Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


O„simlikchilikdagi ilmiy-texnika taraqqiyoti (ITT)



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə292/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

O„simlikchilikdagi ilmiy-texnika taraqqiyoti (ITT) 
– bu tarmoqlarni eng 
kam sarf bilan yuqori sifatli mahsulotlarni maksimal miqdorda olishga 
yo‗naltirilgan fan, texnika va texnologiyaning uzluksiz va o‗zaro aloqadorlikda 
rivojlanishiga asoslangan doimiy sifat jihatdan takomillashuvini reja asosida 
amalga oshiruvchi jarayondir. 
O‗simlikchilikda 
ITT 
deb, 
tuproqqa 
ishlov 
berish 
usullarini 
mukammallashtirish, 
innovatsion 
texnologiyalarni 
hamda 
tarmoqni 
modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash natijasida almashlab ekishni joriy 
etish, ekin maydonlarining oqilona strukturasi, organik va mineral o‗g‗itlar 
dozasini oshirish, ulardan samarali foydalanish, kasalliklar va zararkunandalarga 
qarshi kurash usullarini optimallashtirish, urug‗chilikni yaxshilash va yuqori 
hosilli nav va gibridlarni yaratish, xo‗jalik yuritish tizimini shakllantirish, 
mahsulotlarni yig‗ish, tashish, qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilishdagi 
yo‗qotishlarni kamaytirish, ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarida 
yangilarini ishlab chiqish, mavjudlarini optimallashtirish asosida ekin yerlarini 
yaxshilash, tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, ular mahsuldorligining 
ortishida qo‗llanadigan agrotexnik jarayonlarni aytish mumkin. 


376 
Qishloq xo‗jaligida oxirgi besh yilda tarkibiy o‗zgartirish va sohani 
modernizatsiyalash hamda diversifikatsiyalash jadal sur‘atlarda olib borilmoqda. 
Aniq ilmiy-texnika taraqqiyoti mashinalarni, mehnat qurollari va ishlab 
chiqarishning boshqa vositalarini uzluksiz ta‘minlashda, shuningdek, ishlab 
chiqarish texnologiyalari va uni tashkil etishda ifodalanadi. Qishloq xo‗jaligida 
ayniqsa, mehnatning mexanik vositalari muhim rol o‗ynaydi. Ular ilmiy-texnika 
yutuqlarining asosiy elementlari hisoblanadi, o‗simlikchilik mahsulotlari ishlab 
chiqarishning o‗sishiga yordam beradi.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti ta‘siri ostida ishlab chiqarishning yangi moddiy 
pul resurslari zarur bo‗ladigan ekstensiv o‗sishidan yuqoriroq mehnat unumi
ishlab chiqarish texnologiyasini optimallashtirish, mahsulot sifatini oshirish, 
kelgusida tannarxni pasaytirish hisobiga intensiv o‗sishga o‗tish amalga 
oshiriladi. 
Janubiy Koreyaning Sangjudagi xurmo tajriba stansiyasi xurmoga tegishli 
tadqiqotlar – uni yetishtirishdan iste‘molchilarga yetkazishdagi jarayonlarigacha 
tadqiq etadigan yagona stansiya hisoblanadi. 
Ushbu stansiya eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. U yerda 
27 kishi, jumladan, 6 professor, 2 oddiy ishchi va 4 texnik xodim hamda 15 
nafar boshqa mutaxassislar faoliyat yuritadi. Yer maydoni 11 gektardan iborat. 
Stansiya uch yo‗nalishda ishlaydi: yangi xurmo navlarini yaratish, yangi 
texnologiya va usullarni ishlab chiqish, yangi qayta ishlash texnologiyalarini 
joriy etish. 
Chungdo xurmo-klasteri esa 2009 yilda fermerlar tashabbusi bilan tashkil 
etilgan. Ushbu hududda Janubiy Koreyadagi urug‗siz xurmoning 65% 
yetishtiriladi. Fermerlar tomonidan birgalikda boshqariladigan ushbu klaster 
xurmodan yil davomida yangi uzilgan, yarim quritilgan, quritilgan, 
fermentatsiya qilingan, xurmo yog‗i va vinosi, rang va boshqa mahsulotlar 
ishlab chiqarishga mo‗ljallangan. 
Xurmo harakati: xurmo yetishtirish – qayta ishlash – narxini saqlash – 
marketing va reklamani rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu klasterni ko‗rib, yana 
bir bor agroklasterda ―biznes – universitet – ilmiy tadqiqot – davlat‖ ning 
birgalikdagi harakati va bunda ilmiy tadqiqotlarga asosiy e‘tibor berilganligiga 
amin bo‗lish mumkin. 
Fermerlarning ushbu klasterga qo‗shilishi natijasida oladigan daromadlari 
keskin oshgan. Munkiyeong olmani qayta ishlash klasteri biznes korxonalari 
harakati asosida tuzilgan. U iste‘molchilarga olma bilan bog‗liq 100 dan ziyod 
mahsulot va xizmatlar taklif etadi. Avval ushbu hududda ko‗mir qazib olingan. 
1994 yilda ko‗mir qazib olish tugatilgach, aholining shaharga ketishining oldini 
olish maqsadida olma klasteri va turizmni tashkil etish uchun davlat tomonidan 
50 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilgan. Ushbu olma klasteri 
2004 yilda 4 million AQSH dollari miqdorida foyda olgan bo‗lsa, 2012 yilga 
kelib, 
mahsulotlar 
miqdorining 
turli-tumanligi, 
qo‗shimcha xizmatlar, 
agroturizm va mehmonxona xizmatini 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə