‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   160

chilari  asosan  ziyolilar  bo‘lsa-da,  ular  doirasi  aytarli  keng  emasdi.  Oddiy 
aholi qatlam larida  esa  ular qiziqish  uyg'otmasdi.
D em okratlar  ko‘p  asrlar  davomida  m atbuot  erkinligi  yo‘lida  ham 
kurash  olib  bordilar.  Yangi  butjuaziya  feodalizm  qoldiqlari  bilan  kurashib, 
shaxs  erkinligini,  shuningdek,  so‘z  erkinligini  talab  qilardi.  Ishchi- 
xizm atchilarning  o'ztga  xos  milliy  va  baynalmilal  an’aiialari  mavjud  edi. 
Yevropada  birinchi  inqilob  sodir  boUishida  yosh  inqilobiy  demokratik 
m atbuotning  roli  katta.  0 ‘sha  paytlarda  bu  matbuot  sahifalarida  ishchi- 
xizmatchi om m a  vakillari  qahram on  va  m uallif sifatida chiqa  boshlashdi.
XIX  asr  oxirlariga  kelib  xaiqaro  sotsialistik  va  ishchilar  harakati 
yuksak  darajaga  ko'tarildi.  Asr  o ‘rtalarida  bir  nechta  gazetadan  iborat 
b o ig a n   sotsialistik  va  ishchilar  m atbuoti  asr  oxirlarida  200  ta  nashiga  etdi. 
1869-yilda  G erm aniya  sotsial-demokratik  firqasi  tom onidan  tashkil  etilgan 
m atbuot  saviyasi  jihatidan  boshqalardan  ancha  ustun  edi.  Bu  yerda 
nashrlarning  b u tu n   bir  tizimi  tashkil  etilgan  bo‘lib,  uning  markazida 
«Foivets!*  gazetasi  va  «Noyés  sayt* jum ali  turardi.  1885-yili  Fransiyada  G. 
Jed  tom onidan  tashkil  etilgan  «Le  Sosialiste*  haftalik  gazetasi  chiqa 
boshladi.  Shu  yilning  o ‘zida  Londonda  «Djastis*  gazetasi  ham   dunyo 
yuzini  ko  rdi.  1889-yilda  «Tudey»,  1893  yilda  esa  «Lebor  Lider»  gazetalari 
tashkil etildi.
1896-yilda  R im da  Italiya  sotsialistik  partiyasining  «Avanti»  gazetasi, 
Shveysariyada  sotsial-dem okratlam ing  «Berner tagvaxt»  gazetasining  nashri 
yo'Iga q o ‘yildi.
Amerika  ishchilarining  Chikago,  Filadelfiya,  Sent-Luis,  Nyu-Yorkda 
matbuot  m arkazlari  faoliyat  ko‘rsata  boshladi.  Eng  m ashhur  «Eppil  tu 
rinz» gazetasiga  1895-yilda  Kanzas-Sitida  asos qo'yildi.
Shunday  qilib,  Yevropadagi  OAV  rivojiga  ulaming  qit’a  va  dunyo 
miqyosidagi  siyosiy jarayonda  qatnashishi,  jamiyatning  ijtimoiy  turmusliiga 
ta ’siri,  boshqariladigan  m atbuotning  paydo  bo'lishi  va  turli  siyosiy 
nashrlarning  tashkil  etiüshi  kabi jarayonlar omil  boidi.
2-fasl.
  Osiyo  matbuoti-milHy  va  siyosiy huquqlar  himoyachisi
Osiyo  m am lakatlarida  jurnalistikaning  rivoji  o ‘zgacha  tarzda  kechdi. 
Yevropa  m atbuotining  taraqqiyoti  u  yerdagi  ishbilarmonlik  muhitiga 
bog‘liq  holda  davom  etgan  bo‘lsa,  Osiyo  va  Sharq  mamlakatlarida  bu 
jarayon  G 'arb n in g   aralashuvi  va  mustamlakachilik  siyosati  sababli  ancha 
orqaga  surildi.  Siyosiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy  ahvolning  og*irligi,  y a’ni, 
m azkur  davlatlarda  xalqning  mustabid  tuzum  sharoitida  turm ush  kechi- 
rishi,  aholining  savodsizligi  va  boshqa  qiyinchiliklar davriy  matbuot  rivojiga 
salbiy ta ’sir o 'tkazm ay qolmadi.
XIX  asm ing  birinchi  yarimida  Osiyo  va  Sharq  mamlakatlarida  matbuot 
mustamlakachilik  kayfiyatida  edi.  Gazeta  va  jumallar  asosan  mustamla- 
kachilar ham da  hokimiyat organlari  uchun  mo'ljallanib,  metropoliyalar tilida 
nashr  etilardi.  Shri  Lankaning  «Gavemment  gazett»  (1802),  Hindistomiing 
«Bengal  gazett*  (1816),  Singapuming  «Singapur  kronikl*  (1824),  Birmaning
www.ziyouz.com kutubxonasi


«Moulmeyn  kronikl*  (1836)  singan  ingliz nashriarida,  Turkiyaning  «M onitor 
ottoman*  (1831),  Jazoiming  «M onitor  aljeren*  (1832)  kab¿  fransuz  tilidagi 
nasiirlarída  faqatgina  mustamlakachi  m a’muriyatning  qaror  va  farmoyishlarí 
chop  etilardi.  Ushbu  gazetalar  aslida  mustamlakacliilik  siyosatini  qo'llab- 
quwatlovchi vosita vazifasini o'tardi.
G azeta  va  jurnallam i  nashr  etishda  metropoliya  rahbarlari  ham  faol 
ishtirok  etishdi.  Filippinda  1811-yiIda  nashrdan  chiqqait  «Del  superior 
govierno»  gazetasi  ispan  mustamiakasining  gubernatori  tom onidan  tashkil 
etildi.  Seylonda  1832-yilí  chiqa  boshlagan  «Kolombo  djomal»  gazetasida 
esa  faqat  Kolumbiyada  turib orolni  boshqargan  gubeniator m aqolalari chop 
qilindi.  Shuni  aytish  kerakki,  o ‘sha  paytdagi  gazetalarda  metropoliya 
rahbarlarining  manfaatiarigina  ifodalanib  qolmay,  boshqa  mam lakatlar 
siyosiy  hayotidan  xabarlar  va  m adaniy  rivojlanishga  undovchi  maqolalar 
ham   e ’lon  qilib  turilardi.  M etropoliyalar  nashri  hisoblagan  ushbu  gaze­
talarda  taraqqiyparvarlik  kayfiyati  aks  etishiga  ularda  faoliyat  olib  borgan 
ajnabiy  jum alistlar  ham  zamin  yaratishdi.  Ular  o ‘z  mamlakatlaridagi 
mustamlakachilarni  tanqid  ostiga  olib,  mahalliy  ziyolilami  m atbuot  organ- 
larída faoliyat  ko'rsatishga  chaqirar edilar.
1818-yildan  boshíab  «Kalkatta  djornel*  gazetasini  nashr  etishga 
boshlagan  ingliz  Djeyms  Bakingem  shular  jumlasidandir.  Aynan  uning 
sa’y-harakatlari  tufayíi  O st-Ind  tadbiri  davomida  hukumat  va  politsiya 
vakillarining  o ‘z  vazifalarini suiiste’mol  qilganiigi,  Yevropa  bozorlarida  o ‘ta 
past  narxlarda  sotíb olingan  hind  hunarmandchiligi  nam unalarining savdosi 
ham da  xonlik  va  haramlaming  o'm arilishi  bitan  bog'liq  m a’lum otlar  keng 
om maga  m a’lum  qilindi.  D.  Bakingem  o ‘z  gazetasi  sahifalarida  hindlam i 
m amlakat  siyosiy  hayotida  faolroq  qatnashishga  da’vat  etardi.  Faoliyati 
davomida  ko‘p  bor  tazyiqlarga  uchragan  D.Bakingem  oxir-oqibat  H in- 
diston  hududidan  badarg'a qilindi.
20-yillarda  mahalliy  tillarda  ham   davriy  nashrlar  chiqa  boshladi. 
Ularning  ta ’sischilari  mustamlakachilarning  o'zlari  bo'lishlariga  qaramay, 
bu  holat  mahalliy  aholining  ijtimoiy  siyosiy  va  m adaniy  hayotda 
qatnashishiga  imkon  yaratdi.  Shunday  qilib,  1822-yilt  hindlam ing  gujaratiy 
tilida  «Bombey  samachar»  gazetasi  chop  etila  boshladi.  Shundan  so‘ng 
urdu,  maratxi  tillarida  ham gazetalar paydo  bo‘ldi.  Hindi tilida  esa  birinchi 
gazeta  1826-yili  chiqarildi.
Jazoirda  arab  tilida  «Axbor»  gazetasi,  Indoneziyada  ham  mahalliy  tilda 
gazeta  nashr etildi.  XIX asrnitig birinchi  yarmida  Osiyo  va  Sharqda  mahalUy 
va  metropoliya  tillarida  bir  qator  gazetalar  paydo  bo'ldi.  1847-yili  Jazoirda 
tashkil  etilgan  «Al-Mubashshir»  gazetasi  shulardan  biridir.  Ular  birdaniga 
fransuz va arab tillarida  chop etilardi.  Xuddi  shunday gazeta Tailandda  ingliz 
va tay tillarida  «Bangkok rekorder»  nom i  bilan chiqib  turdi.
Biroq  bu  nashrlami  miUiy  m atbuot  deb  bo‘lmaydi.  U lar  mahalliy 
aholi  o'rtasida  muvaffaqqiyat  qozona  olmadi.  Mustamlakachi  m a’muriyat 
tub  yerli  aholi  vakiilariga  gazeta  nashr  qilishga  ruxsat  berish jarayonini  har 
qanday  yo'llar  bilan  iloji  boricha  orqaga  surishga  harakat  qilardi.  Ruxsat 
berilgan  taqdirda  ham  jurnalistlar  faoliyatiga  to ‘sqinlik  qilish  holatlari
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə