Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таoлим вазирлиги



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə20/31
tarix29.11.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#141431
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
Rele himoyasi ma\'ruzalar matni (1-49)

3. Masofa himoyalari. Masofa himoyalarining ishlash prinsipini umuman olganda himoya o‘rnatilgan nuqtadagi kuchlanish va tokning nisbati, ya’ni qisqa tutashuv nuqtasigacha bo‘lgan qarshilikni o‘lchashga asoslangan. Masofa himoyalari, asosan, qishloq elektr tarmoqlarida qo‘llaniladi.

2.1.2. Maksimal tok himoyasi


Qisqa tutashuv hosil bo‘lganligining belgilaridan biri tokning ortishidir. Bu belgidan maksimal tok himoyalarini bajarish uchun foydalaniladi. Maksimal tok himoyasi deb faza toki oldindan belgilangan ma’lum qiymatdan ortganda ishlaydigan himoyaga aytiladi.


Tok himoyalari maksimal tok himoyasi va tok otsechkasiga bo‘linadi. Ular orasidagi asosiy farq himoyaning tanlash xususiyatini ta’minlashda. MTH ning tanlash xususiyati hayallash vaqtini to‘g‘ri tanlash va TO ning tanlash xususiyati esa ishga tushish tokini to‘g‘ri tanlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. MTH maksimal yuklama toklari va dvigatellarning ishga tushishi toklaridan, TO esa himoyalanayotgan ob’ektning so‘nggidagi maksimal qisqa tutashuv toklaridan chetlashtiriladi.
B
ir tomondan manbaga ulangan elektr uzatish liniyalarida MTH asosiy himoya bo‘lib hisoblanadi va har bir liniyaning manba tomondan hisoblaganda boshlanishga o‘rnatiladi.
2.1-rasm. Liniya MTH sining sxemasi

MTH maksimal tok, vaqt va oraliq relelar yordamida bajariladi. 2.1-rasmda 10 kVli liniya MTH sining sxemasi ko‘rsatilgan. Normal rejimda TA tok transformatorining ikkilamchi cho‘lg‘amidagi tok maksimal tok relelari KA1 va KA3 ning ishlashi uchun etarli emas, shuning uchun MTH ishlamaydi. Agar, masalan, W liniyaning K nuqtasida qisqa tutashuv hosil bo‘lsa TA ning ikkilamchi cho‘lg‘amidagi tok keskin ortadi. Ikki fazali qisqa tutashuv bo‘lsa KA1 va KA2 relelardan biri, uch fazali qisqa tutashuv bo‘lsa ikkalasiishlaydi va uzlarining KA1.1 va (yoki) KA2.1 kontaktlarini ulaydi. Natijada vaqt relesi KT ning cho‘lg‘amidan tok o‘tadi va ma’lum hayallash vaqtidan keyin uning KT.1 kontakti ulanadi. Oraliq rele KL ning cho‘lg‘amidan tok o‘tib uning KL.1 kontakti ham darhol ulanadi. Viklyuchatel Q ning asosiy kontaktlari ulangan holatda uning yordamchi kontakti SQ ham o‘langan bo‘lishi sababli uzish elektromagnitini cho‘lg‘ami YAT dan tok o‘tib viklyuchatelning asosiy kontaktlarini uzadi. W liniya manbadan ajratiladi.



Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə