(M andalay gazetasi)1 nashrida qadimgi nasihatnom a janri bo‘lgan mu-
tassaddi foydalanildj. Bosh ruhoniy M oun’yvey-sxayado o ‘z nasihatiiji
qirolga yo'naltirarkan, sulola sha’niga aytiladigan odatdagi ulug‘lash
so‘zlari va m uqaddas am rga amal qilish haqidagi d a’vatlar bilan bir qatorda
monarxning barcha majburiyatlarini bayon etib, aniq siyosiy voqealarga
ishora qilgan holda o ‘z tavsiyalarini qadimiy risolalardan olingan fikrlar,
hayotga oid hikoyalar bilan mustahkamlagan. G azetada oddiy nasihatnoma
yuksak ruhdagi vazifa, yo‘l-yo‘riq janriga aylanib, o ‘sha davrdagi ijtimoiy
hodisalarga sezgir m unosabatni ifodalardi.
XIX
asrda Y aqin va 0 ‘rta Sharq mamlakatlari jurnalistikasining rivoj-
lanishi ham ijtim oiy va madaniy yangilanish belgisi sifatida davom etdi.
M intaqaning ko‘pgina davlatlarida bosmaxonalar tashkil etilishi matbuot
nashrlarining ko'payishini taqozo qildi. Shu tariqa 1821-yili Misrdagi dast-
labki bosmaxona Bulakda ishga tushdi. 1828-yilda unda Misr hukuma-
tining ilk rasmiy gazetasi bo‘lgan «Al-Vaqoi al-Misriyya» («Misr axborot-
nomasi») chop etila boshladi. Gazetada hukum at farmonlari va far-
moyishlaridan tashqari mahalliy iqtisodiyot va madaniyatning ahvoliga doir
materiallar ham e ’lo n qilib turilardi.
M ashhur adabiyotchi, taijim on Rifai at-Taxtaiy uning muharrirlaridan
b o iib , u gazeta sahifalarida o'zining publitsistik yo'nalishdagi adabiy
asarlariga ham o ‘rin berardi. Rifai at-Taxtavaviy Q ur’oni karim va hadisi
sharifdan oyatlar, iqtiboslar keltirish bilan yangi g'oyalar ham, ijtimoiy
hayotning yevropacha yo‘sinlari ham islomga zid kelmasligini, aksincha,
uning ta ’lim otida k o ‘zda tutilganligini isbotlashga harakat qilardi.
Boshqa arab mamlakatlarining aksariyatida davriy matbuot XIX asming
ikkinchi yarmida vujudga keldi. Hukumat Damashq va Halabda chiqarib
kelgan rasmiy nashrlardan tashqari 1858-yilda Bayrutda «Hadiqat al-Axbor»
(Xabarlar bo‘stoni) gazetasi ham nashr etildi, uni haqli ravishda birinchi arab
m a’rifatchi nashri deb atashadi. Shundan keyin «Nafir Suriya* (Suriya
ovozi), «Al-Janna» (Bog‘) gazetalari, «Al-Jinan* (Bog‘lar), «Al-Muktataf*
(Majmua) jum allari tashkil etildi. Ulaming barchasi aka-uka Butrus va
Salim al-Bo‘stoniy, Ibrohim al-Yaziji, Hadil al-H uriy va boshqa taniqli
m a’rifatparvarlar boshchilik qilgan Suriya-Livan ilmiy madaniy va adabiy
jamiyatlari ham da kiublarining faoliyati bilan bog‘liq edi2.
Suriya m a’rifatchi matbuotida sof axborot materiallaridan tashqari
turli mavzularga oid ko‘plab ilmiy-ommabop asarlar hamda voqealar
aksariyat hollarda Yevropa manbalaridan olinib, ko'pincha tanib b o im as
darajada arabiy yo‘singa solingan qissa va hikoyalar chop etib turilardi.
Bu davrda Sharq m a’rifatparvarlari turli siyosiy, ijtimoiy, diniy,
falsafiy m uam m olarni yoritish hamda ilmiy bilim lam i ommalashtirish
uchun foydalaniladigan publitsistik maqola janri ommalashdi. Rivojlanish
jarayonida Yevropa publitsistikasiga tayangan bu ja n r milliy ildizlariga ham
<•
1 Yadanaboun-Mandaiayning ikkinchi nomi.
3
Котлов A. H . Становление национально-освободительного движения на
арабском Востоке. М .: 1975, с-244.
www.ziyouz.com kutubxonasi
ega edi: bu, bii tom ondan, arablarda azaldan m ashhur b o ‘lib kelgan va o ‘z
a n ’analarini zamon talablariga doim iy moslashtirib turishga m ajbur bo'lgan
voizlik san’ati bo‘isa, ikkinchi tom ondan, yozilishidagi niyatdan kelib
chiqib, o ‘ta jimjitnador yoki qat’iy ilmiy uslub tanlanishi m um kin bo'lgan
risola edi.
Asr oxiriga kelib Misrda arab tili rruimlakítning rasmiy titi sifatida
turk tilining o ‘m ini to ‘iiq egalladi. «Al-Vaquí al-Misriyya* gazetasi bata-
mom arab tilida bosila boshladi. M atbuot va publitsistika me'yorlarí
a n ’anachilar tomonidan q a t’iy him oya qilib borüadigan arab tilining yangi-
lanishini rag'batlantirib turardi. Tarixiy mav/ularda yozilgan maqolalar va
mazm unan g'uyiioddiy hodisalam i ta&virlovchi eng yangi fikrW bilan
b o g iiq yo‘l ocherklari tilni va adabiy uslubni yangilash jarayoniga o ‘z
hissasini qo'shdi.
Shu ma’noda livanlik Ahmad Foris ash-Shid’yakning (1804—1887)
yo‘l ocherklari diqqatga sazovordir. Paríjga qilgan safarlaridan birini
tavsiflashda u yevropacha hayotning ayrim tomonlari xususida tanqidiy fíkr
bildiradi, fransuz olimlanning arab tilida y o i qo‘yayotgan xatolarídan
kuladi. Uning o'zi esa she’riy iqtiboslar, yorqin istioralar, hajviy vosita-
lardan foydalanilgan mumtoz uslubni puxta egallaganligini o'quvchilarga
namoyish qildi1.
Boshqa arab mamlakatlarida davriy matbuotning adabiy tilini
yangilash jarayon: Misrdagi shunday jarayon bilan yonm a-yon davom etdi,
biroq Misrda bu, eng aw alo, tabiiy-ilmiy va texnik so‘zlarga tegishli
bo'lgani holda Suriya va Livanda, masalan, ko“p jihatdan ijtimoiy tafakkur,
adabiy falsafa sohalarini qamrab oldi.
60-yillardan e’tiboran Yaqin va 0 ‘rta Sharq mamlakatlarida mahalliy
gazetalar keng rívojlandi. Usm onlilar imperiyasining arab shaharlarída ular
viloyat gazetalari deb atalardi. Shulardan bir vaqtning o 'zid a turk va arab
tillarida naslir etilgan «Ai-Raid at-Tunisiy* (Tunis sharhlovchisi), «Al-
Furot», «Al-Mo‘suU. «Al-Basra» va boshqa gazetalarni sanab o 'tish m um
kin. Ayrim holatlami hisobga olm aganda, rangsiz va quruq varaqalardan
iborat bu gazetalar hukumat qarorlari va farmoyishlari, shuningdek,
«donishmand» sulton va uning atrofídagilar sha’niga qaratilgan maqtov-
larga to'liq bolardi. Istanbul gazetalaridan ko'chirib bosilgan materiallarga
ham katta o'rín berílardi.
Biroq istisno nashrlar ham yo‘q emasdi. Jum ladan, taraqqiyparvar
davlat arbobi, Bag‘doddagi turk gubematori Midxatposho homiyligida
chiqadigan «Az-Zaura* (Bag'dodning qadimgi nomi) gazetasi ular orasida
ajralib turardi. U, matbuotning ijtimoiy foydasini yaxshi tushungan holda,
gazeta sahifalarida Bag'dod viloyatidagi ishlar ahvoli to ‘g‘risida tanqidiy
materíallar bosilishiga yordam berib, tahririyatga gazetxo ti lardan xatlar
keüb turishini rag batlantirardi, ko'pincha o ‘zi ham U sm onlilar saltanatida
ijtimoiy tqtisodiy va madaniy islohotlar amalga oshirilishini yoqlovchi
maqolalar bilan qatnashardi.
1
Крымский A E . История новой арабской литературы: XIX — начало XX в.
М.: 1971.72-76-с.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Dostları ilə paylaş: |