Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O


Xalqaro jinoyat huquqining o ziga xos tamoyillari



Yüklə 472,05 Kb.
səhifə11/69
tarix11.12.2023
ölçüsü472,05 Kb.
#147733
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   69
Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A-fayllar.org

Xalqaro jinoyat huquqining o ziga xos tamoyillari
Yuridik adabiyotlarda tamoyil (lot. principium ) muhim
rahbariy g oya, faoliyat, xulq-atvorning asosiy qoidalari sifatida
mustahkamlangan
1
.
Xalqaro jinoyat huquqining o ziga xos tamoyillari ilk bor
Nyurnberg tribunali Nizomi va hukmida tavsiflangan. Xalqaro
huquqning ushbu sohasiga xos alohida tamoyillar imperativ xusu-
siyatga ega. Darhaqiqat, D. Sattorov qayd etganidek, xozirgi
zamon xalqaro huquqining asosiy tamoyillari, shubhasiz, impe-
rativ normalar hisoblanadi, aks holda, ular o zlarining poyde-
vorlik xususiyatini yo qotgan bo lardi
2
.
1946-yilning dekabrida BMT Bosh Assambleyasi rezolyu-
tsiyasida Nyurnberg tribunali statuti tan olingan. Tribunal huk-
mida umum tan olinganlar sifatida ifodasini topgan xalqaro hu-
quq tamoyillari tasdiqlandi. 1947-yildayoq BMT Bosh Assam-
bleyasi xalqaro huquq Komissiyasiga yuqorida aytilganlarni asos
qilib olib, xalqaro jinoyat huquqi tamoyillarini shakllantirish ha-
qida topshiriq berdi. 1950-yilda Xalqaro Huquq Komissiyasi Nyurn-
berg tribunali statuti tan olgan va shu tribunal qarorlarida o z
ifodasini topgan xalqaro jinoyat huquqi tamoyillarini qabul qilib,
BMT Bosh Assambeleyasiga taqdim etdi, ular orasidan quyida-
gilarni alohida ajratish mumkin:
- kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik hamda
tajovuzkorlikning taqiqlanishidan kelib chiquvchi tajovuzkorona
urushni man etish;
- javobgarlikning muqarrarligi ( aut dedere autjuducare );

1
Ôèëèìîíîâ Â.Ä. Ïðèíöèïû óãîëîâíî ïðàâà. Ì.: ÀÎ Öåíòð ÞÐÈðôîР,


2002. C. 12.
2
Sattorov D. Xalqaro huquqning asosiy prinsiplari BMT Xalqaro sudi faoliyatining asosi
sifatida. Yu.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss.av.ref. T.: 2008. 12-bet.




26
- xalqaro huquqqa ko ra, jinoiy hisoblangan har qanday


xatti-harakatni sodir etganlik uchun jinoiy jazoning muqarrarligi;
- agar davlat xalqaro huquq tomonidan tinchlik va inso-
niyatga qarshi jinoyat kategoriyasiga mansub hisoblangan xatti-
harakat uchun jazo belgilasa, unda bu aybdor kishini xalqaro
jinoiy javobgarlikdan ozod qiluvchi holat bo la olmaydi;
- xalqaro jinoyat sodir etgan shaxsning amaldorligi uni shax-
siy javobgarlikdan ozod qila olmaydi. Bunda davlat boshlig i
yoki mas ul amaldor holati xalqaro jinoyat huquqi tomonidan
taqiqlangan xatti-harakat sodir etgan vaziyatda og irroq jinoiy
javobgarlikka olib keladi;
- shaxs tomonidan o z hukumati yoki boshlig ining buyru-
ini ijro etishi bu shaxsni, agar ongli tanlov imkoni bor bo lsa,
javobgarlikdan ozod qilmaydi;
- xalqaro jinoyat yoki xalqaro ahamiyatdagi jinoyatda ayb-
langan har bir shaxs sudda o z ishining adolatli ko rib chiqilishi
huquqiga ega.
1948-yilda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon Dek-
laratsiyasining 7 11-moddalarida
1
e lon qilingan va 1966-yilda
qabul qilingan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to risidagi xalq-
aro paktning
2
10, 14, 15-moddalarida qayd etilgan jinoiy ishlar
bo yicha sudni amalga oshirish, xalqaro tamoyillariga aybsizlik
prezumpsiyasi, urush, qullik, qiynoqlar hamda insonlarga nisba-
tan jazoning shafqatsiz, noinsoniy yoki xo rlovchi munosabatda
bo lmaslik tamoyillarini kiritish mumkin.

1
Qarang: Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi. 1948-yil 10-dekabr. (7, 8, 9,


10, 11-moddalari)//Inson huquqlari bo yicha xalqaro shartnomalar/Mas ul mu-
harrir A.X. Saidov T.: 2004. 26-bet.
2
Qarang: Fuqarolik va siyosiy huquqlar to risidagi Xalqaro Pakt. 1966-yil
19-dekabr (10, 14, 15-moddalar). Ushbu hujjatga O zbekiston Respublikasi O zbe-
kiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 31-avgustdagi 127 1-son qaroriga
muvofiq qo shilgan. O zbekiston Respublikasi uchun 1995-yil 28-dekabrda kuchga
kirgan.




27
Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi, sud


ishining oshkoraligi, shaxslarning qonun va sud oldida tengligi,
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchini himoyalanish
huquqi bilan ta minlash, tarjimon xizmatidan foydalanish, sud
hukmiga e tiroz bildirish huquqlari
1
, ozodlikdan mahrum qilin-
ganlarga nisbatan insonparvarlik qoidalariga rioya etish qayd
etilgan.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to risidagi xalqaro Paktning
15-moddasida: Hech kim sodir etilgan paytida davlatning amal-
da bo lgan ichki qonunchiligi yoki xalqaro qoidaga ko ra jinoyat
hisoblanmagan biror-bir harakati yoki kamchilikka yo l qo ygani
uchun jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilishi mumkin
emas. Xuddi shuningdek, jinoyat sodir etilgan vaqtda qo llani-
lishi lozim bo lgan jazoga nisbatan og irroq jazo berilishi mum-
kin emas. Agar jinoyat sodir etilganidan keyin qonun bilan nis-
batan yengil jazo belgilansa, ushbu qonun mazkur jinoyatchiga
nisbatan qo llaniladi , deb belgilangan.
Mazkur moddaga ko ra, hech narsa har qanday shaxsni sodir
etilgan vaqtda xalqaro hamjamiyatning umumiy prinsiplariga ko ra
jinoyat deb hisoblangan har qanday xatti-harakat yoki kamchiligi
uchun sudga berishga va jazolanishga to sqinlik qilmaydi.
Ushbu tamoyillar 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Xalq-
aro qurolli mojarolar qurbonlarini himoya qilishga taalluqli
Jeneva Konvensiyasida hamda 1977-yil 8-iyundagi qo shimcha
Protokol me yorlarida rivojlantirildi
2
. Ular qurolli to qnashuvlar
davrida harbiy harakatlar hududida sodir etilgan jinoyatlar bilan
bog liq.
Shuningdek, xalqaro Jinoyat sudi maqomida ham xalqaro
jinoyat huquqining umumiy prinsiplari belgilab berilgan bo lib,
ular quyidagilardan iborat:

1
Izoh: Yuqoridagi prinsiplar mamlakatimiz Jinoyat-protsessual qonunchiligida ham


z aksini topgan. Qarang: O zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual ko-
deksi. T.: Adolat, 2013. 6 14-betlar.
2
Qarang: Xalqaro Gumanitar huquq: Jeneva Konvensiyalari to plami. Mas ul mu-
harrir A.X. Saidov. T.: Adolat, 2002. 307 397-betlar.




28
- agar tegishli qilmishlar sodir etilish vaqtida sud yurudik-


siyasiga kiruvchi jinoyatlarni sodir etmasa, shaxs jinoiy javob-
garlikka tortilmaydi;
- jinoyat ta rifi aniq talqin qilingan bo lishi kerak. Talqin-
dan ikki xil ma no kelib chiqqan taqdirda, ta rif sud tergovi osti-
dagi yoki aybdor deb topilgan shaxs foydasiga talqin qilinadi;
- sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxs faqat Xalqaro
Jinoyat sudining maqomi qoidalariga muvofiq jazolanishi mumkin;
- muayyan ishga nisbatan yakuniy qaror chiqarilguniga
qadar qo llanilgan qonunga o zgartirishlar kiritilgan taqdirda,
sud tergovi olib borilayotgan tegov ostidagi yoki aybdor deb
topilgan shaxsga nisbatan maqbulroq bo lgan qonun qo llaniladi;
- bir jinoyat uchun ikki marta sudlash mumkin emas
non bis in idem )
1
.
Ushbu huquqning umumiy prinsipi Fuqarolik va siyosiy
huquqlar to risidagi xalqaro Paktda quyidagicha ifodalangan:
Hech kim bir marta sodir etgan jinoyati uchun, agarda u har
bir davlatning tegishli qonuni va jinoyat protsessual huquqi
bilan jazoni o tagan bo lsa yoki oqlanib chiqqan taqdirda, javob-
garlikka yoki sudlovga tortilishi mumkin emas (14-moddaning
3-qismi)
2
.
Mustaqil O zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
prinsiplari JKning 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10-moddalarida belgilangan
3
.

1
Izoh: O zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 8-moddasida ham ushbu prin-


sip ifodalangan bo lib, unga ko ra,
Hech kim aynan bitta jinoyat uchun ikki
marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas .//Qarang:

zbekiston Respub-


likasining Jinoyat kodeksi: (2012-yil 1-iyungacha bo lgan o zgartish va qo shim-
chalar bilan) rasmiy nashr O zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. T.:
Adolat, 2012. 6-bet.
2
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to risidagi xalqaro Paktga fakultativ Protokol.
1966-yil 19-dekabr (14 modda). Ushbu hujjatga O zbekiston Respublikasi O zbe-
kiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 31-avgustdagi 128 1-son qaroriga
muvofiq qo shilgan. O zbekiston Respublikasi uchun 1995-yil 28-dekabrdan kuchga
kirgan.
3
Qarang: O zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi: (2012-yil 1-iyungacha bo l-
gan o zgartish va qo shimchalar bilan) rasmiy nashr. O zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi. T.: Adolat, 2012. 4 6-betlar.




29
Jinoyat kodeksining prinsiplari tizimi kodeksning 3-mod-


dasida belgilangan bo lib, unga ko ra, Jinoyat kodeksi qonu-
niylik, fuqarolarining qonun oldida tengligi, demokratizm, in-
sonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning
muqarrarligi prinsiplariga asoslanadi.
Xalqaro huquqning aksariyat tamoyillari BMT Nizomining
2-moddasida qisqa bayon etilgan va BMT Nizomiga muvofiq dav-
latlar o rtasida munosabatlar va hamkorlikka taalluqli 1970-yil-
gi Xalqaro huquq tamoyillari to risidagi Deklaratsiyada hamda
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashi (YeXHK)ning
Yakunlovchi hujjatida yoritib berilgan. BMT Nizomining 2-mod-
dasida quydagi tamoyillar ko rsatiladi:
a) kuch ishlatmaslik;
b) kuch bilan tahdid qilmaslik;
c) boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
d) davlatlarning xalqaro hamkorligi;
e) suveren tenglik;
f) millatlar va xalqlarning o z taqdirini o zi belgilash huquqi;
g) xalqaro kemalar qatnovi erkinligi
1
.
Shuningdek, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashi-
ning Xelsinki Yakunlovchi hujjatida qabul qilingan quyidagi
uchta tamoyili keltiriladi:
1) chegaralar daxlsizligi;
2) davlatlarning hududiy daxlsizligi;
3) inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilish ta-
moyillari.
1973-yilda BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyu-
tsiyasi bilan harbiy jinoyatlarda va insoniyatga qarshi jinoyat-
larda aybdor shaxslarni aniqlash, hibsga olish, topshirish va jazo-
lashda xalqaro hamkorlik tamoyillari qabul qilindi.
Shu tarzda sanab o tilgan xalqaro huquqiy hujjatlar ilk bor
Nyurnbergda oz sonli davlatlar tomonidan shakllantirilgan xalq-

1
Qarang: Birlashgan Millatlar tashkiloti Ustavi. Inson huquqlari bo yicha xalqaro


shartnomalar./ Mas ul muharrir: A.X. Saidov. T.: 2004. 26-bet.




30
aro jinoyat huquqining asosiy tamoyillari bugungi kunga kelib


ancha kengaytirildi, konkretlashtirildi, huquqiy jihatdan mustah-
kamlandi.


Yüklə 472,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə