Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таoлим вазирлиги


Rele himoyasiga qo‘yiladigan asosiy talablar



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə3/31
tarix29.11.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#141431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Rele himoyasi ma\'ruzalar matni (1-49)

3. Rele himoyasiga qo‘yiladigan asosiy talablar


Elektr tizimilarida va qurilmalarida har xil sabablarga ko‘ra ishdan chiqish (shikastlanish) va narmal bo‘lmagan rejimlar sodir bo‘lishi mumkin. SHikastlanish ko‘pchilik hollarda elektr tizimlarida tokning ortib ketishi va kuchlanishning pasayishi bilan kuzatiladi. Tokning ortib ketishi elektr qurilmalarida o‘tkazgichlarda katta miqdorda issiqlik ajralib chiqishiga sabab bo‘ladi. Kuchlanish pasayishi elektr iste’molchilarni normal ish rejimiga ta’sir qiladi, parallel ishlaydigan generatorlarning turg‘unligi buziladi. Normal bo‘lmagan ish holatlari esa tokning, kuchlanishning yoki chastotaning ruxsat etilgan qiymatlardan og‘ishi hisobiga sodir bo‘ladi. Kuchlanish yoki chastotani pasayishi iste’molchilarni normal ish rejimini buzadigan energetik tizimlarning turg‘unligiga ta’sir qiladi. Kuchlanish yoki tokni ortib ketishi qurilma va elektr uzatish liniyalarini ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. SHuning uchun elektr tizimlarida normal ish rejimini ta’minlash uchun tarmoqning ishdan chiqqan joyini tez aniqlash va uni boshqa qismlardan ajratish kerak.
Rele himoyasi elektr tizimlarda asosiy avtomatika hisoblanadi. Rele himoyasi qurilmalari elektr tizimining shikastlangan qismini yoki elementini aniqlaydi va uni boshqa ishdan chiqmagan qismlaridan ajratadi, shuningdek agar elektr tizimlarida normal rejimdan og‘ish bo‘lsa uni bartaraf qilish choralarini ko‘radi yoki signal beradi.
Elektr tizimlarida shikastlanishlar ko‘pchilik hollarda qisqa tutashuv natijasida yuzaga keladi. Qisqa tutashuvdan himoyalarga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi:
a) tanlash. Tanlash deb rele himoyasining shikastlangan elementini to‘g‘ri aniqlash va faqat uni elektr tarmog‘ining shikastlanmagan qismidan ajratish (uzish) xususiyatiga aytiladi. SHikastlangan elementni tanlab uzishga misol K.2-rasmda keltirilgan. Qisqa tutashuv K1 nuqtada bo‘lganda shikastlangan W3 liniya K1 nuqtaga eng yaqin bo‘lgan Q6 viklyuchatel yordamida uziladi. Elektr tarmog‘ining shikastlanmagan qismi normal ishlashda davom etadi. Agar rele himoyalari tanlash xususiyatiga ega bo‘lmasa Q1 viklyuchatelning uzilish ehtimoli ham bo‘lar edi. Bunda I1 va I2 iste’molchilarning ham elektr ta’minotida uzilish yuzaga keladi. Agar qisqa tutashuv K2 nuqtada sodir bo‘lsa rele himoyasi unga eng yaqin bo‘lgan Q2 va Q3 viklyuchatellarni uzish uchun signal berishi kerak. Hatijada elektr ta’minotida uzilish bo‘lmaydi va hamma iste’molchilar normal ishlaydi. Qisqa tutashuv K3 yoki K4 nuqtada bo‘lganda faqat Q7 viklyuchatel uzilishi kerak. Agar rele himoyasi o‘zining ishlash prinsipiga asosan himoyalanayotgan elementda shikastlanish bo‘lgandagina ishlaydigan bo‘lsa bunday himoya absolyut tanlashga ega bo‘lgan himoya deb ataladi. O‘zidan keyingi elementda shikastlanish bo‘lib uning himoyasi yoki viklyuchateli ishlamay qolganda rezerv himoya sifatida ishlashi mumkin bo‘lgan himoyaga nisbiy tanlashga ega bo‘lgan himoya deb ataladi. Masalan, K3 nuqtada qisqa tutashuv bo‘lib Q7 viklyuchatel ishlamay qolsa Q1 viklyuchatel uzilishi kerak, ya’ni Q1 viklyuchatelga ta’sir qiluvchi himoya nisbiy tanlashga ega bo‘lgan himoya bo‘lishi kerak;

K.2-rasm. Elektr tarmog‘ining sxemasi
b) tezkorlik. Elektr tarmog‘ining shikastlangan elementini tezlik bilan uzish shikastlanish hajmini kamaytiradi yoki oldini oladi, shikastlanmagan elementlarning normal ishlashini saqlab qoladi, generatorlar parallel ishlashining buzilishining oldini oladi.
Energosistemada turg‘unlikni saqlab qolish uchun shikastlanish paydo bo‘lgandan keyin 330-500 kV li tarmoqlarda 0,1 - 0,12s gacha 110- 220 kVli tarmoqlarda 0,15 - 0,3s gacha 6-10 kVli tarmoqlarda 1,5 -3 s gacha vaqtda uzish zarur. Ishlash vaqti 0,1-0,2s gacha bo‘lgan himoyalar tez ishlaydigan himoyalar deyiladi;
v) sezgirlik. Himoyaning sezgirligi uning himoya qilish zarur bo‘lgan zonada minimal qisqa tutashuv rejimida va elektr yoyi orqali qisqa tutashuv bo‘lganda ham etarli bo‘lishi kerak. Himoyaning sezgirligi sezgirlik koeffitsienti bilan xarakterlanadi;
g) ishonchlilik. Himoya faqat o‘zi ishlashi kerak bo‘lgan rejimlarda ishlashi va normal rejimda hamda ishlashi kerak bo‘lmagan rejimlarda noto‘g‘ri ishlamasligi kerak.



Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə