23
•
bozor holati, talab va taklifni tahlil qilgan holda resurslar (yer, kapital, ishchi
kuchi, investitsiyalar) bozorini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish;
•
ilg‗or fan-texnika yutuqlaridan hamda innovatsion
texnologiyalardan
foydalangan
holda
ishlab
chiqarishni
intensivlashtirishning
asosiy
yo‗nalishlarini ishlab chiqish;
•
qishloq xo‗jaligida investitsion va innovatsion faoliyatning ustuvor
yo‗nalishlarini ishlab chiqish;
•
qishloq xo‗jaligida ishlab chiqarishni davlat
tomonidan tartibga solish
darajasi va yo‗nalishlarini iqtisodiy jihatdan asoslab berish.
Yuqorida sanab o‗tilgan vazifalar har bir hududning xususiyatini hisobga
olgan holda hal etilishi lozim. Chunki O‗zbekiston
Respublikasining har bir
hududi tabiiy-iqlim, iqtisodiy va demografik sharoiti
bilan bir-biridan farq
qiladi.
1.4. Qishloq xo„jaligi iqtisodiyoti fanining tadqiqot usullari
Iqtisodiy tadqiqotlar o‗rganishning murakkab jarayoni hisoblanib, o‗z
ichiga mavzuni asoslash, maqsad va vazifalarni belgilab olish, tahlil qilinadigan
obyektlarni
tanlab olish, tadqiqot natijalarini amaliyotda qo‗llash bo‗yicha
nazariy va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish kabilarni qamrab oladi.
Iqtisodiy tadqiqotlar asosida uslubiyat yotadi.
Fanning uslubiyati bu
–ilmiy
bilimning tamoyillari, tizimi, yo‗llari va
qonun-qoidalaridir. Tadqiqotlarning nazariy va uslubiy asosini mamlakatimiz va
xorijiy iqtisodchi olimlarining ilmiy ishlari hamda iqtisodiy fan yutuqlari tashkil
kiladi.
Uslubiyat fan tomonidan qo‗llanilayotgan usullarga tayanadi. Uslubiyat
umumilmiy
tavsifga ega, lekin har bir fan o‗zining predmetidan kelib chiqib,
o‗zining ilmiy bilim usullariga ega bo‗ladi. Shuning uchun uslubiyat umumilmiy
va xususiy bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: