Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таoлим вазирлиги


YArim o‘tkazgichli va mikroelektron elementlar



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə14/31
tarix29.11.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#141431
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
Rele himoyasi ma\'ruzalar matni (1-49)

1.4. YArim o‘tkazgichli va mikroelektron elementlar

14.1. YArim o‘tkazgichli va mikroelektron elementlar haqida ma’lumotlar


YArim o‘tkazgichli elementlar diodlar va tranzistorlar rele himoyasi va avtomatikaning ikkinchi avlodining yaratishga asos bo‘lib xizmat qilgan. Hozirgi vaqtda rele himoyasi va avtomatikada hisoblash texnikasining elementlari - YArim o‘tkazgichli integral mikrosxemalar (operatsion kuchaytirgichlar, komparatorlar, raqamli mantiqiy elementlar) keng qo‘llanilmoqda.
Integral mikrosxema murakkab YArim o‘tkazgichli qurilma bo‘lib hisoblanadi. Uning elementlari - diodlar, tranzistorlar, rezistorlar va kondensatorlar kichik o‘lchamdagi YArim o‘tkazgich materialda yoki uning yuzasida kristallni o‘stirish va plyonka hosil qilish yo‘li bilan tayyorlanadi.
Integral mikrosxemalar (IMS) analog va raqamliga bo‘linadi. Operatsion kuchaytirgichlar analog IMS bo‘lib RH va A ning o‘lchovchi organlarida ishlatish uchun katta imkoniyatlarga ega. Raqamli mikrosxemalar ikkilik yoki boshqa raqamli kodda ifodalanagan raqamli signallarni qayta ishlaydi. Ulardan RH va A ning mantiqiy qismini bajarishda foydalaniladi.
YArim o‘tkazgichli va mikroelektronika elementlaridan foydalanish RH va A ning tezkorligini va sezgirligini orttirish; massasi, o‘lchamlari va iste’mol qiladigan quvvatini kamaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari ularda harakatlanuvchi qismlar va kontaktlar bo‘lmasligi sababli elektromexanik elementlarga nisbatan yuqori ishonchlilikka ega.
YArim o‘tkazgichli elemenlarning asosiy kamchiligi parametrlarining haroratga bog‘liqligidir. Lekin bu kamchilikni element va sxemalarni o‘ziga xos bajarish yo‘li bilan bartaraf qilish mumkin.
1.4.2. YArim o‘tkazgichli elementlar
YArim o‘tkazgichli elementlar yordamida rele himoyasi va avtomatikaning, asosan, o‘lchovchi va mantiqiy qismlari tayyorlanadi.
Misol tariqasida bitta kattalikning absolyut qiymatini berilgan qiymat bilan solishtiruvchi sxemani ko‘raylik (1.7- rasm). Sxemaning kirishiga beriladigan tok transreaktor TAV yordamida tokka proporsional kuchlanishga aylantiriladi va VS to‘g‘rilagich yordamida to‘g‘rilanadi hamda R4 rezistor va S kondensatordan tashkil topgan RS filtr yordamida tekislanadi. Hosil qilingan Ukir kuchlanish R1 rezistor va R2 o‘zgaruvchan qarshilikdan tuzilgan bo‘lgich yordamida U1 qiymatgacha o‘zgartiriladi. Sxemada berilgan qiymat sifatida stabilitron VD dagi o‘zgarmas stabillashtirilgan Ust kuchlanishdan foydalaniladi va U1 kuchlanish.
U1 = Ukir R2/ (R1 + R2 )
Sxemada R3 rezistor VD stabilitronning stabilizatsiya rejimini hosil qilish uchun xizmat qiladi. Agar U1 > Ust bo‘lsa nol - indikator EA ishlaydi, ya’ni sxemaning (relening) ishga tushish kuchlanishi
Uri =(R1 + R2 ) Ust/R2 .
Nol indikator (EA) sifatida magnitoelektrik relelardan yoki tranzistorli nol - indikatorlardan foydalanish mumkin. Nol - indikator tokning faqat ma’lum yo‘nalishida ishlaydi, masalan, yuqoridagi sxemada tok chapdan o‘ngga yo‘nalganda.



1.7-rasm. Taqqoslovchi sxema

1.7-rasmda ko‘rsatilgan sxemadan tok relesi sifatida foydalanish mumkin. Relening ishga tushish toki, ya’ni o‘rnatmasi R2 o‘zgaruvchan qarshilik yordamida o‘zgartiriladi. Ushbu sxemadan kuchlanish relesi sifatida foydalanilganda TAV transreaktor o‘rniga oraliq kuchlanish transformatoridan foydalaniladi.



Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə