Asosiy tushunchalar
O„simlikchilik
– qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishining asosiy
tarmoqlaridan biri bo‗lib, o‗z ichiga dalachilikda ekinlarni yetishtirish,
paxtachilik,
g‗allachilik, kartoshkachilik, sabzavotchilik, bog‗dorchilik,
mevachilik, bog‗dorchilik va shu kabilarni oladi. Odam undan oziq-ovqat
mahsulotlari, yengil va oziq-ovqat sanoati qayta ishlash uchun xom-ashyo,
chorvachilik esa ozuqa oladi.
Dehqonchilik tizimi
– bu tuproq unumdorligini oshirishga, o‗simlikchilik
mahsulotlarining yer maydoni, birligidan mehnat sarfini va mahsulot birligiga
mablag‗ va mehnat sarflarini kamaytirib, mahsulot ishlab chiqarishni
ko‗paytirish maqsadida tuproqni suv va shamol eroziyasidan himoyalashga
yo‗naltirilgan tashkiliy va agrotexnik tadbirlar majmuidir.
Dehqonchilik tizimining asosiy elementlari
–almashlab ekish tizimlari,
mashinalar tizimi, o‗g‗itlar tizimi, urug‗chilik tizimi, o‗simliklarni himoya qilish
tizimi, melioratsiya tadbirlari tizimi (sug‗orish, quritish, kimyoviy melioratsiya
va boshqalar), suv va shamol eroziyasiga qarshi kurash bo‗yicha tadbirlar tizimi,
dalani himoyalash, ixota daraxtlarini yaratish.
G„alla yetishtirish
– qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishining asosini tashkil
etadi va g‗alla aholining non, makaron mahsulotlariga, non mahsulotlariga
bo‗lgan talablarini qondiribgina qolmasdan, shuningdek, sut, go‗sht, tuxum va
boshqa mahsulotlarning ishlab chiqarilishini ham belgilaydi. Chunki u
hayvonlar va parrandalarni ham muhim ozuqa bilan ta‘minlaydi.
O„simlikchilikdagi ilmiy-texnika taraqqiyoti (ITT)
– bu tarmoqlarni eng
kam sarf bilan yuqori sifatli mahsulotlarni maksimal miqdorda olishga
yo‗naltirilgan fan, texnika va texnologiyaning uzluksiz va o‗zaro aloqadorlikda
rivojlanishiga asoslangan doimiy sifat jihatdan takomillashuvini reja asosida
amalga oshiruvchi jarayondir.
|