Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таoлим вазирлиги


Yo‘naltirilgan MTH sxemalari



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə27/31
tarix29.11.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#141431
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Rele himoyasi ma\'ruzalar matni (1-49)

2.4.3. Yo‘naltirilgan MTH sxemalari




Yo‘naltirilgan maksimal tok himoyalarining turli xil sxemalari mavjud va ular bir-biridan, asosan, quyidagilar bilan farq qiladi:

  • Ishga tushirish organining turi bilan. Ishga tushirish organi tok relelari yordamida (2.11-rasm) yoki tok va kuchlanish relelarining kontaktlarini ketma-ket ulab faqat kuchlanish pasayganda ishlaydigan qilib (2.12-rasm) bajarilishi mumkin;

  • Quvvat yo‘nalishini aniqlaydigan organning turi bo‘yicha: uch fazali (2.11-rasm) yoki bir fazali (2.12-rasm) yo‘naltirilgan quvvat relesi yordamida;

  • Yo‘naltirilgan quvvat relesiga kuchlanishni keltirish usuli bo‘yicha: doimiy ravishda yoki shikastlanish yuz bergan momentda;

  • Hayallash vaqtiga ega yoki ega emasligi bo‘yicha;

  • Foydalanilgan fazalar soni bo‘yicha: uch fazali (2.11-rasm) yoki ikki fazali (2.10 va 2.13-rasmlar);

  • Operativ tokning turi bo‘yicha: o‘zgarmas (2.11 va 2.12-rasmlar) yoki o‘zgaruvchan (2.13 -rasm) operativ tokli;

  • Quvvat yo‘nalishini aniqlaydigan organning ulanish sxemasi bo‘yicha.

Sxemalarda quvvat relesi qisqa tutashuvlarning har xil turlarida quvvatning yo‘nalishini (ishorasini) to‘g‘ri aniqlaydigan va unga maksimal Sr quvvat keladigan qilib ulanadi. Quvvat relesi 90° yoki 30° li sxema bo‘yicha ulanishi mumkin. Keng tarqalgan RBM-171 va RBM-271 turdagi induksion quvvat relelarida maksimal sezgirlik burchagi -30° va -45° bo‘lib, ular uchun 90° li sxema afzalliklarga ega. Bunday ulanishda aylantiruvchi momentning ishorasi qisqa tutashuv himoya zonasida bo‘lganda musbat, zonadan tashqarida bo‘lganda manfiy bo‘ladi, relega keladigan quvvat r ning har xil qiymatlarida ham rele ishlashi uchun etarli darajada katta hamda Ur ning qiymati ham mumkin bo‘lgan darajada katta bo‘lib, rele ishlamaydigan zonaning minimal bo‘lishini ta’minlaydi.
Yo‘naltirilgan MTH ning sxemasida (2.10-rasm) KW1 quvvat relesining tok cho‘lg‘ami A fazaning tokiga va kuchlanish cho‘lg‘ami V va S fazalar orasidagi kuchlanishga ulangan, ya’ni A faza toki va V hamda S fazalar orasidagi kuchlanish orasidagi burchak 90°ga teng. SHunga o‘xshash ravishda S fazadagi quvvat relesining tok cho‘lg‘ami S fazaning tokiga va kuchlanish cho‘lg‘ami A va V fazalar orasidagi kuchlanishga ulangan.





2.10-rasm. Yo‘naltirilgan MTH ning sxemasi
Quvvat relelari yuqori sezgirlikka ega bo‘ladigan qilib tayyorlanishi sababli, ular normal rejimda noto‘g‘ri ishlashi mumkin.
Bunga yo‘l qo‘ymasligi uchun quvvat relelari tok relelari KA1 va KA2 orqali ulanadi. Tok va quvvat relelarining kontaktlari ketma-ket ulanganligi sababli himoya faqat tok relesi ishlagandan keyin, ya’ni qisqa tutashuv vaqtida ishlashi mumkin.
Yo‘naltirilgan MTHning sxemasi oddiy MTHning sxemasidan qo‘shimcha quvvat relelarining ulanishi bilan farq qiladi, ishga tushish toklarini tanlash esa bir xil.



2.11-rasm. Tokli ishga tushirish organi va 30-gradusli sxema bo‘yicha ulangan uch fazali yo‘naltirilgan quvvat relesiga ega bo‘lgan yo‘naltirilgan maksimal tok himoyasining prinsipial sxemasi: a — tok zanjirlarining sxemasi; b — kuchlanish zanjirining sxemasi; v —operativ tok zanjirining sxemasi










2.12-rasm. Tok va minimal kuchlanish bo‘yicha ishga tushirish organlariga va 90-gradusli sxema bo‘yicha ulangan bir fazali yo‘naltirilgan quvvat relelariga ega bo‘lgan yo‘naltirilgan maksimal himoyaning prinsipial sxemasi: a — tok zanjirlarining sxemasi; b kuchlanish zanjirlarining sxemasi; v — operativ tok zanjirlarining sxemasi






2.13-rasm. O‘zgaruvchan tokda bajarilgan ikki fazali yo‘naltirilgan maksimal tok himoyasining prinsipial sxemasi: a — tok zanjirlarining sxemasi; b — kuchlanish zanjirlarining sxemasi; v) vaqt relesi ikkilamchi zanjirlarining sxemasi; g) – oraliq rele ikkilamchi zanjirlarining sxemasi


2.1-jadval. Yo‘naltirilgan quvvat relesini faza toklari va liniya kuchlanishlariga ulash sxemalari

30-gradusli sxema bo‘yicha

90-gradusli sxema bo‘yicha

Tokning fazalari

Kuchlanishning fazalari

Tokning fazalari

Kuchlanishning fazalari

IA

UAC

IA

UBC

IB

UBA

IB

UCA

IC

UCB

IC

UAB



Yo‘naltirilgan quvvat relesi qisqa tutashuv vaqtida quvvatning yo‘nalishini to‘g‘ri aniqlashi kerak.
Yo‘naltirilgan quvvat relesini tarmoqqa ulashda foydalaniladigan faza toklari va liniya kuchlanishlari 30-gradusli va 90-gradusli sxemalar uchun 2.1-jadvalda keltirilgan.



Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə