Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таoлим вазирлиги



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə12/31
tarix29.11.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#141431
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Rele himoyasi ma\'ruzalar matni (1-49)

1.3.2. Elektromagnit relelar


Elektromagnit prinsipda, asosan, uch turdagi relelar tayyorlanadi: tortiluvchi yakorli, buriluvchi yakorli va ko‘ndalang harakatlanuvchi yakorli.
Hamma turdagi elektromagnit relelar (1.6-rasm) magnit o‘zak 1, chulg‘am 6, harakatlanuvchi yakor 2, harakatlanuvchi kontakt 4, harakatlanmaydigan kontakt 3, qarshilik ko‘rsatuvchi prujina 5 dan iborat.
CHulg‘amdan o‘tayogan Ir tok magnitlovchi kuch (m.s) Ir wr ni hosil qiladi, uning ta’siri ostida hosil bo‘luvchi F magnit oqimi elektromagnit o‘zagi 1, havoli oraliq  va harakatlanuvchi yakor 2 orqali o‘tadi. YAkor magnitlanadi va elektromagnit qutbiga tortiladi. YAkor bilan birgalikda harakatlanuvchi kontakt 4 siljib harakatlanmaydigan kontaklar 3 ni ulaydi. YAkorning boshlang‘ich holati tayanch bilan chegaralanadi.
YAkorni tortuvchi elektromagnit kuch havoli oraliqdagi magnit oqimi F ning kvadratiga proporsional, F = kF2 . Magnit oqim
F=Ir wr/Rm,
bu erda Ir - cho‘lg‘amdan o‘tayotgan tok, wr - o‘ramlar soni, Rm - magnit qarshilik.

1.6-rasm. Elektromagnit relelar

Elektromagnit kuch Fe=kw2I2/R2, tokning kvadratiga proporsional, ya’ni tokning yo‘nalishi (ishorasi)ga bog‘liq emas. SHu sababli elektromagnit prinsip ham o‘zgarmas ham o‘zgaruvchan tok relelarini tayyorlash uchun yaroqli. Elektromagnit prinsipda ishlaydigan tok, kuchlanish, oraliq, signal va vaqt relelari tayyorlanadi.


Elektromagnit kuch Fe aylantiruvchi moment Me ni hosil qiladi
Me =Fe Lr ,
bu erda Lr - Fe kuchning elkasi.
Rele ishlashi uchun elektromagnit kuch prujinaning qarshilik kuchi Fn, massa va ishqalanish kuchi Fu lardan katta bo‘lishi kerak, ya’ni
Fe=Fe.r.u.=Fn+Fu yoki Me= Me.r.u=Mn+Mu.
Rele ishlaydigan eng kichkina tokka rele ishga tushish toki deb ataladi va u Iri bilan belgilanadi.
Rele ishga tushish tokini o‘zgartirish uchun rele cho‘lg‘amidagi o‘ramlar soni Wr ni, prujinaning qarshilik kuchi Fn ni yoki magnit qarshilik Rmni o‘zgartirish uchun havoli oraliqning o‘lchami  o‘zgartiriladi .
Relening ishlash toki amaliyotda prujinani sozlash yo‘li bilan silliq va o‘ramlar sonini o‘zgartirish yo‘li bilan pog‘onali o‘zgartiriladi .
Rele ishlangandan keyin dastlabki holatiga qaytadigan cho‘lg‘amdagi eng katta tokka relening qaytish toki deyiladi va Irq bilan belgilanadi .
Relening qaytish koeffitsienti deb qaytish tokining ishlash tokiga nisbatiga aytiladi va Kq bilan belgilanadi.
Kq=Irq/Iri
Relelar maksimal yoki minimal bo‘lishi mumkin. Tok ortganda ishlaydigan rele maksimal rele va tok kamayganda ishlaydigan rele minimal rele deb ataladi. Minimal relening yakori normal holatda tortilgan bo‘ladi.
Minimal relening ishlash toki deb yakor qaytadigan eng katta tokka, qaytish toki deb esa yakor tortiladigan eng kichkina tokka aytiladi. Maksimal relening qaytish koeffitsienti Kq < 1, minimal relening qaytish koeffitsienti esa Kq > 1 bo‘ladi.

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə