„rta, kechki va oxirgi
bosqichlaridan birida hosil bo„ladi. Bu vaqt davomida tektonik harakatning
to„liq cho„kish - ko„tarilish ritmi tufayli struktura shakllari vujudga keladi.
Ular esa bir-birlaridan quyi va yuqori chegaralari bo„ylab, aniq yoki
yashirin
nomuvofiqliklar
bilan
chegaralanadi.
Cho„kindi
jinslar
turkumining transgressiv va regressiv holatda yotishini isbotlash bilangina
struktura yaruslar aniqlanadi.
Odatda, har bir bosqich to„liq kristallangan pluton-intruziv kompleks
hosil bo„lishi bilan yakunlanadi. Agarda pluton kompleksi bo„lmasa,
yuqorida qayd etilgan bosqichlarning chegaralari, regressiv holatda
joylashgan cho„kindilarning transgressiv turkum yotqiziqlari bilan
almanishiga qarab aniqlanadi. Struktura etaj va yaruslarning miqdor va
sifat belgilarining birligi, muayyan maydonda ularning o„zgarmasligi va
yarus turlarini belgilashda va ajratishda asos bo„lib hisoblanadi. Ko„pincha
struktura etaj turlari uzilma sitemalari bilan chegaralanadi.
27
O„rta Osiyoda mezazoy eraisigacha bosqich uchun yuqorida uchun zikr
etilgan nuqtai nazarlar asosida quyidagi geotektonik strukturalar ajratish
mumkin (3-rasm).
Dostları ilə paylaş: |