|
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018
IV-BOB. BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA QISHLOQ
XO„JALIGIDA DAVLAT RAHBARLIGI VA AMALGA
OSHIRILAYOTGAN AGRAR-IQTISODIY ISLOHOTLAR
O„quv maqsadi:
Ma‘muriy-buyruqbozlikka asoslangan rejali iqtisodiyot
va erkin bozor iqtisodiyoti, uning mazmun-mohiyatini, davlatning agrar siyosat
yo‗nalishlarini, qishloq xo‗jaligida iqtisodiy islohotlar tizimini va uning
huquqiy asoslarini, agrar-iqtisodiy islohotlarni va tarkibiy o‗zgarishlarni yanada
erkinlashtirish va chuqurlashtirish hamda takomillashtirish masalalarini
o‗rganishdan iborat.
Tayanch iboralar:
rejali iqtisodiyot, erkin bozor iqtisodiyoti, agrar
siyosat, agrar-iqtisodiy islohotlar, yer, mulk, baho,
soliq, moliya va kredit islohotlari, mulkdorlar sinfi,
davlat buyurtmasi, dotatsiya va subsidiya.
4.1. Erkin bozor iqtisodiyoti, uning mazmun va mohiyati
Qishloq xo‗jaligi respublikamiz iqtisodiyotining yetakchi tarmog‗i
hisoblanadi. Chunki bugungi kunda mamlakatimiz aholisining 49 foizdan
ko‗prog‗i qishloq joylarda istiqomat qiladi, yalpi ichki mahsulotning 15,l foizi,
valyuta tushumlari va ichki tovar aylanmasining asosiy qismi ushbu sektor
hissasiga to‗g‗ri keladi.
Shu bilan birga, agrar sohani isloh qilish jarayonida yuzaga keladigan qator
muammolar qishloq xo‗jaligining barqaror rivojlanishiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Yer, suv va mehnat resurslaridan unumli foydalanishda samaradorlikning pastligi,
qishloqda tez sur‘atlarda o‗sib borayotgan mehnat resurslarini ish bilan
ta‘minlashning talab darajasida emasligi, qishloq xo‗jaligi mahsulotlari ishlab
chiqaruvchilarining
bozor
sharoitlariga
moslashish
jarayonlari
sust
kechayotganligi ana shunday muammolar jumlasidandir.
Agrar sohada ushbu muammolarni muvaffaqiyatli hal etish ko‗p jihatdan
mulkchilik munosabatlarini samarali boshqarish, ularni maqsadga muvofiq
ravishda rivojlantirish bilan bog‗liq. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti
SH.M.Mirziyoyev ta‘kidlaganlaridek,
Dostları ilə paylaş: |
|
|