Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таoлим вазирлиги



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə7/31
tarix29.11.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#141431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
Rele himoyasi ma\'ruzalar matni (1-49)

Nazorat savollari:

  1. Rele himoyasi qanday vazifani bajaradi?

  2. Rele himoyasi qachon ishga tushadi?

  3. Avtoatik qurilmalari nima uchun xizmat qiladi?

  4. Rele himoyasiga qanday asosiy talablar qo‘yiladi?

  5. Avtomatika qurilmalari qanday asosiy qurilmalar kiradi?

  6. Himoyaning tanlash xususiyati deganda nimani tushunasiz?

  7. Nima uchun rele himoyasidan tezkorlik talab qilinadi?

  8. Himoyaning sezgirligi qanday koeffitsient bilan xarakterlanadi?

  9. Rele himoyasi va avtomatika qurilmalarining ishlash prinsiplari qanday?

10. Nisbiy tanlashga ega bo‘lgan himoyalarga qanday himoyalar kiradi?
11. Rele himoyasi va avtomatika qurilmalari qanday funksional qismlardan tashkil topgan bo‘ladi?

1-bob. RH va A qurilmalarining elementlari

1.1. O‘lchash o‘zgartkichlari

1.1.1. Tok va kuchlanish transformatorlari


Rele himoyasi qurilmalari o‘lchovchi, mantiqiy va ijro etuvchi qismlardan iborat. YUqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida rele himoyasining o‘lchovchi qismiga tok va kuchlanish o‘lchash transformatorlari, jumladan,, tok va kuchlanish transformatorlari yordamida keltiriladi.


O‘lchash transformatorlarining vazifalari quyidagilar: rele himoyasining o‘lchovchi qismini va o‘lchash priborlarini yuqori kuchlanishli birlamchi zanjirdan golvanik ajratish; nominal birlamchi kuchlanish va tokning qiymatidan qat’iy nazar standart ikkilamchi kuchlanish va tok hosil qilish. Amaliyot natijalari va ularning tahlili shuni ko‘rsatadiki, rele himoyasi qurilmalarini ta’minlovchi tok transformatorlarining xatoligi, ularning birlamchi cho‘lg‘amidan o‘tish ehtimoli bo‘lgan maksimal qisqa tutashuv toklari o‘tgan vaqtda ham, tok bo‘yicha 10% dan va burchak bo‘yicha 7° dan katta bo‘lmasligi kerak. Tok transformatorlari 0,5;1;3;10 va R aniqlik klasslarida tayyorlanadi.
Aniqlik klasslari rele himoyasini ta’minlovchi tok transformatorlarini tanlash uchun asos bo‘lib xizmat qila olmaydi. CHunki, ular ko‘rsatilgan aniqlik klassini birlamchi tok va yuklama nominalgacha bo‘lganida ta’minlaydi. Maxsus rele himoyasi uchun R aniqlik klassdagi tok transformatorlari tayyorlanadi. Himoyalanayotgan ob’ektning yuklama toki, kuchlanishi va rele himoyasining turiga asosan tok transformatorlari tanlanadi. Katta birlamchi toklarda aniq ishlashi talab qilinadigan himoyalar masalan, differensial himoya uchun R aniqlik klassdagi tok transformatorlari va nisbatan kichik birlamchi toklarda aniq ishlashi talab qilinadigan himoyalar uchun 1,3 va 10 aniqlik klassiga ega bo‘lgan tok transformatorlari tanlanadi.

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə