Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таoлим вазирлиги



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə24/31
tarix29.11.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#141431
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
Rele himoyasi ma\'ruzalar matni (1-49)

Nazorat savollari

  1. MTH qanday hollarda ishlashi va qanday toklar ta’sirida ishlamasligi kerak?

  2. MTHning ishga tushish tokini hisoblashda nima uchun tok relesining qaytish koeffitsienti hisobga olinadi?

  3. MTHning sezgirligi qanday hisoblanadi?

  4. MTHning ikki fazali sxemasi qanday elektr tarmoqlarida keng qo‘llaniladi?

  5. MTH uch fazali sxemasining kamchiliklari nimalardan iborat?

  6. Ikki fazali bir releli sxemani elektrodvigatellarni himoya qilish uchun qo‘llash mumkinmi?

  7. Ko‘rsatkich rele nima uchun xizmat qiladi?

  8. Hayallash vaqti tokka bog‘liq bo‘lmagan xarakteristikali MTH qanday relelar yordamida bajariladi?

  9. MTH sxemasidagi oraliq relening vazifasi nima?

  10. Rasmda qanday sxemali MTH ko‘rsatilgan?


2.3. Tok otsechkasi

2.3.1. Tok otsechkasining ishlash prinsipi


Tok otsechkasi (TO) qisqa tutashuvni tezlik bilan uzishni ta’minlovchi tok himoyasining bir turidir.


TO, asosan, manbaga yaqin bo‘lgan liniyalarda qo‘llaniladi. CHunki bunday liniyalardan katta qisqa tutashuv toklarining uzoq vaqt davomida o‘tishi xavfli. MTH bilan TO orasidagi farq ularning tanlash xususiyatini ta’minlash usulidadir.
TO ning tanlash xususiyati uning ishlash zonasini cheklash yo‘li bilan amalga oshiriladi, ya’ni u keyingi liniyada qisqa tutashuv bo‘lganda ishlamasligi kerak. Buning uchun TO ning ishlash toki himoyalanayotgan liniyaning so‘nggi nuqtasida qisqa tutashuv bo‘lganda himoyadan o‘tadigan maksimal tokdan katta bo‘lishi kerak. TO ning ishlash zonasi (2.5 –rasm)da ko‘rsatilgan.
TO ning ishlash toki
Ihi= Kz Ik.max
bu erda Ikmax - himoya qilinayotgan ob’ektning manba tomonidan hisoblaganda so‘nggida qisqa tutashuv. bo‘lganda hosil bo‘ladigan eng katta tok; Kz - zahira koeffitsienti, RT-40 rele qo‘llanilgan bo‘lsa,Kz=1,2...1,3.
TO ning sxemasi MTH ning sxemasidan faqat vaqt relesining yo‘qligi bilan farq qiladi. TO ning ishlash vaqti tok va oraliq relelarining ishlash vaqtlari yigindisiga teng bo‘lib, odatda, t = 0,04 - 0,06 s ni tashkil qiladi.

2.5-rasm. TO ning ishlash zonasi

O‘ta kuchlanishlardan naysimon razryadniklar yordamida himoyalangan liniyalarda TO uchun ishlash vaqti 0,06 - 0,08 s ga teng bo‘lgan oraliq relelar olinishi kerak.


TO maksimal qisqa tutashuv toklaridan chetlashtirilganligi sababli minimal qisqa tutashuv rejimida uning ishlash zonasi qisqaradi. Agar TO liniyaning 20% dan ortiq qismini himoya qilsa, uni ishlatish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
TO liniyani to‘liq himoya qila olmasligi sababli uni asosiy himoya sifatida ishlatish mumkin emas. TO faqat MTH bilan birgalikda ishlatiladi.

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə