24
Induksiya va deduksiya usuli
bir-biriga qarama-qarshi bo‗lgan, ammo
o‗zaro bog‗liqlikdagi fikrlash usulidir. Fikrning
xususiy faktlardan umumiy
faktlarga qarab harakati induksiya, aksincha
umumiy faktlardan xususiy
faktlarga tomon harakati deduksiya deb ataladi. Induksiya va deduksiya usullari
gipoteza haqidagi fikrlarni ilgari suradi.
Gipoteza
-biror bir voqea-hodisaning
ilmiy nazariya bo‗la olishi uchun uni tajribada sinab ko‗rish va nazariy jihatdan
asoslab berish uchun beriladigan ilmiy taklifdir.
Taqqoslama tahlil usuli.
Eng yaxshi natijalarga
erishish maqsadida
xususiy va umumiy ko‗rsatkichlarni taqqoslash. Tadbirkor o‗zi qilgan xarajatlar
bilan raqiblarining xarajatlarini solishtirishi,
muqobil variantlarni topib
taqqoslab borishi kerak. «Xarajatlar-natija» singari mashhur bo‗lgan yondashuv
ham taqqoslama tahlil usuliga asoslanadi.
Eksperiment (tajriba) usuli.
Bu usul tabiiy fanlarda asosiylardan
hisoblanib,
iqtisodiy
voqea-hodisalarni
o‗rganishda keng qo‗llaniladi.
O‗rganilayotgan
voqea-hodisaga
omillar
ta‘sirini,
uning
rivojlanish
qonuniyatlarini bilishda qo‗llaniladi. Qishloq xo‗jaligida mehnatga haq to‗lash,
xo‗jalik hisobi, ijara pudrati va boshqalarda eksperimentlar o‗tkazilgan.
Dostları ilə paylaş: