34
asoslanadigan ixtisoslashuv. Ixtisoslashuvning bu shakli ko‗proq chorvachilikda
keng tarqalgan. Masalan, parrandachilikda tuxum ishlab chiqarish inkubator
xo‗jaligi, go‗sht broyler xo‗jaligilari bo‗yicha korxonalar bor. Xo‗jaligi
ichida
ixtisoslashuv bo‗yicha yaratilgan hamma xo‗jaliklar odatda tor doirada
ixtisoslashgan bo‗ladi. Korxonalarning xo‗jaligi ichida ixtisoslashuvi ishlab
chiqarishning
intensivlashtirish
va
konsentratsiyalash
sharoitlaridagina
muvaffaqiyatli rivojlanadi.
Ixtisoslashuv xo‗jaligi ishlab chiqarishining
bosh yoki asosiy tarmoqlari
yo‗nalishlari bo‗yicha aniqlanadi (paxtachilik, g‗allachilik, bog‗dorchilik, g‗alla-
chorvachilik va boshqalar). Korxonaning ishlab chiqarish yo‗nalishi oxirgi uch
yildagi qishloq xo‗jaligi tovar mahsulotlari strukturasi bo‗yicha aniqlanadi.
Xo‗jalikdagi yer, suv, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish
maqsadida bir nechta tarmoqning rivojlanishiga erishiladi.
Qishloq xo‗jaligi mehnatining ijtimoiy taqsimotini boshang‗ich bosqichida
faqat ikki tarmoq-dehqonchilik va chorvachilik mavjud bo‗lgan. Keyinchalik
o‗simlikchilik va chorvachilik turidagi mahsulot ishlab
chiqarishning mustaqil
tarmoqlari paxtachilik, g‗allachilik, sabzavotchilik, bog‗dorchilik,
chorvachilik,
qo‗ychilik kabilar ham ajralib chiqdi.
Iqtisodiy ahamiyatiga ko‗ra, qishloq xo‗jaligi tarmoqlari asosiy,
qo‗shimcha va yordamchi tarmoqlarga bo‗linadi.
Dostları ilə paylaş: