50
vositalarni sotib olish»; 0830-«Nomoddiy aktivlarni sotib olish»; 0840-«Asosiy
podani shakllantirish»; 0850-«Yerni obodonlashtirishga kapital investitsiyalar»;
0860-«Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarga kapital
investitsiyalar»; 0890-«Boshqa kapital investitsiyalar».
Ushbu hisobvaraqlar aktiv hisoblanadi. Hisobvaraqlarning debetida asosiy
vosita ob’ektlarini qurishga ketgan xaqiqiy xarajatlar xamda asosiy
K-t 0810-«Tugallanmagan qurilish».
Kapital investitsiyalar haqida qaror qabul qilish bu-loyihalarni investisiya
qilishga taaluqli bo’lgan uzoq muddatli qarorlar qabul qilishdir.Ushbu
qarorlarni qabul qilish capital qo’yilmalarni smetasini tuzish va ularni
xarajatlarni qoplashni baholash jarayoni bilan bog’liq.Ushbu jarayon quyidagi
yo’nalishlarda qo’llaniladi:
1)
Kompaniya qaysi investisiya loyihasini tanlashi bilan bog’liq
2)
Ushbu loyiha amalgam oshishi uchun kompaniya sarflaydigan umumiy
capital qo’yilmalar
summasi
3)
Loyihalar portfelini qanday moliyalashtirish bilan bog’liq
Kapital investitsiyalarni baholash jarayoni:
1.
Korxona strategiyasiga mos keluvchi investisiya yo’nalishlarini izlab topish
2.
Keyingi ishlanmalar uchun eskiz
loyihalarini tayyorlash
3.
Dastlabki baholash va tadbiq etiladigan variantlar asosida izchil loyihalar
ishlab chiqish
4.
Variantlarni baholash
5.
Variantlarni qabu qilish yoki inkor etish to’g’risida
qaror qabul qilish
1)
Xarajatlarni qoplash usuli.
Xarajatlarni qoplash usuli –kapital qo’yilmalardan pul mablag’lari kelib tushish
vaqtini belgilab beradi.Agar capital qo’yilmalardan kelib tushuvchi sof pul
tushumi har yili o’zgarmas bo’lsa ? unda xarajatlarni qoplash davrini topish
51
uchun dastlabki investisiya qiymatini (summasini) yillik sof pul tushumiga
bo’lish bilan aniqlanadi.
Xarajatlarni Dastlabki investisiyalar
qoplash davri = ----------------------------------------------
Xar yilgi sof
pul tushumi
Misol:
Loyiha bo’yicha dastlabki investisiya miqdori-100 000 sh.b, Har yilgi sof pul
tushumi-20 000 sh.b. Bunda xarajatlarniqoplash davri quyidagiga teng:
5 yil = 100 000/20 000
Agar har yilgi sof pul tushumi bir xilda bo’lmasa, unda har yilgi so foul
tushumlarini dastlabki qiymatiga etarli bo’lguncha (oshgunch)
hisoblab boriladi
Misol:
Dastlabki Sof
pul tushumi
investisiya 1-yil 2-yil 3-yil 4-yil 5-yil
100 000 sh.b 40 000 sh.b 40 000 sh.b 30 000 sh.b 35 000 sh.b 45 000 sh.b
Bunda dastlabki investisiya qiymati qanchada qoplanishini aniqlash kerak
b’lganligi uchun bizning misolimizda 1-yilda 40000, 2-yilda ham 40000 pul kelib
tushgan.dastlabki investisiyani qoplash uchun bizga 3-yilda 20000 etarli bo’lar edi,
lekin bizning misolimizda 3-yilda 30000 pul kelib tushgan.Xarajatlarni qoplash
davrini aniq hisoblash uchun quyidagicha hisoblaymiz:
Xarajatlarni
qoplash = 2 yil + 20 000 /30 000 = 2.666
davri (40 000+40 000
=80 000)
Demak, bizning misolimizda xarajatlarni qoplash davri 2,666yilga teng ekan.
Agarda alternative loyihalar mavjud bo’lsa unda xarajatlarni qoplash davri eng
kam bo’lgan koyiha tanlanadi.
52
Misol:
Loyiha dastlabki investisiya
Sof pul tushumi
Dostları ilə paylaş: