‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   160

uchrardi.  Ko‘pincha  mahalliy  aholiga  matbuotda  ishlash  uchun  um um an 
yo‘l  berilmasdi.  M etropoliya  rahbarlari  mahalliy  em as,  balki  o'zlariga  . 
qarashli  nashrlar  rivojlanishidan  m anfaatdor  ekanligini  ochiqdan-ochiq 
t a ’kidlashardi.
XIX  asming  birinchi  yarm ida  Osiyo  va  Sharq  mamlakatlarida  milliy 
m atbuot  tizimi  degan  tushunchaning  o ‘zi  umuman  bo‘lmaganligini  alohida 
qayd  etish  lozim.  Biroq  Hindiston  kabi  ayrim  mustamlakalarda  milliy-siyosiy 
kuchlarning  manfaatlarini  aks  ettiruvchi  gazeta  va  jurnallar  mavjud  edi.
1820-yilda  buyuk  mutafakkir va jurnalist  Rammoxan  Roy tom onidan  bengal 
tilida  chiqarilgan  «Shoinbud  koumudi»  va  fois  tilidagi  «Mirât  al-Axbor* 
gazetalarini  hind  milliy  m atbuoti  deb  atash  mumkin.  Mustamlakachilikka 
q a t’iy  qarshilik  ko‘rsatmasalar-da  bu  nashrlarda  Bengaliya  va  Hindistonning 
ijtimoiy  va  madaniy  hayoti  aks  ettirilardi.  Roy  gazetalarida  Hindiston  ziyo- 
lilarini  siyosiy  faollikni  oshirishga  va  milliy  o ‘zlikni  anglashga  chaqiruvchi 
m aqolalar  chop  etilardi.  Taraqqiyparvar  nashrlar  mustamlakachilar  tomoni­
dan  turli-tum an tazyiqlarga duchor qilindi.
Bu  davrda  siyosiy jarayonlarga  missionerlar  katta  hissa  qo‘shdi.  Osiyo 
va  Sharq  mamlakatlarida  savodsizlikni  tugatish  va  m atbuotni  rivojlanti- 
rishga Yevropa dindorlarining  hissasi  nechog‘lik katta bo‘lganligini  tarixdan 
bilib  olish  mumkin.  M asalan,  1815-yili  Malayziyada  ingliz  missioneri 
Vilyam   M ilne  tom onidan  «Chashisu  meyyue  tunszichuan*  jum ali  nashr 
etilib,  Janubiy  Sharqiy  Osiyo  muhojirlariga  bepul tarqatildi.
Suriya  va  Livanda  xristian  missionerlari  alohida  faoilik  ko‘rsatishdi. 
U lar  tom onidan  Bayrutda  ta ’sis  etilgan  «AI-Mashriq*  gazetasi  Osiyodagi 
eng  yirik  nashrlardan  hisoblanardi.
Missionerlar,  shu  juniladan,  mahalliy  aholi  o'rtasida  shaxsiy  gigiena, 
m uom ala  madaniyati  va  shunga  o'xshash  ta ’limotlar tarqalishiga  ham   hissa 
qo'shdilar.  Shu  bilan  bir  qatorda,  missionerlar  mahalliy  aholi  o ‘itasida 
savodsizlikni  kamaytiiganliklaridan  tashqari  ularning  Osiyo  va  Sharq 
xalqlarini  qullikka  solishda  ham   xizmatlari  bor.  Bu  borada  Efiopiya  impe- 
ratori  Teodros  II  Fransiya  konsuliga  qarata  shunday  degan  edi:  «Men 
Y evropa  hukmdorlari  taktikasini  yaxshi  bilaman.  Agar  ular  Sharq  davlatini 
m aqsad  qilib  olishsa,  aw aliga  missionerlami  jo ‘natishadi.  So‘ngra  ularga 
yordam   tariqasida  konsullarni  yuboradi,  oqibatda  esa,  konsullarga  ko‘mak 
sifatida  mamlakatga batalonlar kirib  keladi*1.
M issionerlar  ta ’siri,  ayniqsa,  Filippinda  kuchli  edi.  M amlakatda  uch 
asr  davom ida  ispan  m ustam lakachilari  hukmronlik  qildi.  Yetakchi  siyosiy 
va  iqtisodiy  qudrat  esa  katolik  jam oasi  q o iid a   edi.  Aynan  ular  mustam­
lakalarda  tashviqot-targ'ibot  ishlari  bilan  shug'ullanishardi.  Yevropadan 
keftirilgan  bosma  uskunalar  katolik  rohiblar qo‘lida  bo‘lganligidan  tashqari, 
u la r tom onidan  senzura  ham  jo riy  etilgan edi.  Matbuot  tarqatish  masalalari 
ham   ayni  ushbu doirada  hal  etilardi.

Губер  А   А ,  Ким  Г.  Ф .,  Хейфец  А   Н.  Новая  история  стран  Азии  и 
А фрики.  М.:  1975, 223-с.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Filippin  rohiblarining  m atbuoti  mahalliy  aholi  ongiga  Sharqqa 
sivilizasiya  kirib  kelishida  hamda  uning  iqtiso4iy  rivojlanishida  G ‘arbning 
beqiyos  hissasi  va  o ‘rnini  singdirishga  urinardi.  Lekin  o ‘sha  paytlarda  ham 
missionerlaming  yolg'on  siyosatini  payqay  bilgan  ilg'or  fikrli  insonlar 
bo'lgan.  D.  Bredli  aytishicha,  Tailand  tarixiga  taraqqiyparvar  davlat  arbobi 
sifatida  kirgan  qiro!  Mongkut  «Bankok  rekorder»  gazetasi  tahririyatiga  o ‘z 
maqolalarini  tez-tez jo ‘natib  turardi-  G azeta  sahifalarida  u  G ‘art>  missio- 
neriariga  ochiq-oydin  qarshi  chiqib,  xalqining  mafkurasiga  o ‘tkazi!ayotgan 
m hiy  ta ’sirni  qoralardi.  Qirol  M ongkut  tanqidiy  maqolalari  gazetada 
albatta  chop  etilishini  talab  qilar  edi.  Ba’zi  missioner  nashrlar  o ‘sha  yerda 
ayg‘oqchilik  maqsadida  ma’lum ot  yig'ish  bilan  ham  shug‘ullanishardi. 
Amerikalik  missioneming  1832-yilda  Xitoyda  chiqarilgan 
«Chjunto 
sunbao» gazetasi bu  sohada,  ayniqsa,  ajralib  turardi.
XIX 
asrning  ikkinchi  yarmi  Osiyo  va  Sharqni  G ‘arb  uchun  arzon- 
garov  mol  va  xomashyo  bozoriga  aylantirish  jarayoni  to ‘xtashi  bilan  aha- 
miyatlidir.  M intaqada  feodal  tuzum ning  inqirozi  kuchaya  bordi.  Rivoj- 
langan  mamlakatiar  Osiyoning  must^qil  ravishda  taraqqiy  etishlga  jiddiy 
to'siqlar  yaratganiga  qaramasdan,  b u   yerda  ishlab  chiqarish  va  tadbirkorlik 
ravnaq  topa  boshladi.  Boshqa  tom ondan,  G'arbning  iqtisodiy  va  g ‘oyaviy 
ta ’siri  ma’lum  bir jihatdan xalqlarda o ‘zlikni  anglash  hissini  kuchaytirdi.
M intaqada  milliy ozodlik  harakatining  vujudga  kelishi  ham   bu  yerdagi 
davriy  nashrlar  faoliyati  bilan  cham barchas  bog‘liq  edi. 
M atbuot 
yordamida  ozodlik  liarakati  namoyondalari  targ'ibot-tashviqot  ishlarini  olib 
borishardi,  siyosiy  guruhlaming  maqsad  va  dastiirlarini  ishlab  chiqib, 
ommalashtirishardi.  Ulaming  fikricha,  gazetalar  yordamida  xalqning  turli 
qatlamlarida  vatanparvarlik  hissini  uyg‘otish  ko‘p jihatdan  siyosiy  faollikni 
belgilab  beradi.  Tabiiyki,  matbuoti  rivojlangan  davlatlarda  milliy  ozodlik 
harakati  ham  faolroq edi.
H indiston,  Xitoy,  Filippinda  mustamlakachilikka  qarshi  harakatlar 
matbuotda  siyosiy  qarashlaniing  shakllanishiga  turtki  bo‘ldi.  1857—1859- 
yillarda  Hindistonda  xalq  qo‘zg‘oloni  paytida  ingliz  tilidagi  gazetalardan 
farqli  o'laroq  hind  nashrlari  isyonchilarga  nisbatan  ijobiy  m unosabatlarini 
namoyish  etdi.  Bu  esa,  o ‘z  navbatida,  ularning  tazyiqqa  uchrashiga  sabab 
bo‘ldi.  Bostirilgan  qo‘zg‘olondan  so ‘ng  hind  matbuotining  bir  qismi 
mustamlakachilik  siyosatiga  qarshi  xatti-harakatlardan  tiyildi.  Lekin  o ‘z 
qarashlaridan  og‘ishmagan  nashrlar  ham   yo‘q  emasdi.  Milliy  m atbuotni 
iskanjaga  olish  maqsadida  Angliya  hukum ati  tomonidan  maxsus  qonun 
qabul  qilindi.  Bu  esa  mustamiaka  m a’muriyatiga  hind  tilidagi  nashrlar 
ustidan  nazoratni  kuchaytirishga  im kon  berdi.  1885-yilda  Bombey shahrida 
H indiston  Milliy  Kongressi  vujudga  kelishi  mamiakat  siyosiy  hayotida 
muhim  voqea  b oidi.  Mazkur  tashkilot  m atbuot  yordamida  ingliz  m us- 
tamlakacliiiarining  bosqinchilik  siyosatiga  ko‘rsatilgan  qarshilik  hind  xal- 
qida  ozodlikka  boMgan  ehtiyoj-intilishni  kuchaytirdi.  «Bengali»,  «Djugan- 
tar»,  «Tribyun*,  «Maxratta»  va  «Kesari»  kabi  gazetalar  Milliy  Kongress 
bilan yaqin  hamkorlik qilardi. 
*
«Maxratta»  va  «Kesari»  gazetalari  m uhaniri  B.  G.  Tilak  H indiston 
Milliy  Kongressida  radikal-demokratik  oqimning  rahbari  edi.  U  boylar
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə