‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   160

Shunday  qilib,  Osiyo  va  Sharq  xalqlarida  milliy  va  siyosiy  ongning 
shakllanishida  jum alistikaning  o ‘m i  beqiyos  b o id i.  Garchand  ulaming 
siyosiy  faolligi  X IX   asrda  mustamlakachilik  tuzum ini  ag‘darish  uchun 
yctarli  bo‘lm asa-da,  o ‘sha  davr  voqeligi  va  m atbuoti  kelajakda  ozodlik 
harakatlarini  kuchaytirish  uchun  tajriba  to'plab,  mustaqillik,  demokratiya 
va erkinlik yo‘lidagi  kurashga  kuch bag'ishladi.
3-fasl.
  M illiy  raatboot  milliy o'ziga xosliklar  manzarasida
XIX 
asming  birinchi  yarmida  Osiyo jumalistikasida  hali  aytarli  muhim 
o'zgarishlar va ko‘zga  yorqin tashlanuvchi  milliy  nashrlaming  oyoqqa turishi 
yuz  bermayotgan  b o ‘lsa-da,  yangi  g‘oyalar  va  mavzular  bilan  boyish  davom 
etdi.  Milliy  o ‘zlikni  anglashning  shakllanishi  bu  davrda  namoyon  b o ia  
boshlagan  m adaniy  qadriyatlaming  an’anaviy  tizimini  qayla  tafakkur  qilish 
jarayonida  o ‘z   ifodasini  topdi.  Bir  qator  mamlakatlarda  mumtoz  merosni 
davr  talablari  asosida  qayta  ko‘rib  chiqish  mayli  va  buning  oqibati  o la ro q  
jurnalistikani  din  t a ’siridan  xoli  qilish  va  demokratlashtirish  kuzatildi. 
Yevropa  madaniyati  bilan  tanishuv jamiyatning  m a’lum  qismi  (eng  aw alo, 
ilg‘or  ziyolilar)  tom onidan  ijtimoiy jarayonlaming  qayta  tafakkur qilinishiga, 
hayotning  yangi,  m utaraqqiy  shakllarmi  hisobga  oluvchi  va  tasdiqlovchi 
amaliy  ratsionalistik  g ‘oyalar  va  nuqtayi  nazaiiaming  ishlab  chiqilishga  ko‘p 
jihatdan  yoidam   berdi.  Bu  davr  matbuoti  ta ’limni,  ilg‘o r  g‘oyalami 
rivojlantirishga,  milliy  ziyolUami  o'stirishga, jumalistikaning yangi shakllarini 
vujudga keltirishga yo‘naltirilgan edi.
Tabiiy  huquq,  shaxs  erkinliga  va  hokazo  jihatlar  bilan  sug'onlgan 
madaniy va  ijtim oiy yangilanish  harakatini turiga  qarab,  muayyan  m a’noda
XVIII  asrda  G ‘arbda  yuz btrgan  ma’rifatparvarlik  harakati bilan taqqoslash 
mumkin.  Bu  harakat  rahnam olari  ilmiy  va  amaliy  bilimlami  yoyish, 
m a’rifat  tarqatish  yo‘li  bilan  ijtimoiy  sharoitlam i  o'zgartirish,  féodal 
mahdudlikni  va  o ‘z   mamlakatlarining  qoloqligini  bartaraf  qilish  mumkin, 
degan e ’tiqoddan kelib  chiqardilar.
0 ‘sha  davrdagi  Osiyoda  hind  ma’rifatcliilari  yangi  g‘oyalaming 
ijodkorlari va  targ ‘ibotchilari  bo‘lib  maydonga  chiqdilar.  Ular tashkil  etgan 
m atbuot  nashrlari  vositasida  Rammoxon  Roy,  Dvaraknatx  va  D ebend- 
ronatx  Tagor,  Balshastri  Dzambxekar,  D zotiba  Pxule  va  boshqalar  m az- 
habparastlik,  k o ‘pxudolik,  kohinlik,  butparastlik  va  hokazo  tartibotlarga 
qarshi  kurash  olib bordilar.
1821-yilda  R am m oxon  Roy  asos  solgan  «Shombad  koumudi  («Xa- 
barlar  oyi*)  gazetasida  hind  ma’rifatchilari  diniy  xurofotga  qarshi  va 
ijtimoiy  islohotlar  o ‘tkazishni  yoqlab  maqolalar  bilan  chiqdilar.  Gazeta 
sahifalarida  R oyning  o ‘zi  yozgan  pamfletlarga  katta  o ‘rin  berilardi.  Bengal 
tili  grammatikasi  m uam m olariga,  huquqiy,  siyosiy  masalalarga  oid  m aqo­
lalar  ham  uning  qalam iga  mansub  edi.  Royning  avlodlarga  «Qonunni  aql 
bilan  murosaga  keltiring»,  degan  vasiyati  ham da  chinakamiga  insonpar- 
varlarcha  aytilgan  «Tenglik  dushmanlari  va  istibdod  do‘stlari  hech  qachon
www.ziyouz.com kutubxonasi


uzil  kesil  muvafaqqiyatga  erisha  olmaydilar*1,  degan  hikmati  birinchi 
m arta aynan  «¡Shombad  koumudi* gazetasida e ’lon  qilindi.
Bengal  m a’rifatparvari,  publitsist  Ishshorchondro  G upto  (1812—1859) 
ham  o ‘sha  davr  jurnalistikasining  taniqli  nam oyandalaridan  bo‘lgan.  U 
hindlarning  vatanparvarlik  hamda  fuqarolik  ruhini  oshirishda  katta  rol 
o'ynagan  «Shorabad  probxakor»  («Yangiliklar  quyoshi»)  va  «Probxakor* 
(«Quyosh»)  jum allarining  noshiri  edi.  G uptoning  ijodi  nihoyatda  keng 
qamrovli  bo‘lib,  bengaliyaliklaming  bayramlari,  pazandalik  san’atini  ta ’rif- 
tavsif  qilishdan  tortib  ijtimoiy  hajv  va  ehtirosli  siyosiy  lirikagacha  bo‘lgan 
mavzularni  o ‘z  ichiga  olardi.  Hajviy  asarlarini  kelajakni  ko‘ra  biladigan 
bashoratchilarga,  be’m ani  bid’atlam i  qo‘llab-quw atlash  uchun  eskirib 
qolgan  aqidalarga  ko‘r-k o ‘rona  amal  qiladigan  qiroatxoniar  va  qohinlarga 
ham  («Yolg‘onchi  braxman*),  inglizlar  oldida  ta ’zim   qiluvchi  «kosmo- 
politlar*ga  ham  («Laganbardorlik»),  mustamlakachilarga  ham  qarshi 
qaratdi.  Gupto  o ‘z  maqolalarida  vatandoshlarini  faqat  erkinlikka  ega 
bo‘lgandagina  tabaqachilik  aqidalaridan,  qullikdan  qutulib,  o ‘z  yurtining 
haqiqiy fuqarosi  bo‘lishi  mumkinligiga  ishontirardi.
XIX 
asr  o ‘rtalariga  kelib  mahalliy  hindi  tilida  m a’rifatchilik 
mazmunidagi  matbuot  nashrlari  Hindistonning  Beiigaliyadan  boshqa 
hududlarida  ham  paydo  bo‘ldi.  Nomlarida  albatta  «dnyan»  («bilim»)  so‘zi 
ishtirok  etishidan  ham  ulaming  qanday  yo'nalishda  ekanligini  bilib  olsa 
bo'ladi:  «Dnyanday»  (Bilim  tongi),  «Dnyanchandroday  (Bilim  oyining 
shu’lasi),  «Dnyanprokash»  (Bilim  nuri),  «Dnyansangrax*  (Bilimlar  maj- 
muasi) va  hokazo.
M a’rifatchi  m atbuot  Hindiston  xalqlarining  milliy  madaniyati  va  ada- 
biyotini  rivojlantirishda  ulkan  roi  o'ynadi.  Uning  m uh an irlari  va  xodimlari 
mahalliy  hindi  tillaridagi  zamonaviy  badiiy  adabiyot  va  publitsistika  sar- 
chashmasida  turdilar.  Masalan,  hindi  tili  mam lakatning  millionlab  aholisi 
uchun  adabiy  til  sifatida  qaror  topishiga  B.  X arishchandra  katta  hissa 
qo'shdi.  U  o ‘zi  asos solgan jum allarda  hindi  tilining  go‘zalligini  madh  etdi. 
E ’ion  qilinayotgan  materiallar tilini  diqqat  bilan  kuzatib  bordi2.
Biroq  bu  til  mamlakatdagi  birdan-bir  m uom ala  vositasi  emasdi. 
Musulmonlar  ta ’siri  kuchli  b o lg an   va  fors  tili  asosiy  adabiy  til  sifatida 
q o ‘llaniladigan  hududlarda  asta-sekin  urdu  tili  qaror  topa  bordi.  Ushbu 
tildagi  davriy  matbuot  rivojlanishiga  mashhur  tarjim on  va  publitsist  Ram 
Chandar  (1821—1880)  juda  katta  ta ’sir  ko‘rsatdi.  O 'zi  1948-yilda  asos 
solgan  urdu  tilida  dastlabki  adabiy  jum al  bo'lgan  «Muxib-e  hindi» 
(«Hindistonning  do‘sti»)  va  «Favoid  un-naziron*  («Jum alxonlar  baxti») 
nomli  ilmiy-tarixiy  haftalik  orqaü  Hindiston  m usulm onlarini  Sharq  va 
G ‘arb  mamlakatlari  madaniyati  hamda  fani  bilan  tanishtirib  bordi.  Faqat
XIX  asr  oxirlariga  kelibgina  bu  tildagi  m atbuotda  qayta  rivojlanish 
kuzatildi.  Bunda  hindistonlik yirik  musulmon  m a’rifatparvari  Said  Ahmad-
1  История  всемирной литературы.  В  9-ти томах.  6.  М.:  1986, с-646.
2  Челишсв  Е.П.  О  характере  просветительства  в  литературе  хинди.  Про- 
ветитсльство в литературах Востока.  М.:  1973, с-280-281.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə