Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таoлим вазирлиги


Nol ketma-ketlik tok va kuchlanish filtrlari



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə10/31
tarix29.11.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#141431
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
Rele himoyasi ma\'ruzalar matni (1-49)

1.2.2. Nol ketma-ketlik tok va kuchlanish filtrlari


Nol ketma-ketlik tok yoki kuchlanish filtrlarini olish uchun, 1.3-rasmdan ko‘rinib turibdiki, uchala faza tok yoki kuchlanishlarining geometrik yig‘indisini hosil qilish kerak. Bunda to‘g‘ri va teskari ketma-ketliklarning yig‘indisi nolga teng. Nol ketma-ketlik tok yoki kuchlanish tashkil etuvchilarining uchala fazalardagi yo‘nalishlari bir xil bo‘lganligi uchun ularning yig‘indisiga ega bo‘lamiz. Masalan, nol ketma-ketlik tok filtrini olish uchun uchala faza to‘la toklarining yig‘indisini quyidagicha yozish mumkin.


IA + IV + IS = IA1 + IV1 + IS1+ IA2 + IV2 + IS2+ IA0 + IV0 + IS0,


bunda IA1 + IV1 + IS1=0; IA2 + IV2 + IS2=0


bo‘lib IA0=IV0=IS0= I0 ni hisobga olsak IA + IV + IS = 3I0 ni hosil qilamiz, ya’ni nol ketma ketlik tok filtriga ega bo‘lamiz.
Bunday filtrni tayyorlash uchun yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida uchala fazaga ulangan tok transformatorlarining ikkilamchi cho‘lg‘amlari parallel ulanadi va bunday filtr uch transformatorli nol ketma-ketlik filtri deb ataladi (1.4-rasm).
Tok transformatorlarining magnitlanish xarakteristikalarida farq bo‘lishi sababli uch transformatorli nol ketma-ketlik tok filtrining xatoligi katta.

1.2.3. Nol ketma - ketlik tok transformatori


Nol ketma-ketlik tok transformatori faqat bitta umumiy magnit o‘zakka ega bo‘lib uning ichidan uchala A,V,S birlamchi faza simlari o‘tadi va ular birlamchi cho‘lg‘am vazifasini bajaradi.


Ikkilamchi cho‘lg‘am magnit o‘zakka bir tekis o‘ralgan bo‘ladi (1.5-rasm).
M
agnit o‘zak uchala faza uchun umumiy bo‘lganligi sababli nol ketma-ketlik tok transformatori (filtri)ning xatoligi nisbatan kam. Nol ketma-ketlik tok transformatorlari kabel liniyalarida qo‘llaniladi. Ular o‘rnatilayotgan vaqtda kabel


1.3-rasm. Simmetrik tashkil etuvchilar

voronkasi erdan izolyasiya qilinadi va unga ulangan sim tok transformatori magnit o‘zagining ichidan o‘tkazib erga ulanadi. Agar bunday ulanmasa kabelning bronidan va qo‘rg‘oshin sirtidan erga o‘tuvchi toklar ta’sirida himoya (KA rele) noto‘g‘ri ishlashi mumkin. YUqoridagi toklar voronkani erga ulovchi sim orqali teskari yo‘nalishda o‘tganligi sababli yig‘indi tok nolga teng bo‘ladi, ya’ni kabelning broni va qo‘rgoshin sirtidan erga o‘tuvchi toklar nol ketma-ketlik tok transformatorining aniq ishlashiga salbiy ta’sir qila olmaydi.





1.4-rasm. Uchta transformatorli nol ketma-ketlik tok filtri





1.5-rasm. Nol ketma-ketlik tok transformatori : K-kabel, M-magnit o‘zak, w2-ikkilamchi chulg‘am, A,V,S,-birlamchi faza simlari, KA-tok relesi



Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə