Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/110
tarix21.12.2022
ölçüsü2,15 Mb.
#97468
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   110
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706

 
14-ilova 
Korxonalar uchun tavsiya qilinayotgan byudjetlashtirish haqidagi 
nizomningnamunaviy loyihasi 
Umumiy qoidalar. 
«Byudjet» tushunchasi tor ma'noda xarajatlar smetasi 
sifatida, keng ma'noda esa ma'lum bir vaqt uchun rejalashtirilgan balanslashtirilgan 
daromad va xarajatlarni anglatadi. Hozirgi kun talabiga ko‗ra, «byudjet» nafaqat 
daromad va xarajatlarni batafsil (detallashtirilgan) rejasi hisoblanadi, balki byudjet 


272 
moliyaviy risklarni hisobga olgan holda talablar va majburiyatlarni boshqarish, 
rejalashtirishni samarali vositasi hamda xodimlarni rag‗batlantirish tizimining asosi 
ham hisoblanadi. Byudjet korxonaning maksimal moliyaviy barqarorlik va 
moliyaviy samaradorlikka erishishi uchun shakllantiriladi va uning asosida taktik 
hamda strategik qarorlar qabul qilinadi.
Byudjetlashtirish korxona boshqaruvining eng murakkab va muhim 
funksiyalaridan biri hisoblanadi. Byudjetlashtirish keng ma'noda kelajak voqealar 
bilan bog‗liq bo‗lgan boshqaruv qarorlarini tizimli tayyorlashni anglatadi. Bu 
yerda gap maqsadlarni tizimli belgilash va ularga erishish uchun tegishli tadbirlarni 
amalga oshirish haqida ketmoqda.
Moliyaviy mas'uliyat markazlarining byudjeti – reja bo‗lib, unda maqsad
bajarish bo‗yicha topshiriqlar, uni bajarish bilan bog‗liq xarajatlar (to‗g‗ri va 
ustama)ning barcha turlari va mablag‗lar jalb qilish bo‗yicha topshiriq, olinadigan 
foyda (yalpi, operasion, balans va sof)ning miqdori va me'yori bo‗yicha 
topshiriqlar belgilab beriladi.
Har qanday xo‗jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy, tashkiliy (huquqiy) 
va xo‗jalik (mahsulot yoki mintaqa bo‗yicha) munosabati nuqtai nazaridan faoliyat 
turi(biznes)ga ega va mustaqil bo‗lgan, daromad va xarajatlarini nazorat qilish 
(ta'sir qilish) imkoniyatiga qodir bo‗lgan rahbari tezkor masalalarda qarorlar qabul 
qilish huquqiga ega hamda ularning bajarilishini moliyaviy natijalari bo‗yicha 
javobgar bo‗lgan tarkibiy bo‗linmasi moliyaviy mas'uliyat markazlariga ajratilishi 
mumkin. 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə