Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги


 Byudjetlashtirishni tashkil etilishi va byudjet nazorati



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/110
tarix21.12.2022
ölçüsü2,15 Mb.
#97468
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   110
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706

 
5. Byudjetlashtirishni tashkil etilishi va byudjet nazorati. 
5.1. Byudjetlashtirishni tashkil etilishi. 
―Byudjetlashtirishni joriy qilish va 
tahlil‖ kengashi paxta sanoati korxonalarida byudjet tuzilishi uchun ma'lumotlar 
yetkazib berishi lozim bo‗lgan boshqa bo‗limlar bilan o‗zaro hamkorlikda 
byudjetlashtirishni joriy etish bilan shug‗ullanishi lozim. ―Byudjetlashtirishni joriy 
qilish va tahlil‖ kengashi (moliyaviy mas'uliyat markazlari rahbarlari bilan 
birgalikda) byudjetlarni tuzadi va byudjet davri ichida ularga tegishli tuzatishlarni 
kiritib boradi. Buxgalteriya xizmati byudjet bajarilishi haqidagi xisobotlarni 
tayyorlash va kerakli ma'lumotlarni yetkazib berishga mas'ul hisoblanadi.
Paxta tozalash korxonalarida byudjetlarni tuzish yuqorida ta'kidlaganidek, 
paxta xomashyosini tayyorlash byudjetini ishlab chiqishdan boshlanadi. U 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan paxta 
xomashyosi tayyorlashning prognoz hajmlaridan kelib chiqib tuziladi. Ushbu 
byudjetda paxta xomashyosini tayyorlash (tayyorlov hajmi, sifati, saqlash shartlari 
va boshqalar) va uni tannarxiga oid ma'lumotlar aks ettiriladi.
Shuningdek, mazkur byudjetda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning 
nomenklaturasi va navlari, ularning miqdori va ishlab chiqarish davrlari 
(muddatlari) hamda mahsulotning sifati yuzasidan beriladigan topshiriqlar batafsil 
aks ettiriladi. 
Paxta xomashyosini qayta ishlash byudjetini tuzish paxta balansini tuzishdan 
boshlanadi. Unda rejalashtirilgan hajmda tola va boshqa mahsulotlar ishlab 
chiqarishni ta'minlaydigan paxta resurslari miqdori aniqlanadi. 
Paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlash uchun 
bevosita mehnat, material va ustama xarajatlardan tashkil topadigan mahsulot 
birligi tannarxini aniqlash lozim. Shuning uchun ishlab chiqarish byudjeti paxta 
xomashyosining ishlatilishi, bevosita yordamchi materiallar xarajatlari, ehtiyot 
qismlar xarajatlari va bevosita mehnat xarajatlari bo‗limlaridan iborat bo‗ladi.


278 
Bevosita mehnat xarajatlari bo‗limida rejalashtirilgan ishlab chiqarish 
hajmini bajarish uchun kerakli ish vaqti soatlarda aniqlanadi. Bunda mahsulot yoki 
xizmat birligi miqdori bir birlikka to‗g‗ri keladigan mehnat xarajatlariga 
ko‗paytiriladi.
Amaliyotni o‗rganish hozirgi kunda tarmoqda ehtiyot qismlar ishlab 
chiqarish xarajatlari tarkibida katta salmoqqa egaligi sababli ―Ehtiyot qismlar 
ishlatilishi byudjeti‖ni alohida tuzishni maqsadga muvofiqligini ko‗rsatmoqda.
―Umumishlab 
chiqarish 
xarajatlari‖ 
byudjeti 
ishlab 
chiqarish 
infrastrukturasini saqlash xarajatlari va u bilan bog‗liq to‗lovlarni aks ettiradi.
Doimiy xarajatlar byudjeti kelajakda faoliyat yuritish uchun zarur bo‗lgan 
joriy operasion xarajatlarni batafsil rejasini ifodalaydi.
Yuqorida sanab o‗tilgan byudjetlar ma'lumotlari va paxta xomashyosini 
tayyorlashning prognoz hajmlaridan kelib chiqib sotish byudjeti tuziladi.
Innovasiya byudjetlari bosh byudjet tarkibiga kiradi va yangi texnika, 
texnologiyaga uzoq muddatli moliyaviy qo‗yilmalarni sarflash bo‗yicha reja 
vazifasini bajaradi.
Maxsus byudjetlar tarkibiga kiruvchi urug‗lik chigit tayyorlash sexi 
byudjetida fermer xo‗jaliklariga yetkazilib beriladigan urug‗lik chigit miqdori 
aniqlanadi. 
Quritish-tozalash sexi tayyorlov maskanlari qoshida o‗zini o‗zi ta'minlash 
tamoyili asosida tashkil etiladi. Shu sababli mazkur byudjetda ushbu sexning 
xarajati va daromadlari aniqlanadi. 
Bozor iqtisodiyotiga o‗tishda paxta tozalash korxonalarida soliq byudjetini 
tuzish zaruratga aylanmoqda. Chunki soliq to‗lovlari mazkur korxonalar xarajatlari 
tarkibida salmoqli ulushga ega bo‗lib bormoqda. 
Soliq byudjetini bajarish orqali soliqlarni minimallashtirish va soliq siyosati
samaradorligini oshirishga erishish mumkin.
Pul mablag‗lari byudjeti korxonaga rejasini o‗z imkoniyati bilan solishtirish, 
ya'ni mablag‗iga qarab faoliyat yuritish imkonini beradi va korxona hisob 
siyosatiga bog‗liq bo‗lmaydi.


279 
―Daromad va xarajatlar‖ byudjetining asosiy vazifasi korxonani byudjet 
davridagi moliyaviy natijasini ko‗rsatib berishdan iborat bo‗lib, kutilayotgan 
rentabellik va zararsizlik nuqtasini hisoblash, muhim yo‗nalishlarni aniqlash 
hamda boshqa vazifalarni hal qilish imkonini beradi.
Byudjet sikli uslubiy nuqtai nazardan juda murakkab bo‗lgan va ko‗p 
maqsadli hujjat hisoblangan hamda korxonaning hisob siyosatiga bog‗liq bo‗lgan 
prognoz buxgalteriya balansini tuzish bilan yakunlanadi. 
Bosh byudjet eng so‗nggida direktorga tasdiqlatish uchun taqdim etiladi. 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə