Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таoлим вазирлиги


Differensial tok himoyasi



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə31/31
tarix29.11.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#141431
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Rele himoyasi ma\'ruzalar matni (1-49)

2.6. Differensial tok himoyasi

2.6.1. Differensial himoyalarning turlari


Differensial himoya tez ishlaydigan va absolyut tanlashga ega bo‘lgan himoya hisoblanadi. Differensial himoyalar bo‘ylama va ko‘ndalang differensial himoyalarga bo‘linadi. Bo‘ylama differensial himoyalar, asosan, transformatorlar, quvvati katta elektrodvigatellar, generator va uzun bo‘lmagan liniyalarda qo‘llaniladi. Ko‘ndalang differensial himoyalar esa ikki yoki undan ortiq parallel liniyalarni himoya qilish uchun ishlatiladi.


2.6.2. Bo‘ylama differensial himoya.


Bo‘ylama differensial himoya himoyalanayotgan elementning boshlanish va so‘nggidagi toklarni taqqoslashga asoslangan. Toklar qiymati va fazasi bo‘yicha taqqoslanadi.


Elektr uzatish liniyasining boshlanishi II va so‘ngidagi III toklarni ko‘raylik. Normal rejim va tashqi qisqa tutashuvlar vaqtida, masalan, K1 nuqtada (2.17-rasm, a) bu toklar bir-biriga teng

II=III


Himoyalangan liniyada qisqa tutashuv (K2 nuqtada) bo‘lganda (2.17-rasm, b) III=0 bo‘lib, tenglik buziladi, ya’ni


II III


Ikki tomondan manbaga ulangan liniyalarda (2.17-rasm, v) ham normal va tashqi qisqa tutashuvlarda toklar teng


II = IIIK1


Himoyalanayotgan liniyada qisqa tutashuv bo‘lganda toklar ham qiymat ham yo‘nalishi bo‘yicha farq qiladi


II IIIK2


Demak, toklar tengligining buzilishi liniyada qisqa tutashuv bo‘lganligini bildiradi. Bu belgidan bo‘ylama differensial himoyani bajarish uchun foydalaniladi.







Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə