‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   160

A nnan  m uam m osiga  bag‘ishlab  Nyu-York,  M arsei  va  London  mat- 
buotida  tez-tez  m aqolalar chop  etilardi.  1894— 1896-yillarda  arman  xalqiga 
nisbatan  qo‘llanilib,  300  ming  kishi  hayotiga  zom in  boMgan  ommaviy 
terror  voqeasi  G ‘arb  nashrlarida  aloliida  o ‘rin  egalladi.  Ushbu  hunrezlik 
turklar tom onidan  arm an  xalqiga qarshi genosid  sifatida baholandi.
XIX  asrda  Y evropada  noqonuniy  nashrlar  ko‘payib  bordi.  Jumladan, 
D.  M adzinining  «D ei  e  popoIo»,«Djustísía  e  liberta»  kabi  vatanparvarlik 
ruhidagi  nashrlari  ju d a   m ashhur  edi.  Angliya  davlati  xalqaro  jamoatchilik 
munosabatlari  m arkaziga  aylandi.  U   XVIII  asr  oxiri  va  XIX  asr  bosh- 
laridagi  urushlarda  b ir  qator  yutuqlami  q o ‘lga  kiritib,  ko‘p  yiilarga 
Yevropada  ta ’sir  kuchini  oshirdi.  Ishlab  chiqarishdagi  muvaffaqqiyatlari 
xalqaro savdo-sotiqda ham   ustunlikka  imkon berdi.
Nisbatan  siyosiy  barqarorlik  va  shaxs  erkinligi  kafolotlari  tufayli  bu 
davlatda  Yevropanining  boshqa  qismida,  xususan,  Ispaniyadan  Rossiya- 
gacha  bo‘lgan  m am lakatlarda  tazyiqqa  uchrayotgan  mafkuraviy  siyosiy 
harakatlar  panoh  topdi.  Mag'lubiyatga  uchragan  bir  qator  inqilobiy 
harakatlaming  yetakchilari,  jum ladan,  L.  Koshut,  D.  Madzini  Londonda 
qo'nim   topishdi.  A.  G ersen  «Kolokol»  gazetasi  nashrini  yo‘lga  qo‘ydi, 
V.  Gyugo  esa  u   yerdan  N apoleon  III  tuzumiga  qarshi  kurash  olib  borardi. 
Yevropaning  noqonuniy  matbuoti  haqida  so‘z   yuritganda,  aynan  G er- 
senning  «Колокол»  nashrini  eslash joiz.  Senzuradan  tashqaridagi  btrinchi 
nashr sifatida  u   nafaqat  muhojirlar doirasida,  balki  Rossiyantng o'zida  ham 
katta  mu vafiaqiyatlarga  erishdi.  Dunyo  miqyosida,  ayniqsa,  Fransiya, 
Germaniya,  Italiya  kabi  mamlakatlarda  senzura  masalasi  o 'ta  murakkab 
bo'lgan  bir  paytda  «Колокол»п1вд  hurmati  va  salohiyati  nihoyatda  yuqori 
edi.  Yevropada  m uxolif  kayfiyatdagj  nashrlar  orasida  yuksak  jurnalistik 
m ahorat  va  yuqori  professionallik  bobida  ham   «Koлoкoл»ga  yetadigani 
topilmasdi.
XIX  asm ing  o ‘rtalari  q it’adagi  firqalar  harakatlarining  faollashuvi 
bilan  xarakterlidir.  1846-yilda  Parijda  partiya  nashriyotlarining  soni  26  tani 
tashkil etgan  bo‘lsa,  1848—1851-yiilarga  keíib,  ular  789 taga yetdi.
Yevropa  tarixining  eng  yangi  davri jurnalistikada  har  tom onlam a  o ‘z 
aksini  topdi.  V oqea-hodisalarning  xabarchisigina  bo‘lishdan  qoniqmagan 
gazetalar  siyosiy  g ‘oyalam i  ilgari  surib,  jam oatchilik  fikrining  ifodachisiga 
liam  aylanishdi.  M azm un  va  mohiyatiga  ko‘ra  salohiyatliroq  hisoblangan 
nashrlar  ko'pincha  shu  jam oatchilik  fikrini  shakllantiradigan  vosita  ham 
bo‘lib  qolishdi.  Ayni  ushbu  jihati  bilan  m atbuot  davlatlar  hayotining 
ajralmas qismiga  aylandi.
Ko‘plab  siyosiy  guruhlar  faoliyat  yuritayotgan  bir  paytda  konser- 
vatorlar-mavjud  tu zu m n i  q o ’Uash,  liberallar-tadbirkorlar  manfaatlarini 
himoya  qilish  va  bozor  munosabatlarini  joriy  etish,  islohotparvarlar-ja- 
miyatda  tub  burilishlar  yasash,  radikallar-bu  o ‘zgarishlami  qat’iyroq 
hayotga  tatbiq  etish,  dem okrat  va  respublikachilar-monarxiyani  ag‘darish 
va  mamlakatni  respublika  deb  e’ton  qilish  yo'lida  kurash  olib  bordilar. 
Sotsial-dem okratlar  ishchilar  flrqasi  o'laroq  m ehnatkashlam ing  manfaat- 
larini  himoya qilar edi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


H ar  bir  partiyaning  o ‘z  matbuot  vositasi,  xabar  berishning  o ‘ziga  xos 
usiubiari,  auditpriyaga  ta ’sir  o ‘tkazish  yo'llari  bor  edi.  Bu  m a’noda 
«Times»  va  «Daily  Telegraph»  konservativ  ruhdagi  gazetalar  edi.  Masalan, 
Italiya  respublikachilari  «Djomale  del  popolo»  (Xalq  gazetasi)  va  «Италия 
дел  пололо»  (Xalq  ïtalyan  gazetasi)  kabi  kundalik  nashrlariga  ega  edi. 
«Nyus  Kronîkal»  ham  liberallann  qoilab-quw ailadi.
Maqsad  hamda  vazifalari,  m azmun  va  mohiyati  jih atid an ,  albatta, 
siyosiy  nashriar  boshqalardan  keskin  farqlanar  edi.  Angliyaning  «Moming 
kronikl»,  Avstriyaning  «Presse»  gazetalari  misolida  bu  farq  yaqqol  ko'zga 
tashianadi.  «Neue  Preussische  Zeitung»  esa  nemts  gazetalari  ichida  ajralib 
turardi.  1848-yilning  16-iyunida  tashkil  qilinib,  «inqilobiy  harakatlarga 
qattiq  zarba  berishni»  o ‘z  oidiga  maqsad  qilib  qo'ygan  va  birinchi 
m uharriri  German  Vagner  bo'lgan  ushbu  gazeta  xodim lari  orasida  Bis­
mark,  Kleyst-Resov,  Shtai,  Genrix  Leo  va  boshqa  siyosiy  nam oyondalar 
bor  edi.  Gazeta  har  qanday  ozodlik  harakatiga  qarshi  chiqib,  fon  Radovis 
siyosatini,  Avstriya vaziri  fon  Bax  islohotlarini  qattiq tan q id   ostiga  olar edi.
Siyosiy  jarayonlarda  cherkov  birlashmalariga  qarashli  nashriar  ham 
faol  ishtirok  etdi.  1871-yilda  m adaniy  kurash  avj  oigan  davrda  tashkil 
etilgan  «Zentrumspresse»  katolik  matbuoti  markazi  bunga  misol  bo‘la 
oladi.  Katolik jumalistikasining  namoyondalaridan  yana  biri  Dyusseldorfda
1878-yilda  tashkil  topgan  «Katolik  matbuotni  qo‘U ab-quw atlash  Avgustin 
ittifoqi»dir.  Awal  katolik  matbuotning  yetakchi  o ‘rinlarida  «Germaniya 
gazetasi»  turgan.  Keyinchalik  doktor  Iosif  Kardaun  boshchiiigidagi  «Kol- 
nishe  VolkszeitungV  gazetasi  hajmi,  mazmuni  va  sifati  jih atid an   ilgarilab 
ketdi.  U  Germaniya  g‘oyalarini  ilgari  surib,  boshqa  nashriar  bilan  ochiq- 
oydin  ziddiyatlarga  borardi.  Italiyaning  har  bir  shahrida  islohotlaming 
raqiblari  ham  o 'z   gazetalariga  ega  edilar.  Bunga  Vatikan  nashri  bo‘lgan 
«Оссерватор  Романо» gazetasini  misol  keltirish  m um kin.
Siyosiy  nashriar  ravnaqiga  ijtimoiy-iqtisodiy jih atlar  ham   o ‘z  ta ’sirini 
o'tkazdi.  Qog'oz  ishlab  chiqarishning  rivojlanishi,  transatlantika  kabelining 
o'tkazilishi,  fotografiya,  mikrofon,  telefon,  yangi  bosm a  mashinalarining 
ixtiro  qilimshi,  harf  terishning  mexanizatsiyalashuvi-bulaming  barchasi 
jumalistikaning  yanada  haqgo'yroq,  tezkorroq  va  sîfatliroq  bo‘lishiga 
sharoit  yaratdi.  Gazetalarning  telegraf xizmatidan  foydalanishi  esa  axborot 
manbalarining ortishiga  olib keldi.
Ana  shunday  imkoniyatdan  bahramand  bo‘lgan  yirik  nashrlardan  biri 
«National  Zeitung»  gazetasidir.  U  Bemgard  Volfning  telegraf  b o ‘limi 
yordamida dunyoning turli  burchaklaridan tezkor axborotlam i chop  etishga 
muvaffaq  bo‘lardi.  Gazetalarning  imkoniyat  doirasiga  telegrafning  qo'shi- 
lishi  ularning  jamiyatda  tutgan  o ‘rni  hamda  vazifalarini  birm uncha  o ‘z- 
gartifdi.
Ushbu  davmi  o ‘rganish  jarayonida  OAVga  davlat  ta ’sirini  ham 
nazarda  tutish  kerak.  Bu  ta’sir  iqtisodiy,  huquqiy  va  mafkuraviy  ko‘ri- 
nishda  o‘z  aksini  topdi.  Jurnalistikaning  tez  sur’atlarda  rivojlanishi  va 
m a’lum  m a’noda  jamiyatga  o'tkazayotgan  ta ’siridan  m atbuotga  nisbatan 
o ‘ziga xos  siyosatga ega bo‘lgan  birinchi  davlat  arboblaridan  N apoleon  o ‘zi
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə