Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таoлим вазирлиги



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə21/31
tarix29.11.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#141431
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
Rele himoyasi ma\'ruzalar matni (1-49)

2.1.3. MTH ning hayallash vaqti


Tanlash xususiyatini ta’minlash uchun MTH larning hayallash vaqtlari iste’molchilardan manbaga tomon yo‘nalishda ortib boradigan qilib tanlanadi.


Ikkita qo‘shni MTH larning hayalash vaqtlari orasidagi farqqa vaqt pog‘onasi yoki tanlash pog‘onasi deb ataladi.
Agar MTH RT-40 turdagi elektromagnit tok relelari asosida bajarilgan bo‘lsa tanlash pog‘onasi t=0,5 s olinadi.
Bir tomondan manbaga ulangan (radial) elektr tarmog‘ining sxemasi va MTH larning tanlash xaritasi (2.2-rasm)da keltirilgan.
Elektr ta’minotining manbasi 6ga W1 va W2 elektr uzatish liniyalari hamda YU1-YU4 yuklamalar ulangan. Har bir liniya va yuklama A1-A6 masimal tok himoyalari yordamida qisqa tutashuvlardan himoya qilinadi. Har bir MTH o‘z hayallash vaqtiga G ga, masalan, A1 MTH ning hayallash vaqti t1, A6 niki esa t6.
Agar yuklamalar MTH larining hayallash vaqtlari t3, t4, t5 va t6 ma’lum bo‘lsa A1 va A2 MTH larining hayallash vaqtlari t1 va t2 quyidagicha aniqlanadi. Masalan K3 nuqtada qisqa tutashuv bo‘lsa A3 himoya ishlab Q3 viklyuchatelni uzish uchun signal berish kerak. Qisqa tutashuv toki manba G dan K3 nuqtaga yo‘nalgan bo‘lib W1 va W2 liniyalardan ham o‘tadi, A1 va A2 MTH lar ham ishga tushadi. Lekin ularning vaqt relelari o‘z kontaktlarini ulab ulgurmasliklari, ya’ni t1>t3 va t2>t3 bo‘lishi kerak.
Agar t2 < t3 bo‘lsa avval A2 himoya ishlaydi va Q2 viklyuchatel uziladi, natijada shikastlanmagan yuklama YU4 elektr manbasidan uziladi. Bunday holga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Xuddi shuningdek K6 nuqtada qisqa tutashuv bo‘lganda A2 himoyadan avval A6 himoya ishlashi zarur, ya’ni t2>t6 bo‘lishi kerak. Demak t2=max(t3;t6)+Dt bo‘lishi kerak. SHunga o‘xshash A1 himoyaning hayallash vaqti A2 va A5 himoyalarning hayallash vaqtlaridan katta bo‘lishi kerak, ya’ni t1=max(t2;t5)+Dt.



2.2-rasm. MTH ning hayallash vaqti



Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə