‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   160

bilganicha  foydalandi.  Uning  fikricha,  matbuot  polk  va  diviziyalar  o ‘mini 
bemalol  egallay  oladi.  Shu  m a’noda  aynan  Napoleon  m atbuotni  siyosat 
o ‘tkazish  quroliga  aylantirgan  birinchi  hukmdorlaidan  hisoblanadi.
1800-yil  17-yanvar  kuni  Parij  va  uning  yaqin  atrofida  chop  etilayot- 
gan  73  ta   gazetadan  60  tasini  yopish  haqidagi  ko‘rsatma  Napoleonning  ilk 
qarorlaridan  b o ‘ldi.  Rasman  senzura  yo‘q  deb  hisobiansa-da,  «Matbuot 
bo‘limi*  n om li  maxsus  organ  joriy  etildi.  Buning  natijasida,  birinchidan, 
gazetalarning  keskin  tanqidiy  ruhdagi  maqolalarni  chop  etishga  ishtiyoqi 
pasaydi.  Ikkinchidan,  har  qanday  nojo‘ya  mavzudagi  material  bosilgan 
gazetani  tarqatilishidan  ancha  oldin  musodara  etish  taomilga  kirdi. 
U chinchidan,  gazetalarda  yoritilayotgan  mavzularga  nisbatan  m as’uliyat 
ortdi.
1803-yilda  Adliya  vazirligi  qoshida  maxsus  ko‘rik  komissiyasi  ish 
boshladi.  «M oniteur»  gazetasi  Napoleonning  jarchisiga  aylandi.  «Gazeta 
m uharririariga  tayinlab  qo'yingki,  m en  hech  qachon  gazetalarimda  mening 
m anfaatlarim ga  qarshi  chiqilishiga,  zaharli  maqolalar  chop  etish  yo‘l 
qo‘ym aym an.  Bir  kunm as-bir  kun  og‘izlarini  yumib  qo‘yishim  m um - 
kinligini  bilib  q o ‘yishsin*,  der  edi  Napoleon.  U  1805-yilning  7-avgustidan 
e ’tiboran  soliq,  shtem pel  yig'imlari  va  boshqa  tadbirlar  orqali  gazetalarça 
iqtisodiy bosim   o 'tk aza  boshladi.  1807-yil 6-noyabrda  esa siyosiy  maqolalar 
chop  etilishi  um um an  taqiqlandi.  Bunday  maqolalarni  faqatgina  «Moni- 
teur*da joylashtirish  mumkin edi.
1820-yilda  Parijda  chiqarilayotgan  gazetalar  haqidagi  dekret  loyihasi 
tasdiqlandi.  U nga  ko‘ra,  mamlakatda  siyosiy  va  ichki  ahvol  haqida  axborot 
beruvchi  gazetalar  soni  uchtadan  ortmasligi  kerak edi;  1811-yilning  1-yan- 
varidan  boshlab  «Journal  de  I  Empire*,  «Le  Publiciste*  va  «La  G azette  de 
France*  shunday  gazetalar  sifatida  belgilandi;  endi  feleton  bo‘lmas!igi, 
nashrlar  esa  haftada  uch  marta  chiqarilishi  kerakligi  ko'rsatiidi1.  Hattokii 
islohotlarga  qarshi  chiqadigan  avstriyalik  jum alist  G ents  ham  o ‘z  d o ‘sti 
M etternixga  yo'llagan  xatida  m atbuotga  nisbatan  nohaq  siyosat  quyish- 
qondan  chiqib  ketayotgani  haqida  yozdi2.
K eyinchalik,  XIX  asrning  60-yillarida  Bismark  ham  xuddi  shu  y o in i 
qo‘llashga  urindi.  Germaniyada  pruss  byurokratiyasini  nemis  jam oatchi- 
ligiga  singdirishga  uringan  va  pinhona  ravishda  davlatdan  moddiy  yordam 
olib  turadigan  «sudraluvchan*  m atbuot  vujudga  keldi.  Bir  paytlar  muxo- 
lifatda b o ‘lgan  gazetalar  hukumat  siyosatining  kuychisiga  aylanib  qoldi.
1862-yilda  Avgust  Bras  tom onidan  tashkil  etiiib,  awaliga  demokratik 
va  Buyuk  Gei-maniya  g‘oyalami  ilgari  surgan  «Norddeutsche  Allgemeine 
Zeitung»  gazetasi  Bismark ta ’siri  ostiga  tushib,  konservativ partiya  organiga 
aylanib  qoldi.  Jirardenning  «Lya  Press»,  «Jurnal  de  Deba*  nashrlari  qatori 
ushbu  gazeta  ham   yashirincha  ravishda  hukumat  yordamini  olish  evaziga 
pruss  m onarxiyasi  boshchiligida  yagona  milliy  davlat  tuzilishini  m a’qullab, 
har qanday  inqilobiy harakatlami  qoralashga o ‘tib oldi.
1 Тарле  E.B.  Печать  во Ф ранции  при  Наполеоне  I.  М.:  1913,  14-е.
2  0 ‘sha joyda,  15-бет.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shunday qiiib,  XIX  asr boshqariladigan  va  soîib  olinadigan  matbuotni 
yuzaga  keltirdi.
Ushbu  davr jumalistikasiga  xos jihatlardan  yana  b in   uning  oqsuyaklar 
hamda  o'rta  va  past  tabaqalar  uchun  nashrlarga  b o ‘linganligidir.  Bu 
holatni,  ayniqsa,  Buyuk  Britaniya  misolida  kuzatish  m um kin.  Mamlakatda 
m atbuot  va  hukum at  o'rtasidagi  munosabatlar  nisbatan  xotiijamroq 
kechardi.  Biroq  bu  yerda  ham   matbuotni  iskanjaga  oluvchi  qonunlar 
mayjud  edi.  1819-yilda  Parlament  tom onidan  am aldagi  siyosiy  tuzumga 
tanqidiy  baho  berganla^ga  jazo  choralarini  belgilovchi  oltita  akt  qabul 
qilingandi.  Aniqroq  qilib  aytganda,  bu  hujjatlar  qirol  parlamenti  yoki 
hukumat  sha’niga  dog*  tushiruvchi,  isyonlarga  chaqiruvchi  materiallar 
chop  etilishining  oldini  olish  maqsadini  ko'zlar  edi.  Qoidalarga  bo‘ysun- 
magan  gazetalar  musodara  etilib,  mualliflarga  keskin  jazo  choralari  ko‘ri- 
lardi.
«Bilimlar  uchun  soliq*lar  matbuot  rivojiga  katta  to‘siq  bo'ldi. 
Hukumat  tom onidan  har  bir  nashrdan  undirib  olinadigan  bojlar  majburiy 
bo‘lib,  ulami  to'lamagan  hech  qaysi  nashr  m ushtariylar  bilan  ish  olib  bora 
olmasdi.  Ingliz  tadbirkorlarining  o ‘z  huquqlari  u ch u n   kurashi  1832-yilda 
aristokratiya va buijuaziyani bir xil toifaga keltirib  q o ‘ydi.
Demokratik  kuchiaming  sa’y-harakatiari  m am lakatda  matbuotga 
qo'yilgan  soliqlar  miqdorini  kamaytirishga  qaratildi.  1849-yitda  bojlarga 
qarshi  kurash sohasida  maxsus qo'm ita  tashkil etildi.  1853-yili  matbuotdagi 
e ’lonlarga  qo'yilgan  soliq  butunlay  olib  tashlandi.  Buning  natijasida 
matbuotda  reklamalami  joylashtirish  imkoniyati  tug'ildi.  1855-yildan  e’ti- 
boran  gazetalardan  olinadigan  yig‘imJar butunlay  yo‘q  qilindi.  Va  nihoyat, 
1861-yili  qog‘oz  solig'i  bekor  etildi.  Natijada,  «bilimlar  solig'i»  deb  ata- 
luvchi  soliqlar  turkumi  kuchini  yo‘qotdi.  1870-yillarga  kelib,  Angliyada 
qonunlar  matbuot  uchun  katta  xavf tug‘dirmay q o ‘ydi.  Shu  paytdan  ingliz 
matbuoti uchun  yangilanish davri  boshlandi.
Soliqlaming  kamayishi  o ‘z -o ‘zidan  gazeta  va  jum allam ing  ishlab 
chiqarish  xarajatlari  kamayishiga  olib  keldi.  Tabiiyki,  ulam ing  narxi  ham 
arzonlashdi.  Shu  tariqa,  turli  qatlamlarning  vakillari  gazeta  sotib  olish 
imkoniyatiga  ega  boldilar.  Tadbirkorlar  reklama  joylashtirish  maqsadida 
gazetalar  xizmatidan  tobora  unumliroq  foydalana  boshladilar.  Bundan 
keladigan  daromadlar gazetalar  budjetining  asosiy  qism ini  tashkil  qiladigan 
bo‘Idi.  Ushbu  holat  gazeta  nashrlarining  ko‘payishiga  ham   sharoit  yaratdi. 
Shunday  qilib,  gazeta  ishlab  chiqarishida  asta-sekin  rivojlanish  davri 
boshlandi.
Kun  sayin  yangi-yangi  davriy  nashrlar  paydo  bo'la  bordi.  Gaze- 
talarning  oqsuyaklar  va  o ‘rta  qatlamlarga  m o'ljallab  chiqarilishidagi  farq 
tobora  ko'zga  tashlana  boshladi.  Yuqori  tabaqa  o'qiydigaii  nashrlar 
jumlasiga  «Tayms*,  «Deyli  telegraf*,  «Morning  post*,  «Manchester  gar­
dian»  kabi  gazetalami  kiritish  mumkin.  Ulam ing  asosiy  mavzusini  siyosat 
tashkil  qilardi.  «Tayms»  parfamentdagi  konservatorlarni  qo'Uasa,  «Sent- 
Djeyms  gazett»  liberallar  tom onida  edi.  Keng  k o ia m li  sharhlar  va 
maqolalarda  parlament  ishi  o ‘z  aksini  topardi.  Bu  gazetalaming  o ‘quv-
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə