Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таoлим вазирлиги


Izolyasiyani nazorat qilish qurilmasi



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə29/31
tarix29.11.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#141431
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Rele himoyasi ma\'ruzalar matni (1-49)

2.5.2. Izolyasiyani nazorat qilish qurilmasi


Izolyasiyani nazorat qilish qurilmasi erga tutashuvdan himoyaning eng sodda turlaridan biridir. Qurilma nol ketma-ketlik kuchlanishidan foydalanib bajariladi. Elektr bog‘lanishga ega bo‘lgan elektr tarmog‘ining har qanday nuqtasida erga tutashuv bo‘lganida izolyasiyani nazorat qilish qurilmasi signal beradi. Hazoratchi personal liniyalarni navbat bilan uzib erga tutashgan liniyani aniqlaydi.


Hol ketma-ketlik kuchlanishini olish uchun 3 cho‘lg‘amli 5 sterjenli HTMI turdagi kuchlanish transformatorlaridan foydalaniladi. Izolyasiyani nazorat qilish qurilmasini bajarish usullari ko‘p, ulardan ikkitasi (2.15-rasmda) keltirilgan.
Faza kuchlanishlariga ulangan uchta minimal kuchlanish relelaridan tuzilgan izolyasiyani nazorat qilish qurilmasi (2.15-rasm, a) quyidagicha ishlaydi. Erga tutashuv sodir bo‘lganda erga tutashgan fazaga ulangan minimal kuchlanish relesi ishlaydi va erga tutashuv to‘g‘risida signal beradi.
Kuchlanish transformatorlarining nol ketma-ketlik filtr sxemasi bo‘yicha maxsus cho‘lg‘amiga ulangan maksimal kuchlanish relesi KV dan iborat qurilmadagi (2.15-rasm, b) KV rele erga tutashuv hosil bo‘lganda nol ketma-ketlik kuchlanishi ta’sirida ishga tushib signal beradi.
Izolyasiyani nazorat qilish sxemasini faza kuchlanishlariga ulangan uchta voltmetr yordamida bajarish mumkin. Normal rejimda voltmetrlar bir-biriga teng bo‘lgan faza kuchlanishlarini ko‘rsatadi. Voltmetrlar ko‘rsatishida farq hosil bo‘lishi erga tutashuv yuz berganligini bildiradi.





2.15-rasm. Izolyasiyani nazorat qilish qurilmalari

Izolyasiyani nazorat qilish qurilmasida signal olingandan keyin liniyalarni uzib ulash yo‘li bilan erga tutashgan liniya aniqlanadi. Liniya soni ko‘p bo‘lgan elektr stansiyalar va podstansiyalarda bunday usul erga tutashgan liniyani etarli tezlik bilan topish imkonini bermaydi. SHuning uchun umumiy izolyasiyani nazorat qilish qurilmasidan tashqari har bir liniya uchun alohida signalga ishlaydigan erga tutashuvdan himoya o‘rnatiladi.



Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə