22
munosabatlarini tadqiq qilishdir.
Bundan tashqari, fanning predmeti bo‗lib
ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanish
tamoyillari hamda tovar ishlab chiqaruvchilar amal qiluvchi bozor mexanizmini
tadqiq qilish hisoblanadi.
Tadqiqot obyekti
– bu mamlakat qishloq xo‗jaligida turli qishloq xo‗jaligi
tovar ishlab chiqaruvchilarining tashkiliy iqtisodiy shakllari faoliyati.
Qishloq xo‗jaligi iqtisodiyoti fan sifatida iqtisodiy nazariyaga tayanadi.
Iqtisodiy nazariya fanning metadologik asosi bo‗lib xizmat qiladi. Fan, avvalo
qishloq xo‗jaligi ishlab
chiqarishini tashkil qilish, ASM iqtisodiyoti,
tadbirkorlik, marketing,
iqtisodiy statistika, buxgalteriya hisobi fanlari bilan,
qolaversa boshqa iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog‗liq. Qishloq xo‗jaligi
iqtisodiyoti fani ushbu fanlarni o‗rganishning nazariy va uslubiy asosini tashkil
qiladi.
Ushbu
fanning asosiy maqsadi
– bozor iqtisodiyotining turli bosqichlarida
qishloq xo‗jaligi iqtisodiyotining nazariy va amaliy masalalari bo‗yicha
erkin
bozor qonun va qonuniyatlarini shakllantirishdir.
Qishloq xo‗jaligining
muhim vazifasi
mamlakat aholisini oziq-ovqat bilan
ta‘minlash hisoblanadi. Ushbu masalani faqatgina qishloq xo‗jaligi ishlab
chiqarishining iqtisodiy samaradorligini oshirish orqali hal etish mumkin. Aynan
ushbu samaradorlik darajasi aholining oziq-ovqat mahsulotlari bilan
ta‘minlanganlik
darajasini belgilab beradi, shuning uchun ham ―Qishloq
xo‗jaligi iqtisodiyoti‖ fanining birinchi galdagi vazifasi bozor sharoitida
tarmoqni rivojlashtirishning iqtisodiy asoslarini va xo‗jalik yuritishning samarali
usullarini ishlab chiqish hisoblanadi.
Qishloq xo‗jaligining rivoji ishlab chiqarish resurslari bilan qay darajada
ta‘minlanganligiga bog‗liq bo‗ladi. Resurslarning cheklanganligi
va taqchilligi
sharoitida fan oldida yana bir muhim masala turadi - bu resurslardan to‗g‗ri va
samarali foydalanish, mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan moddiy va mehnat
xarajatlarini
kamaytirish, ya‘ni ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish.
Shuningdek, agrar sohani isloh qilishning ustuvor yo‗nalishlarini ishlab chiqish,
to‗lovga qodir bo‗lmagan korxonalarni qaytadan tashkil etish bo‗yicha uslubiy
tavsiyalar berish kabi muhim masalalarni hal etish fanning asosiy vazifalaridan
hisoblanadi.
Yuqoridagilardan xulosa qilgan holda qishloq xo‗jaligi
iqtisodiyoti fani
Dostları ilə paylaş: