Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таoлим вазирлиги



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə15/31
tarix29.11.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#141431
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
Rele himoyasi ma\'ruzalar matni (1-49)

1.4.3. Mikroelektron elementlar


Rele himoyasi va avtomatikaning o‘lchovchi qismida mikroelektronika elementlaridan, asosan, operatsion kuchaytirgichlar ishlatiladi. Operatsion kuchaytirgichlar (OK) murakkab YArim o‘tkazgich qurilma bo‘lib uning tarkibida o‘nlab tranzistorlar bo‘ladi. OK ikki qutbli ta’minlash manbasiga ulanadi.


OK ikkita kirish va bitta chiqishga ega. Kirishlaridan biri invertirlaydigan va ikkinchisi invertirlamaydigan kirish deyiladi. Birinchisi “ - “ belgi bilan ikkinchisi “ + “ belgi bilan belgilanadi ( 1.8- rasm,a). Invertirlovchi kirishga berilgan signalnnig chiqishda ishorasi o‘zgaradi. Invertirlamaydigan kirishga berilgan signalning esa chiqishda ishorasi o‘zgarmaydi .



1.8-rasm. Operatsion kuchaytirgich va uning ulanish sxemalari

OK juda katta kuchaytirish koeffitsienti (K=103...106) , kirish qarshiligi (Rkir = 103-106 Om), nisbatan kichik chiqish qarshiligi ( o‘nlab yoki yuzlab Om), juda kichik kirish toki (Ikir = 10-6...10-7 A ) ga ega.


OK invertirlovchi kuchaytirgich rejimida ishlaganda (1.8- rasm,b) uning kuchaytirish koeffitsienti K= -R2/R1 ga teng. Uning kirishiga bir nechta kuchlanish berish mumkin, ya’ni undan har xil relelar hamda simetrik tashkil etuvchilarning filtrlarini tayyorlashda foydalanish mumkin.
Invertirlamaydigan OK (1.8-rasm, v) juda katta kirish qarshiligiga ega. Uning kuchaytirish koeffitsienti

K=1+R2/R1.


Differensial kuchaytirgich (1.8-rasm, g) ning chiqishidagi kuchlanish Uchiq=(Ukir1 - Ukir2 ) K ga teng .
Komparator (1.8-rasm, d) manfiy teskari bog‘lanishga ega emas va kirishlariga bir xil ishorali kuchlanishlar berilsa kalit rejimda ishlaydi. Masalan, kirishdagi kuchlanishlar musbat bo‘lib Ukir2>Ukir1 bo‘lsa chiqishda maksimal musbat kuchlanish va Ukir2< Ukir1 bo‘lsa minimal manfiy kuchlanish hosil bo‘ladi. Sxema turg‘un ishlashi uchun R3 rezistor orqali musbat teskari bog‘lanish kiritiladi. Bunda sxema gistrezis xarakteristikaga ega bo‘lgan (1.8-rasm, e) SHmitt triggeriga aylanadi. Agar sxemada R2 va R3 rezistorlar bo‘lmasdan “+” kirish massaga ulansa sxema nol-indikatorga aylanadi .

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə