Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги


Byudjetlashtirish tizimi tamoyillari



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/110
tarix21.12.2022
ölçüsü2,15 Mb.
#97468
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   110
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706

4. Byudjetlashtirish tizimi tamoyillari. 
Byudjetlashtirish tizimi quyidagi 
tamoyillarga tayanadi:
1. Umumiylik tamoyili (korxona faoliyatini byudjetlashtirish tizimli 
xarakterga ega bo‗lishini anglatadi).
2. Uzluksizlik tamoyili (o‗rnatilgan vaqt sikli doirasida rejalashtirish tizimli 
olib borilishini bildiradi).


276 
3. Moslashuvchanlik tamoyili (uzluksizlik tamoyili bilan uzviy bog‗liq 
bo‗lib yangi yoki ko‗zda tutilmagan xolatlar yuzaga kelishi bilan byudjetlarni o‗z 
yo‗nalishini o‗zgartira olishini bildiradi).
4. Aniqlik tamoyili (tuzilayotgan byudjetlar ichki va tashqi sharoitlar yo‗l 
qo‗ygan miqdorda imkoniyat qadar aniq bo‗lishi, tezkor rejalarning 
aniqlashtirilishi va detallashtirilishini bildiradi).
5. Reallik tamoyili (real byudjetlar tuzilayotganda korxonalar kelgusi oy va 
chorakka emas, kelajakka moslab ish tutishini anglatadi).
6. Byudjetlarni muvofiqlashtirish tamoyili (byudjetlarni muvofiqlashtirish 
turli tarkibiy bo‗linmalar faoliyatini muvofiqlashtirishsiz korxona xo‗jalik-
moliyaviy faoliyatini samarali rejalashtirish va amalga oshirishni anglatadi).
7. To‗lov qobiliyati tamoyili (byudjet davri davomida pul bilan to‗liq 
ta'minlanganlikni bildiradi). 
8. Optimallashtirish tamoyili (byudjet cheklangan mablag‗lardan samarali 
foydalanish, moliyalashtirishni qulay sharoitiga ega bo‗lish hamda korxona 
moliyaviy oqimlari, xarajat va foydasini optimallashtirishga imkoniyat yaratishini 
bildiradi). 
9. Qatnashish tamoyili (har bir rahbar, menejer, mutaxassis o‗zi egallab 
turgan lavozimi va bajaradigan ishining holatidan qat'i nazar byudjetlashtirish 
tizimini qatnashuvchisiga aylanishini anglatadi).
10. Mas'uliyatlik tamoyili (sarflanadigan xarajatlar, olinadigan daromad va 
foyda bo‗yicha mas'uliyatni taqsimlashni nazarda tutadi). 
11. Muddatlarning moliyaviy nisbati tamoyili (byudjetda belgilangan 
muddatlarda mablag‗lar kelib tushishi va ishlatilishi lozimligini anglatadi).
12. Izchillik tamoyili (byudjetlashtirish tartibi ma'lum bir vaqt ichida 
qo‗llanilishini anglatadi).
13. Ahamiyatlilik tamoyili (byudjet ma'lumotlari uchun muhim bo‗lishi, 
ularni tushirib qoldirilishi yoki buzib ko‗rsatilishi baholashning o‗zgarishi, qabul 
qilinayotgan qarorlarga ta'sir etishi mumkinligini bildiradi). 


277 
14. Axborot ta'minoti tamoyili (byudjetlashtirish tizimida axborot 
texnologiyalari qo‗llanilishi zarurat ekanligini anglatadi). 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə