Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таoлим вазирлиги


Yo‘naltirilgan tok himoyasi



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə26/31
tarix29.11.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#141431
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Rele himoyasi ma\'ruzalar matni (1-49)

2.4. Yo‘naltirilgan tok himoyasi

2.4.1. Yo‘naltirilgan MTH ning ishlash prinsipi.


Quvvatning ma’lum yo‘nalishida (ishorasida) ishlaydigan himoyaga yo‘naltirilgan himoya deyiladi. Yo‘naltirilgan himoyani qo‘llash zaruriyati ikki tomondan manbaga ulangan elektr liniyalarda paydo bo‘ladi.


Ikki tomondan manbaga ulangan liniyalarda qisqa tutashuv nuqtasi ikki tomondan uzilishi zarur, shuning uchun har bir liniyaning boshlanish va oxiriga viklyuchatel o‘rnatiladi (2.7-rasm, a).
Sxemadagi A2 va A3 himoyalarning ishlashini ko‘raylik. Qisqa tutashuv K1 nuqtada bo‘lganlada (2.7-rasm, b) A2 himoya ishlash kerak, ya’ni t23 bo‘lishi kerak. Qisqa tutashuv K2 nuqtada bo‘lsa (2.7-rasm, v) A3 himoya ishlash kerak, ya’ni t32 bo‘lishi kerak. Bir vaqtning o‘zida A2 himoyaning hayallash vaqti A3 himoyaning hayallash vaqtidan ham katta ham kichik bo‘lishi mumkin emas, ya’ni oddiy MTH lar yordamida A2 va A3 himoyalarining tanlash xususiyatini ta’minlab bo‘lmaydi. SHu sababli yo‘naltirilgan MTH qo‘llaniladi.



2.7-rasm. Yo‘naltirilgan tok himoyalarining tarmoqda joylashtirilishi va vektor diagrammalar

Rele himoyasida quvvatning shinadan liniyaga yo‘nalishi musbat yo‘nalish deb qabul qilingan. Yo‘naltirilgan MTH qisqa tutashuv vaqtida quvvatning musbat yo‘nalishida ishlaydigan qilib bajariladi. Bir xil yo‘nalishda ishlaydigan yo‘naltirilgan himoyalar o‘zaro moslashtiriladi, ya’ni t31 va t24 bo‘lishi kerak (2.8-rasm).







2.8-rasm. Yo‘naltirilgan maksimal tok himoyalarining hayallash vaqtlarini tanlash

Qisqa tutashuv toki (quvvati)ning yo‘nalishini aniqlash uchun elektromexanik yoki yarim o‘tkazgichli quvvat relelaridan foydalaniladi.


2.4.2. Quvvat relesi


Induksion quvvat relesining ikkita cho‘lg‘ami bo‘lib biri tarmoqning tokiga ikkinchisi esa kuchlanishiga ulanadi (2.9-rasm).

2.9-rasm. Quvvat relesining tarmoqqa ulanishi

CHo‘lg‘amlardan o‘tayotgan toklar va ulardan hosil bo‘layotgan magnit oqimlarining o‘zaro ta’siri natijasida relening harakatlanuvchi silindrsimon rotorida elektromatnit aylantiruvchi moment hosil bo‘ladi va uning qiymati hamda ishorasi relening kuchlanish cho‘lg‘amiga keltirilgan kuchlanish Ur, tok cho‘lg‘amidan o‘tuvchi tok Ir hamda cho‘lg‘amlardagi toklar orasidagi burchak  ga bog‘liq


Me=kUrIrsin = kUrIrsin (-r)


bu erda, - relening ichki siljish burchagi, kuchlanish cho‘lg‘amining aktiv va induktiv qarshiliklariga asosan aniqlanadi va u 0° dan 90° gacha bo‘lishi mumkin; r - relega keltirilgan tok va kuchlanish orasidagi burchak.
Agar =0° bo‘lsa Me = k1UrIrsinr reaktiv quvvat relesiga, =90° bo‘lsa Me = k1UrIrcosr aktiv quvvat relesiga va =0°…90° bo‘lsa aralash turdagi quvvat relesiga ega bo‘lamiz.
Rele mexanik moment Me ning faqat musbat qiymatlarida ishlaydi deb hisoblanadi. Maksimal musbat moment -r= 90 bo‘lganda hosil bo‘ladi. Me maksimal qiymatga ega bo‘ladigan r ning qiymati maksimal sezgirlik burchagi ms deb ataladi.
Quvvat relesiga keltirilgan kuchlanish yoki tok 0 ga teng bo‘lganda yoki -r=0 bo‘lganda rele ishlamaydi. Elektr tarmog‘ining quvvat relesi o‘rnatilgan nuqtasiga yaqin joyda qisqa tutashuv bo‘lganda Ur0 bo‘lishi sababli rele ishlamasligi mumkin.

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə