Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таoлим вазирлиги



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə23/31
tarix29.11.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#141431
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
Rele himoyasi ma\'ruzalar matni (1-49)

2.2.2. MTH ning sezgirligi


MTH ning sezgirligi quyidagi ifodaga asosan aniqlanadi
Ks = Ir.min/Iru ,
bu erda Ir.min- minimal qisqa tutashuv rejimida tok relesining cho‘lg‘amidan o‘tuvchi tok. Sxema koeffitsienti Ksx=1 bo‘lsa
Ks = Ik.min/Ihi,
bu erda Ik.min- qisqa tutashuv MTH himoya zonasining so‘nggida bo‘lganda hosil bo‘luvchi minimal qisqa tutashuv toki.
Agar MTH asosiy himoya bo‘lsa Ks1,5 yoki rezerv himoya bo‘lsa Ks1,2 bo‘lishi kerak.
2.2.3. MTH ning sxemalari.

MTH sxemalarining asosiy turlari qo‘ydagilar:


a) operativ zanjirlarni ta’minlash usuli bo‘yicha:
1) o‘zgarmas operativ tokli;
2) o‘zgaruvchan operativ tokli;
b) rele ishlash vaqtining tokka bog‘liqlik xarakteri bo‘yicha:
1) bog‘liq xarakteristikali;
2) bog‘liq bo‘lmagan xarakteristikali;
v) ishlash usuli bo‘yicha :
1) bevosita ishlaydigan;
2) bilvosita ishlaydigan;
g) bajarilishda foydalanilgan fazalar soni bo‘yicha :
1) uch fazali;
2) ikki fazali;
d) ishga tushiruvchi (o‘lchovchi) relelar soni bo‘yicha :
1) bir releli;
2) ikki releli;
3) uch releli.
Uch fazali sxemada (2.3-rasm) uchta tok transformatori va uchta tok relesi yulduz sxema bo‘yicha ulangan. Qisqa tutashuv yuzaga kelganda, masalan, K nuqtada, qaysi fazadan qisqa tutashuv toklari o‘tsa o‘sha fazaga o‘rnatilgan tok relesi ishlaydi. Tok relelari KA1, KA2, KA3 lardan qaysi biri ishlashidan qat’iy, nazar qisqa tutashuv yuzaga kelganda vaqt relesi ishga tushib, ma’lum vaqtdan keyin uning kontaktlari ulanadi. Oraliq relening cho‘lg‘ami KL dan tok o‘tib KL.1 kontakt darhol ulanadi, uzish elektromagniti YAT dan tok o‘tib Q viklyuchatel uziladi. Ko‘rsatkich rele KN himoyaning ishlaganligini qayd qiladi.



2.3-rasm. O‘zgarmas operativ tokda bajarilgan MTH ning uch fazali sxemasi

Uch fazali sxema qisqa tutashuvlarining hamma turlarida ham ishlaydi. Lekin u murakkab va qimmat bo‘lganligi sababli faqatgina neytrali erga ulangan elektr tarmoqlarida ayrim hollardagina ishlatiladi.


Ikki fazali sxema (2.4,a-rasm) neytrali erga ulanmagan elektr tarmoqlarida keng qo‘llaniladi. Bundan tashqari ikki fazali qisqa tutashuvdan maxsus himoyaga ega bo‘lgan neytrali erga ulangan elektr tarmoqlarida ham qo‘llaniladi.






2.4-rasm. O‘zgaruvchan operativ tokda bajarilgan ikki fazali bir releli MTH ning sxemasi

Ikki fazali bir releli sxema (2.4,b-rasm) faqatgina 6-10 kV gacha bo‘lgan elektr tarmoqlarida va elektrodvigatellarni himoya qilish uchun ishlatiladi.





Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə