‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   160

katta  muvaffaqiyatga  sazovor  bo‘ldi,  1891-yildan  unga  ilova  sifatida  butun 
Rossiya  bo_‘ylab tarqaladigan  m um toz asarlar chiqarila  boshladi..
Peterburglik  noshir  Aleksey  Sergeyevich  Suvorin  1887-yilda  san’at 
asarlarining  om m aviy turkum ini  nashr etdi.
XIX  asm ing  ikkinchi  yarmida  Rossiyada  ixtisoslashtirilgan  nash- 
riyotlar  vujudga  keldi.  1861-yilda  Peterburgda  nashriyotga  asos  solgan  K. 
Rikker tabiiy-ilm iy,  texnikaviy  va  tibbiy  adabiyotlar  nashrini  yo‘lga  qo'ydi. 
A.  Devrienning  1872-yilda  tashkil  qilingan  Peterburgdagi  nashriyoti  asosan 
qishloq  xo‘jaligi,  geografiya  va  tabiiy  bilimlarga  oid  kitoblami  chiqarishga 
ixtisoslashdi.
1891-yilda  m ashhur  «Granat  qomusiy  lug‘ati»ga  asos  solgan  P. 
Soykin,  Sabashnikov  va  Granatlam ing  faoliyatlari  ko‘pchilikning  e ’tiborini 
tortdi.  U lar  ham korlikda  yaratgan  lug'at  ham da  boshqa  nodir kitoblar  ham 
um um bashariyatning  m a’naviy  mulkiga aylandi.
1890— 1907-yiIlarda  F.  Brokgauz  va  I.  Efronlarning  nashriyotida  ham 
«Qomusiy  lug‘at>  kitobi  nashr etildi.
O 'sha  davrda  Buyuk  Britaniya  jurnalistikasi  yuksak  rivojlanish  bosqi- 
chida  edi.  Ayniqsa,  kundalik  nashr  -   umummilliy  «Gardian»  (Q o‘riqchi, 
1821-yiI),  yakshanbalik  umummilliy  «Nyus  o f  Uorld»  (Dunyo  yangiliklari, 
1843)  gazetalari  ijtimoiy  hayotda  o ‘ziga  xos  voqea  bo‘ldi.  Ular  so'nggi 
yillarda  5  m illiondan  ortiq  nusxalarda  chop  etilgani  e ’tiboiga  molikdir. 
«Ekonomist*  («Iqtisodchi»,  1847)  haftaük  siyosiy-iqtisodiy va  iim iyjurnali 
esa  bir asrdan  ko‘proq vaqtdan  beri  katta  obro‘  qozonib  kelmoqda.
Shu  davrdan  e ’tiboran  Germaniyada  ham  bir  necha  gazeta  nashri 
yo‘lga  q o ‘yildi.  Jum ladan,  1802-yili  «Kyolner  shtaat  ansayger»  (Kyoln 
shahar  darakchisi)  nom li  kundalik  gazeta  tashkil  qilindi.  1811 -yildan 
boshlab  «Noe  Bestfelishie*  (Yangi  Vestfal  gazetasi),  1840-yildan  «Badi- 
sheste  tagblats»  (Badenning  kundalik  varaqasi)  kundalik  gazetalari  nashr 
qilina  boshladi.  «Forverts*  (Olg'a)  kundalik  gazetasi  1876-yiIdan  buyon 
chop etiladi.
AQSHning  ayrim   yirik  gazetalari  XIX  asrdan  chiqa  boshlagan.  1801- 
yiii  «Nyu-York  post»  (Nyu-York  pochtasi)  gazetasi  tashkil  qilindi.  Eng 
nufuzli  va  xabarlarga  boy  «Вашингтон  пост»  (Vashington  pochtasi) 
gazetasi  1877-yildan  chiqa  boshlagan.  Um um an  olganda,  XIX  asr Amerika 
matbuoti  (gazeta  nashri)  uchun  «oltin  asr»  bo‘ldi.
Fransiyaning  m ashhur  «Figaro*  gazetasi  1826-yili  dunyo  yuzini  ko‘r- 
di.  1859-yildan  «Progre»  (Progress)  gazetasi  chiqa  boshlagan.  1870-yilda 
esa  Tuluza  shahrida  eng  yirik  provinsial  gazetalardan  biri  -   «Depesh  di 
Midi»  (Janubdan  xabar)  gazetasi  nashr etila  boshladi.
Italiyada  «G adzetta  del  popolo»  kundalik  gazetasi  1848-yildan  chiqa 
boshlagan.  «Коггега  della  sera»  (Kechki  darakchi)  kundalik  gazetasi  esa 
1876-yildan  buyon  yuz  minglab  nusxada chop  etib  kelinmoqda.
Yaponiyada  ko'pgina  gazetalar  XIX  asr  (asosan  ikkinchi  yarmi)da 
chiqa  boshladi.  1872-yilda  ta ’sis  etilgan  umummilliy  gazeta  —  «Mayniti» 
(Kundalik)  h ar  kuni  ikki  mahal  —  ertalab  4,4  million,  kechki*'soni  2,4 
million  nusxada  c h o p   etilishining  o ‘ziyoq  e ’tiborga  molikdir.  1874-yildan 
buyon  chiqib  turgan  umummilliy  gazeta  —  «Iomuri»  (Reportyor)  haqida
www.ziyouz.com kutubxonasi


ham shunday filer aytish  mumkin.  Buiardan  tashqari,  «Asaxi»  (Chiqayotgan 
quyosh,  1888-yil),  ingliz  tilida  chiqadigan  «Japan  tayms»  (Yapon  vaqti, 
1897-yil),  liar  kuni  ertaiab  va  kechqurun  c h o p   etiladigan  kundalik  gaze- 
talar  —  «Akita  sakigake  simpo»  (Akita  yangiliklari,  1874),  «Gifu  nitiniti 
simbun»  (G ifu  kundalik  gazetasi,  1879)  singari  nashrlar  ham  hozirgacha 
chinakam  hayot  ko‘zgusi vazifasini  bajarib  kelayapti.
Hindistonda  XIX  asrda  ko‘p  gazetalar  ingliz  tilida  chiqar  edi.  1819- 
yildan  esa  gujarati  tilida  «Bombey  samgar»  (Bombey  xabarlari)  chiqa 
boshtagan.  1838-yildan  buyon  chop  etilayotgan  «Tayms  o f  Indiya»  (H in- 
diston  vaqti)  kundalik  gazetasi  esa  hozirgacha  eng  ommabop  nashrlardan 
biri  sifatida  e ’tiro f  etiladi.  1868-yili  ingliz  tilida  bir  y o ia   ikkita  gazeta: 
«Am rita  bazar  patrika»  (Shiralar  bozori  gazetasi)  va  Madras  kundalik 
kechki  nashri  «Meyl»  chiqa  boshladi.  1881-yilda  tashkil  etilgan  «Tribyun» 
(Minbar)  gazetasi  ingliz,  hind,  panjob  tillarida chop etilib  kelmoqda.
Turkiyada  hozir  ham  chiqayotgan  ba’zi  gazetalaming tamal  toshi  XIX 
asrda  qo'yilgan.  Masalan,  bugungi  kunda  m ashhur  hisoblangan  «Eni  asr» 
(Yangi  asr) gazetasi  1895-yilda tashkil  etilgan.
Rivojlangan  davlatlardan  turli  toifadagi  kishilaming  o'zga  yurtlarga 
borib-kelishlari  azaliy  an’ana  edi.  U lar  otlarda,  kemalarda,  keyinchalik 
texnik  vositalarda  turli  mamlakatlarga  borib,  ishbilarmonlik,  savdo  va 
boshqa  maqsadlarini  amal  oshirishar,  ba’zi  mutaxassislar  esa  bosm axona 
jihozlari  ham da  chop  etish  (bosish)  ashyolarini  ham  olib  borishardi.
■ Ulaming o ‘zga  diyorlarda gazeta  chiqarishdan  maqsadlari turiicha  bo'Iardi, 
albatta.  Ammo,  noshirlik  ham  serdarom ad  sohalardan  biri  ekanligini  o ‘sha 
davr  matbaachilari,  noshirlar  va  m atbuot  xodimlari  yaxshi  anglaganlar. 
U lar  birlashib,  o ‘z  mamlakatlariga  taqlidan  gazetalar  chiqarishni  yo'lga 
qo‘ya  boshlagan  edilar.  Albatta,  yuqorida  aytib  o'tganimizdek,  davlatlar 
rahbarfarining  maxsus topshiriqlari  bilan  boi^anlari  ham  topilardi.
Ayni  vaqtda  qaysi  tilda  shrift  (bosm a  harf)  naqd  bo‘lsa,  gazetalam i 
o ‘sha  tilda  chiqarish  qulayroq  edi.  0 ‘sha  davr  gubernatorlari,  harbiylari  va 
boshqa  m a’lum  bir  toifadagi  kishilariga  tegishli  bo'lgan  bu  gazetalaming 
ko'pchiligi barham  topgan,  ya’ni  hozirgi  kunda chiqmaydi.
Agar  uzoq  Hindistonda  Angliyaning  kuchli  ta ’siri  sezilsa,  Yevropaga 
yaqinroq  hududda  joylashgan  Misiga  bunday  mamlakatlar  ta ’siri  bo‘Iishi 
tabiiy  hoi  edi.  Shuning uchun  u  yerda  ilk  gazetalar bir  necha  tillarda  chop 
etilgan.
E’tiborli  jihati  shundaki,  Afrika  m am lakatlarida  ham  dastlabki  gaze­
talar  XIX  asrdayoq  paydo  bo'lgan.  1875-yili  Misrda  arab  tilida  «A1- 
Ahrom»  (Ehromlar)  chiqa  boshladi.  Hozirgi  kunda  bu  gazeta  nafaqat 
Misrda,  balki  butun  Yaqin  Sharqda  eng  nufuzli  nashrlardan  hisoblanadi. 
Ingliz  tilidagi  «Ijipshn  gazett»  nashri  esa  1880-yili  tashkil  etilgan.  G rek 
tilidagi  «Taxidromas  Egiptes»  (M isr  kureri)  kundalik  gazetasi  1882-yildan 
boshlab  chiqayapti.  Fransuz  tilidagi  kundalik  «Progre  ejipsen»  (M isr 
taraqqiyoti)  gazetasi  1890-yildan  nashr  qilinib  kelinmoqda.  Arab  tilida 
chiqadigan  adabiy  jum al  «Al-Hilol»  (Yarim   oy)  esa  1895-yildan  buyon 
chop etiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə