33
tejamkor
texnologiyalarini joriy etish, mehnatning tashkil qilishning ilg‗or
shakllaridan foydalanish mumkin bo‗ladi.
Ixtisoslashishni kechiktiradigan omillar – bu yerdan, suvdan, texnika va
mehnat resurslaridan oqilona foydalanmaslik, o‗zini-o‗zi ta‘minlashga intilish,
qo‗shimcha
mahsulotlardan foydalanish, xo‗jalikning iqtisodiy barqarorligini
ta‘minlash zarurati kabilardir. Bundan tashqari, yuzaga kelgan iqtisodiy
sharoitlarda ixtisoslashuvni chuqurlashtirishning zarur texnik asoslari yo‗qligi
ham ta‘sir ko‗rsatadi.
O‗simlikchilikda tor doirada ixtisoslashuv samarasiz, chunki ko‗pgina dala
ekinlari mavjud agrotexnika qoidalariga ko‗ra, biologik shartlariga ko‗ra, har
yili bir joyga ekilavermaydi. Ularni almashlab ekish maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Shu bilan birga yer massivlarining tabiiy maydalanishi, tuproq tarkibi, relyefi va
boshqa belgilari bo‗yicha ularning bir uchastkadan turlicha xo‗jaligi yuritishda
foydalanishni talab qiladi va bu ma‘lum ekin va tarmoqlar yig‗indisiga ega
bo‗lish zaruratini keltirib chiqaradi.
Qishloq xo‗jaligi korxonalarini ixtisoslashtirish
asosiy yoki yetakchi
tarmoqni ajratish va ularning ustuvor rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish
hisoblanadi. Ixtisoslashuvning chuqurlashuvi quyidagilar hisobiga amalga
oshirilishi mumkin:
tovar ishlab chiqarish tarmoqlari sonining qisqarishi;
intensivlashtirish asosida asosiy tarmoqda ishlab chiqiladigan mahsulotlar
hajmini oshirish;
asosiytarmoq tovarliligini oshirish.
Dostları ilə paylaş: