21
qilish jarayonida ishlab chiqarish vositalarini harakatga keltira oladigan
insonlardir.
Uchinchidan,
iqtisodiyot – bu fan. Ushbu fan o‗zining tadqiqot obyektlari
va ko‗lamiga ko‗ra quyidagi qismlarga bo‗linadi:
makroiqtisodiyot,
mikroiqtisodiyot, korxona iqtisodi, tarmoqlar iqtisodi (sanoat, transport, qurilish,
savdo, qishloq xo‗jaligi va boshqalar).
Shuningdek, iqtisodiyot deganda ham fan, ham amaliyot tushuniladi.
Iqtisodiyot fani amaliy iqtisodiyotni taqozo etib,
quyidagi hayotiy muhim
muammolarni hal etish bilan shug‗ullanadi:
-
nima ishlab chiqarish - jamiyat ehtiyojini qanday tovarlar va xizmatlar
to‗plamini yanada to‗laroq qondira oladi?
-
qancha ishlab chiqarish - ishlab chiqarish jarayonida qanday resurslardan
va qancha miqdorda foydalanish maqsadga muvofiq?
-
qanday ishlab chiqarish- sifat miqdori, usul va vazifalar.
-
kim uchun ishlab chiqarish- shaxsiy iste‘mol uchunmi yoki daromad olish
uchunmi, ishlab chiqarilgan mahsulotni qanday taqsimlash uchunmi?
Ushbu muammolarni bozor iqtisodiyoti sharoitida
birmuncha tezroq hal
etish mumkin. Chunki bozor iqtisodiyoti ishlab chiqaruvchilar va iste‘molchilar
o‗rtasidagi erkin almashuvga bog‗liq. Bozor iqtisodiyoti turli mulk shakllariga
va ishlab chiqarish o‗rtasidagi erkin raqobatga tayanadi. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida ishlab chiqaruvchilar va iste‘molchilarning bir to‗xtamga
kelishi
moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarning taqsimotini aniqlab beradi. Haqiqiy
iqtisodiyot doimo o‗z ichiga bozor va davlat sohalarini oladi,
ayrim hollarda
davlat tomonidan boshqariladi. Aynan boshqaruv darajasi iqtisodiyotning
qanday xususiyatga ega ekanligini belgilab beradi.
Qishloq xo‗jaligi iqtisodiyoti fan sifatida tarmoqda iqtisodiy qonunlarning
namoyon bo‗lishi, ularning qishloq xo‗jaligi rivojiga ta‘siri va qishloq xo‗jaligi
ishlab
chiqarishida
iqtisodiy
qonuniyatlarning
ishlashini
o‗rganadi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar qishloq xo‗jaligini
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda turli mulkchilikka asoslangan xo‗jaligi
yuritish shakllari
paydo bo‗ldi, agrar sohada ko‗ptarmoqli iqtisodiyot shakllandi. Bu esa
agrosanoat majmuida ishlab chiqarish munosabatlarining o‗zgarishiga olib keldi.
Qishloq xo‗jaligi iqtisodiyoti fani tarmoq fani sifatida bozor sharoitida agrar
sohada iqtisodiy munosabatlar tizimini ochib berish vazifasini bajaradi.
Dostları ilə paylaş: