uzilmaning tutashgan maydonida, shuningdek, Obiraxmat flyuorit koni
ham uzilmalar kesishgan joylarda hosil bo„lgan.
Chotqol gersenid doirasidagi antiklinoriy va sinklinoriy strukturala-
rining
chegaralarida shimoli-sharq, janubi-g„arb o„ynalishida keng
tarqalgan uzilmalarga Karjantov, Pskom, Ko„ksuv, Paltov uzilmalari misol
bo„la oladi. Chotqol doirasining chuqur uzilmalari rifey erasining
boshlarida faol bo„lib, ayniqsa, gersin tektonik tsikl davomidagi
burmalanishning asosiy manbai
hisoblangan. Ularning ayrimlari
neotektonik jarayonlar tufayli yanada faollashgan. Uzilmalar qatorida ular
III va IV darajali o„rinadi turishadi. Qurama va Chotqol doiralarini
chegaralovchi “Chetki Chotqol” uzilmasi III darajali hisoblanadi (4-rasm).
Qurama - Farg„ona o„rtalik massiv strukturasining asosiy xususiyati,
uning paleozoygacha konsolidasiya davrini o„taganligidir. Demak,
tokembriygacha hosil bo„lgan jinslar zamin megaetajni tashkil qiladi.
Paleozoy
va shuningdek, mezo-kaynozoy yotqiziqlari zamin strukturasiga
nisbatan parda qatlamlari deb hisoblanadi. Tektonik tebranma harakatlar
tufayli hosil bo„lgan bu yotqiziqlar
kaledon, gersin va alp yuqori
strukturalrni tuzadi. Neogen davridan esa, Qurama ham yagona Tyan-Shan
epiplatforma orogen strukturasiga aylanadi.
Qurama doirasida neogengacha,
asosan,
sedimentatsion
(ba’zi
adabiyotlarda shtampli yoki nasliy) deb ataluvchi burma turlari hosil
bo„lgan. Bu strukturalarning shakllarinng tuzilishi,
hajmi jihatidan bir-
biridan farq qiladi. Ular birin-ketin (kulisoobrazno) joylashgan bo„lib,
uzunligi 30-80 km gacha, eni 3-10 km gacha bo„lgan braxiburmalarni
tashkil qiladi. Bu strukturali qavatlar, zaminning relyefi tuzilishini aks
ettiruvchi struktura sifatida ko„zga tashlanadi. Ular cho„kindi hosil bo„li-
shidan boshlab, to to„xtagunga qadar paydo bo„ladilar. Shuning uchun bu
strukturalarga nasliy yoki sedimentatsion (shtampli) degan nomlar
berilgan. Qurama - Farg„ona o„rtalik massivi Sargardon, So„qoq, Qaynar
braxian-tiklinallari va Chimyon, Olmaliq braxisiklinal strukturalardan
tuzilgan.
Geosinklinal
orogen-burmalanish
strukturalari
bilan
chegaradosh bo„lganligi sababli, o„rtalik
massivda, geosinklinal ta’sirida
tektonik faollanish jarayonlari kuzatiladi. Tektonik faollanish esa o„rtalik
massivlarida chetki bukilma va vulqon-deprission strukturalar hosil
qilishga olib keladi.
Vulqonlar, asosan, geosinklinal burmalanish doiralarining ta’sirida
paydo bo„ladi va “chegalangan” (nalojeniy) strukturalarni vujudga
keltiradi. Ularning hosil bo„lishi shu tariqa o„tadi: mantiya suyuqliklari
geosinklinal doirasidan ajralib, massivning zamini tomoni oqa boshlaydi,
30
ammo massivning yaxlit va qalin po„stini yorib chiqa olmaydilar. Ular
yuqori harakatli, katta kuchlanishga ega bo„lganliklari sababli, zaminning
ayrim, qulay doiralarida energiya to„plab, asta-sekin ostki qismlarni erita
boshlaydilar va magma o„chog„larini hosil qiladilar.
Bu esa o„z yo„lida vulqon otishmalariga olib keladi.
Natijada tuf, lava,
porfirit va boshqa vulqon jinslari paydo bo„ladi. Magma o„chog„larida
to„liq kristallangan intruziv jinslar yuzaga keladi. Intruziv va vulqon
jinslari yagona vulqon-pluton kompleksini hosil qiladi. Qurama doirasida
ikki pluton-vulqon kompleksi ajratilgan. Sinburmalanish kompleksi
hisoblangan
o„rta
toshko„mir
mingbuloq
kompleksi
geosinklinal
burmalanish jarayon bilan bir vaqtda hosil bo„lgan.
Orogen kompleksi qatoriga kiritilgan yuqori toshko„mir - perm aqcha-
shurobsoy-qizil nura kompleksi geosinklinal strukturalarining tog„ hosil
bo„lishi, ya’ni orogen davrida hosil bo„lgan. Mingbuloq pluton-vulqon
kompleksi Qoramozorsoy, Sargardon va boshqa maydonlarda tarqalgan,
aqcha-shurobsoy-qizil nura orogen
kompleksi esa Chimyon, Xo„jakent va
Maydontollarda m a’lum.
4 - rasm
Chotqol - Q uram a tog„larining tektonik xaritasi
qazilm a boyliklari
Dostları ilə paylaş: