Gavdasining shakli –
umrtqalilar sinfi ichida turi juda ko’p bo’lgan baliqlarning gavda
shakllari nihoyatda xilma-xildir. Bularning ichida tez
va chaqqon suzishga moslashib,
gavdasining ikki yon tomoni birmuncha qisilgan duksimon shakl-baliqlar uchun eng tipik
shakldir.
Odatda pelagik baliqlar, ya’ni butun umrini suv ichida aktiv ravishda suzib
o’tkazadigan baliqlarning gavdasi shunday shaklda tuzilgan bo’ladi.
Pelagik baliqlarning juda ko’pchiligida proporstional o’sgan suzgich qanotlari bo’ladi.
Lekin suvdan otilib chiqib havoda 100 m dan ko’proq joyga
parvoz qilib uchib borishga
layoqatlangan ugor baliqlarning ko’krak suzgich qanotlari uzun va keng bo’ladi. Juda kamdan-
kam baliqlar suv bilan suzib yurib hayot kechiradi, ularning gavdasi ham turli-tuman bo’ladi.
Masalan: oy baliq (mola-mola)ning
gavdasi baland, ikki yon tomonidan qisilgan bo’lib, dum
suzgich qanoti bo’lmaydi, orqa suzgich qanoti bilan qorin suzgich qanoti bilan anal suzgich
qanoti tor va uzun bo’ladi. Kambalalarning gavdasi ikki yon tomonidan qisilgan bo’lib, uzun
orqa va qorin suzgich qanotlari bilan o’ralgan ko’zlari baliq bosib
yotadigan tomonining qarama-
qarshi tomoniga joylashgan, yoki ugorlar tanasi xuddi ilonga o’xshaydi, hatto ba’zi turlari dengiz
toychalari suv osti o’tlarida yuksak dumlari bilan yopishib yashaydi.
Dostları ilə paylaş: