Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таoлим вазирлиги



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə2/31
tarix29.11.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#141431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Rele himoyasi ma\'ruzalar matni (1-49)

K.1-rasm. Tarqatish punktining bir chiziqli sxemasi
Elektr ta’minoti tizimlarini avtomatlashtirish elektr energiyasini uzatish va taqsimlash jarayonlarini ishonchligini orttiradi, shikastlanish yuz berganda operativ oldini olish imkonini beradi. Elektr ta’minoti tizimlarida qo‘llanilgan avtomatik boshqarish tizimlarining vazifasi quyidagilardan iborat: shikastlangan element yoki qismni tez uzish yoki boshqa shikastlanmagan qismidan ajratish; normal bo‘lmagan ish rejimining (masalan, o‘ta yuklanish) oldini olish; istemolchilar elektr ta’minotini tez tiklash, avariya yuz bergan manbani tarmoqdan ajratish; iste’molchilarni belgilangan kuchlanishini ta’minlash; sinxron mashinalarni ishga tushirish va to‘xtatish; energetik tizimda aktiv quvvat etishmaganda iste’molchilarni bir qismini o‘chirish va shu kabilar.
Havo elektr uzatish liniyalaridan foydalanish tajribasi ularda sodir bo‘ladigan shikastlanishlarning ko‘pchiligi turg‘un bo‘lmasligi, ya’ni liniya uzilganda barham topishi va qayta ulanganda liniya normal ishlashda davom etishi mumkinligini ko‘rsatadi. Qayta ulash avtomatik qayta ulash (AQU) qurilmasi yordamida bajariladi.
Har qanday elektr ta’minoti tizimi elementining shikastlanish va uzilishi, umuman, elektr tizimining ishiga ta’sir qiladi. Masalan, iste’molchilarning bir qismining uzilishi ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning keragidan ortiqcha bo‘lishiga va natijada chastotaning ruxsat etilmaydigan qiymatlarigacha ortishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, quvvati katta generatorning uzilishi elektr energiyaning etarli bo‘lmasligiga va natijada energosistema turg‘unligining buzilishiga olib kelishi mumkin. Bunday jaryonlar tez amalga oshishi sababli operativ personal ularni bartaraf qilish va tezlikda normal rejimni tiklash imkoniyatiga ega emas. Bunday vazifalarni avtomatik qurilmalar bajarishi mumkin. Masalan, chastotani tiklash vazifasini avtomatik chastotaviy engillashtirish (ACHE) qurilmasi bajaradi.


K.2. Rele himoyasi va avtomatika texnikasining taraqqiyoti


Elektr sistemasida qisqa tutashuv ko‘pchilik hollarda tokning keskin ortishiga olib keladi. SHu sababli dastlab tok himoyalari ishlatilgan. Bunday himoyalar himoyalanayotgan elementdagi tok oldindan belgilangan tokdan ortib ketganda ishlaydigan qilib bajariladi. Tok himoyasini tayyorlash uchun eruvchan saqlagichlar yoki relelardan foydalanish mumkin. Elektr qurilmalarini qisqa tutashuvlardan himoya qilish uchun eruvchan saqlagichlardan foydalanish XIX asrning ikkinchi yarmida boshlangan. Ammo, tez orada eruvchan saqlagichlar, ayrim hollarda o‘z vazifasini qoniqarli bajarmasligi ma’lum bo‘lgan va ular elektromagnit tok relelari bilan almashtirila boshlagan. Keyinchalik eruvchan saqlagichlarning konstruksiyalari takomillashtirilib borilgan va ular hozirgi vaqtda ham faqatgina kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr tarmoqlari bilan bir qatorda nisbatan yuqori kuchlanishli tarqatish tarmoqlarida ham muvaffaqiyatli tarzda ishlatilmoqda.
Himoya uchun relelar XX asrning boshlarida keng qo‘llanila boshlagan. Induksion tok relelari 1901 yilda tayyorlangan. Rele himoyasi uchun differinsial tok prinsipi 1905-1908 yillarda ishlab chiqilgan. Yo‘naltirilgan tok himoyalari 1910 yildan qo‘llanila boshlagan. SHu yillarda masofa relelarini tayyorlash yo‘nalishidagi ishlar bajarilgan va ular XX asrning 20 - yillarida masofa himoyalarini tayyorlash imkonini bergan. Rele himoyasida elektronikani, xususan, himoyalanayotgan liniya simlari orqali uzatiluvchi yuqori chastotali toklardan foydalanish yo‘nalishidagi birinchi qadamlar 1923-1928 yillarda qo‘yilgan.
Elektr uzatish liniyasi orqali yuqori chastotali signallarni uzatish bo‘yicha mufassal ishlar va liniyaga yuqori chastotali toklarni kiritib tayyorlangan himoyaning tavsifi 1932 yilda e’lon qilingan.
Har xil turdagi relelarni elektron lampalar yordamida tayyorlash bo‘yicha bajarilgan ishlarning natijalari 1934 yilda e’lon qilingan. SHu yillarda elektron lampalarda masofa himoyasi ishlab chiqarilgan. Lekin bu yo‘nalishdagi keyingi yillarda bajarilgan ishlar himoya qurilmalarida elektron lampalarni qo‘llash istiqbolli emasligini ko‘rsatgan.
To‘g‘rilangan tokda ishlaydigan relelarni bajarish uchun yarim o‘tkazgichlarni, jumladan,, kuproks va selenli to‘g‘rilagichlarni qo‘llash XX asrning 30 yillaridan boshlangan. Keyinchalik 40-yillarning so‘nggida tranzistorlardan ham foydalanish imkoniyati paydo bo‘lgan. YArim o‘tkazgichlar yordamida kontaksiz relelar bilan bir qatorda ayrim rele himoyalari ham tayyorlangan. Analog hisoblash texnikasining elementlari, jumladan,, operatsion kuchaytirgichlardan rele himoyasining elementlarini tayyorlashda foydalanish 60-yillarda boshlangan. Keyinchalik rele himoyasi va avtomatika qurilmalarining komplekslarini yaratish raqamli hisoblash texnikasi elementlari istiqbolli ekanligi aniqlandi. Hozirgi vaqtda rele himoyasi va avtomatika qurilmalarini bajarishda vaqt sinovidan o‘tgan elektromexanik elementlar ham, analog va raqamli elementlarda bajarilgan elementlar ham ishlatilmoqda.



Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə