Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Korxonaning joylashish o„rni



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

Korxonaning joylashish o„rni 
- qishloq xo‗jaligini joylashtirishning 
muhim omillaridan biridir. Tarmoqlar mahsulotlari saqlanish va transportirovka 
qilinish xususiyatlari bilan farqlanishi sababli bu omilni yetkazib berish, 
transport yo‗llari, saqlash joylari, qayta ishlash korxonalarining joylashuvi kabi 
omillar bilan bir vaqtda ko‗rib chiqish kerak.
Temir yo‗llar, suv yo‗li, transport vositalari bilan ta‘minlanganligi qishloq 
xo‗jaligi ishlab chiqarishini oqilona joylashtirish, maxsus korxonalarni 
chuqurlashtirish, tovarlarni iste‘molchilarga yetkazib berish muddatlarini 
kamaytirish va shu bilan yuklarni tashish bo‗yicha xarajatlarni sezilarli 
qisqartirish imkonini beradi.
Transport vositalari va aloqa yo‗llarining rivojlanishi ko‗p tonnali va tez 
buziladigan mahsulotlarni saqlanish va qayta ishlash joylariga zudlik bilan 
8
International Trade Statistics 2011.WTO.Geneva, 2011. P. 19; International Trade Statistics 2014. 
WTO.Geneva, 2014.P. 21.


31 
yetkazishni talab qiladigan mahsulotlar ishlab chiqarishni joylashtirilishida 
muhim rol o‗ynaydi. Birinchi navbatda bu sut, sabzavot, uzum, meva va 
kartoshka kabi mahsulot turlariga tegishli.
Nooqilona tashishga yo‗l qo‗ymaslik uchun bunday mahsulotlarni ishlab 
chiqarish yirik shaharlarning atrofida jamlanadi, qayta ishlash korxonalarini esa 
(meva konserva qilinadigan, vinochilik va boshqalar) xom-ashyo ishlab 
chiqariladigan joylarga yaqinroq joylashtirish maqsadga muvofiq. Bu bilan 
qishloq xo‗jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda yo‗qotishlar kamayishiga, 
ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga erishiladi.
Qishloq xo‗jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishlarini joylashtirishda alohida 
e‘tibor hududlardagi mehnat resurslaridan samarali foydalanishga qaratilishi 
lozim. Aholisi zich joylashgan zonalarda fond va energiya bilan ta‘minlanish 
kerakli darajada bo‗lganda unday joylarga mahsulot birligiga sezilarli mehnat 
sarfi talab qilinadigan chorvachilik va dehqonchilikning intensiv tarmoqlarini 
joylashtirish kerak. Mehnat resurslari mavjudligini hisobga olgan holda qishloq 
xo‗jaligi ishlab chiqarishini tashkillashtirishning xo‗jalik yuritish tizimi, 
tarmoqlar strukturasi, tarkibiy o‗zgarishlar, ekin maydonlari va boshqa 
elementlari hisobga olinishi zarur.
Qishloq xo‗jaligini oqilona joylashtirish ushbu hududda yashovchi 
aholining tabiiy-tarixiy urf-odatlaridan foydalanishni ko‗zda tutadi.
Qishloq xo‗jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishini joylashtirish iqtisodiy 
samaradorlikning asosiysi - yer maydoni birligidan chiqadigan mahsulot va 
yalpi daromad, mahsulot birligiga moddiy-pul va mehnat sarfi, daromad va 
rentabellikdir. 
Qishloq xo‗jaligi islohotlarini jadallashtirishning ustuvor yo‗nalishlari 
quyidagilardan iborat: 

O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi 
―Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‗llab quvvatlash, ularning barqaror 
ishlashini ta‘minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi 
to‗g‗risida‖gi F-4058-sonli Farmoni asosida vazirlik tizimidagi korxonalarning 
samarali barqaror faoliyatini ta‘minlash;

qishloq xo‗jaligida sug‗oriladigan yerlarning meliorativ holatini 
yaxshilash, suvdan tejamli foydalanish texnologiyalarini qo‗llash;

har bir hududning tuproq va iqlim sharoitini, kutilayotgan suv 
tanqisligi hamda iqlimdagi global o‗zgarishlarni hisobga olgan holda sohada 
amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarning samaradorligini 
oshirish, urug‗lik va seleksiya ishlarini yanada takomillashtirish, qishloq 
xo‗jaligi ekinlarining serhosil, mahsuloti xaridorgir bo‗lgan navlarini tanlash va 
joylashtirish, resurs-tejamkor, samarali agrotexnologiyalarni joriy etish;

ekologik toza va raqobatbardosh sabzavot, poliz, kartoshka, meva va 
uzum yetishtirishni modernizatsiyalash, yangilarini tashkil etish yo‗li bilan 
aholining qishloq xo‗jalik mahsulotlariga bo‗lgan ehtiyojini to‗laroq qondirish, 
ularning eksport hajmini oshirish.


32 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə