Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги


Byudjetlashtirish tizimining vazifalari



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/110
tarix21.12.2022
ölçüsü2,15 Mb.
#97468
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   110
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706

1. Byudjetlashtirish tizimining vazifalari. 
Byudjetlashtirish tizimining 
vazifalari quyidagilardan iborat:
- faoliyatni byudjetlashtirish va byudjetlarni menejerlarga yetkazilishini 
ta'minlash; 
- korxonaning turli bo‗limlari faoliyatini muvofiqlashtirish va o‗zaro 
hamkorligi uyg‗unligini ta'minlash; 
- menejerlar faoliyati samaradorligini baholash va rag‗batlantirish hamda 
ularni o‗qitish; 


273 
- faoliyat turlarini boshqarish va nazorat qilish. 
 2. Byudjetlar shakllantirilayotganda rioya qilinishi lozim bo„lgan 
talablar. 
Byudjetlar shakllantirilayotganda quyidagi talablarga rioya qilinishi 
lozim: 
- dastavval byudjetlar tuzish davri, ishlab chiqish muddati, tartibi, nazorat 
tizimi va boshqalar aniqlab olinishi, ular batafsil hamda puxta o‗ylab chiqilgan 
bo‗lishi kerak; 
- byudjetlar tuzilayotganda yaxshi natijalarga erishishga yo‗naltiradigan va 
bajarish mumkin bo‗lgan maqsadlar belgilanishi kerak (aks holda, tegishli 
samaraga erishib bo‗lmaydi); 
- shakllantirilayotgan byudjetlar imkon darajasida aniq bo‗lishi bilan birga, 
ba'zi bir ko‗rsatkichlarni byudjetlarni bajarilishi davrida qayta ko‗rib chiqishga 
to‗g‗ri kelishi mumkinligiga ham tayyor bo‗lish kerak; 
- byudjetda faqat muhim va foydalanuvchilar ehtiyojini qon¬diradigan
ma'lumotlargina aks ettirilishi lozim; 
- byudjetlar bajarilishi doimiy ravishda reja ko‗rsatkichlarni haqiqatdagisi 
bilan taqqoslash orqali nazorat qilinishi va natijada byudjetlarga tegishli 
o‗zgartirishlar kiritilishi kerak; 
- barcha byudjetlar qat'iy ketma-ketlikda tuzilishi, ya'ni har bir byudjet 
avvalgi byudjetda aks ettirilgan ma'lumotlarga asoslanishi va ularning mantiqiy 
davomi bo‗lishi lozim. 
3. Byudjetning tarkibiy tuzilmasi. 
Paxta tozalash korxonalarida 
byudjetlarni tuzish paxta xomashyosini tayyorlash byudjetini ishlab chiqishdan
boshlanadi. Ushbu byudjetda paxta xomashyosini tayyorlash (tayyorlov hajmi, 
sifati, saqlash shartlari va boshqalar) va uning tannarxiga oid ma'lumotlar aks 
ettiriladi. Ushbu byudjetning ko‗rsatkichlari O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan paxta xomashyo tayyorlashning 
prognoz hajmlaridan kelib chiqib tuziladi.
Yuqoridagi har ikkala byudjetlar asosida ishlab chiqarish byudjeti tuziladi. 
Ushbu byudjetni boshqacha qilib, paxta xomashyosi, uskunalar unumdorligining 


274 
texnik normalarini o‗zlashtirish darajasi va ishlab chiqarishdagi boshqa tashkiliy-
texnikaviy omillar nazarda tutilgan byudjet davridagi tola ishlab chiqarish 
topshirig‗i deb ham atash mumkin. Unda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning 
nomenklaturasi va navlari, ularning miqdori va ishlab chiqarish davrlari 
(muddatlari) hamda mahsulotning sifati yuzasidan beriladigan topshiriqlar batafsil 
aks ettiriladi. 
Mahsulot ishlab chiqarish byudjetini tuzish paxta balansini tuzishdan 
boshlanadi. Balansda mo‗ljallangan hajmda tola va boshqa mahsulotlar ishlab 
chiqarishni ta'minlaydigan paxta resurslari aniqlanadi. 
Paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlash uchun 
bevosita mehnat, material va ustama xarajatlardan tashkil topadigan mahsulot 
birligi tannarxini aniqlash lozim. Shuning uchun bosh byudjetni keyingi bosqichida 
paxta xomashyosi ishlatilishi, bevosita yordamchi materiallar xarajatlari, ehtiyot 
qismlar va bevosita mehnat xarajatlari byudjeti tuziladi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan paxta 
xomashyo tayyorlashning prognoz hajmlaridan kelib chiqib sotish byudjeti 
tuziladi.
Hozirgi kunda tarmoqda ehtiyot qismlari ishlab chiqarish xarajatlari 
tarkibida katta salmoqqa egaligi sababli paxta tozalash korxonalarida ―Ehtiyot 
qismlar ishlatilishi byudjeti‖ni alohida tuzish maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Bevosita mehnat xarajatlari byudjeti rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmini 
bajarish uchun kerakli ish vaqtini soatlarda aniqlaydi. Bunda mahsulot yoki xizmat 
birligi miqdori bir birlikka to‗g‗ri keladigan mehnat xarajatlariga ko‗paytiriladi.
―Umumishlab 
chiqarish 
xarajatlari‖ 
byudjeti 
ishlab 
chiqarish 
infratuzilmasini saqlash xarajatlari va u bilan bog‗liq to‗lovlarni aks ettiradi.
Doimiy xarajatlar byudjeti kelajakda faoliyatni yuritish uchun zarur bo‗lgan 
joriy operasion xarajatlarning rejasini batafsil ifoda etadi.
Jarayonlarni rejalashtirish bilan moliyaviy rejalashtirish oralig‗ida 
investision rejalashtirish amalga oshiriladi, ya'ni investisiya byudjetlari tuziladi. 


275 
Ushbu byudjet bosh byudjet tarkibiga kiradi va yangi texnika, texnologiyaga 
uzoq muddatli moliyaviy qo‗yilmalarni sarflash bo‗yicha reja vazifasini bajaradi.
Maxsus byudjetlar tarkibiga kiruvchi urug‗lik chigit tayyorlash sexi 
byudjetida fermer xo‗jaliklariga yetkazilib beriladigan urug‗lik chigit miqdori 
aniqlanadi. 
Quritish-tozalash sexi tayyorlov maskanlari qoshida o‗zini o‗zi ta'minlash 
tamoyili asosida tashkil etiladi. Shu sababli mazkur byudjetda ushbu sexning 
xarajati va daromadlari aniqlanadi. 
Bozor iqtisodiyotiga o‗tishda paxta tozalash korxonalarida soliq byudjetini 
tuzish zaruratga aylanmoqda. Chunki soliq to‗lovlari mazkur korxonalar xarajatlari 
tarkibida salmoqli ulushga egadir. 
Soliq byudjetini bajarish orqali soliqlarni minimallashtirish va soliq 
siyosatini samaraliligini oshirishga erishish mumkin.
Daromad va xarajatlar byudjetini asosiy vazifasi korxonani byudjet 
davridagi moliyaviy natijasini ko‗rsatib berishdan iborat bo‗lib, kutilayotgan 
rentabellik va zararsizlik nuqtasini hisoblash, muhim yo‗nalishlarni aniqlash 
hamda boshqa vazifalarni hal qilish imkonini beradi.
Pul mablag‗lari byudjeti korxonaga rejasini o‗z imkoniyati bilan solishtirish, 
ya'ni mablag‗iga qarab faoliyat ko‗rsatish imkonini beradi va korxona hisob 
siyosatiga bog‗liq bo‗lmaydi. Byudjet sikli uslubiy nuqtai nazardan juda murakkab 
bo‗lgan va ko‗p maqsadli hujjat hisoblangan hamda korxonaning hisob siyosatiga 
bog‗liq bo‗lgan prognoz balansini tuzish bilan yakunlanadi. 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə